Fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari



Yüklə 84,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü84,61 Kb.
#211598
1   2   3   4   5   6
“Innovatsion pedogogik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Insert” usuli. 
Insertning maqsadi:
Mazkur usul o‘quvchilarda yangi bilimlar tizimini 
qabul qilish va bilimlarni o‘zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, 
shuningdek, bu metod o‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi. 
Usulni amalga oshirish tartibi: 

o‘qituvchi mashg‘ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari 
mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‘rinishida tayyorlaydi; 



yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga 
tarqatiladi yoki taqdimot ko‘rinishida namoyish etiladi;

ta’lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z 
shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda 
tinglovchilar yoki qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya 
etiladi: 
Belgilar 
1-matn 
2-matn 
3-matn 
“V”
– tanish ma’lumot 
“?”
– mazkur ma’lumotni 
tushunmadim, izoh kerak 
“+”
bu ma’lumot men 
uchun yangilik 
“–”
bu fikr yoki mazkur 
ma’lumotga qarshiman? 
Insert - bu matn bilan ishlaganda faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun kuchli 
vositadir. 
Masalan, yana yuqorida berilgan “Nyutonning birinchi qonuni. Inersiya 
qonuni” mavzusi shu usulni qo‘llasak: 
1-matn.
Inersiya qonuni — mexanikaning asosiy qonunlaridan biri. Inersiya qonuni 
Nyuton dinamikasining birinchi qonuni. Unga koʻra, har qanday jismga boshqa 
jismlar taʼsir etmasa, jism oʻzining tinch yoki tekis va toʻgʻri chiziqli harakat 
holatini saqlaydi. Jismlarning ushbu dinamik xususiyatlarini ularning inertligi 
deyiladi. Inersiya qonunining aniq mazmuni G. Galiley tomonidan 1632-yilda 
nashr etilgan «Dunyoning ikki sistemasi haqidagi muzokaralar» asarida berilgan. 
Jismlarning yuqorida aytilgan holatlari bajariladigan sanoq, sistemasi inersial 
sanoq sistemasi deyiladi. Astronomlarning tekshirishlari natijasida baʼzi 
galaktikalarning massa markazlari inersiya qonuniga muvofiq harakatlanishi 
aniqlangan. 
2-matn 
Inersiya borligi tufayli jismning tezligini to‘satdan oshirib yoki kamaytirib 
bo‘lmaydi. Jism holatini o‘zgartirish uchun ma’lum vaqt kerak. Ma‘lum tezlikda 
kelayotgan avtomobil birdaniga to‘xtay olmaydi. Shu tezlikda kelayotgan poyezd 
sostavining to‘xtashi uchun yana ham ko‘proq vaqt va masofa kerak bo‘ladi. 
Shuning uchun yurib ketayotgan transport vositasi oldini kesib o‘tish juda xavfli. 
Tasavvur qiling, agar avtomobillar bir zumda to‘xtab qolsa, baxtsiz hodisalar 
qancha kamayardi. Afsuski, fizika qonunlari buning iloji yo‘qligini aytadi. Ammo 


tormoz masofasi necha metrga cho‘zilishini bilish yaxshi bo‘lar edi.
Axir, u turli 
xil mashinalar uchun turlicha. Haydovchining favqulodda vaziyatga bo‘lgan 
munosabati va tormozlanish boshlanishidan (haydovchi pedalni bosgan) transport 
vositasining to‘liq to‘xtashigacha bo‘lgan masofaning tormozlanish masofasi deb 
ataladi. 
3-matn 
Ipga osib qo‘yilgan sharchaga Yer tortish kuchi F
1
ta’sir etib, pastga 
tushirishga harakat qilsa, ip F
2
kuch bilan uni tepaga tortib, tushib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Natijada sharcha osilgan holda tinch turadi. Agar ip uzib yuborilsa, 
jism pastga tushib ketadi. Bu yerda keltirilgan Ibn Sinoning ishkomning qulashi 
haqidagi misolini eslash o‘rinli. Ya’ni ishkom unga ta’sir etuvchi ikkita kuching 
tengligi sababli muvozanatda turgan edi. Yuqoriga ko‘tarib turuvchi ustun ta’siri 
olib tashlanganida esa og‘irlik kuchi ta’sirida ishkom harakatga keldi va qulab 
tushdi. Demak, ta’sir etuvchi kuchlar muvozanati, ya’ni ularning vektor yig‘indisi 
nolga teng bo‘lgan holatda ham jism o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli 
tekis harakatini saqlaydi. 

Yüklə 84,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin