Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami So’z boshi


-§. YADROVIY NURLANISHLAR. YADROVIY NURLANISHLARNI QAYD



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/60
tarix17.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#115784
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar

8-§. YADROVIY NURLANISHLAR. YADROVIY NURLANISHLARNI QAYD 
QILISH. TEZLATGICHLAR 
Radioaktiv moddalarning nurlanish barcha tirik organizmlarga kuchli 
ko’rsatadi. Nurlanishning biologik ob’ektlarni nobud qiluvchi ta’sirining 
mohiyati hali yetarlicha o’rganilmagan. 
Tirik organizmlarga nurlanishning ta’siri nurlanish dozasi ( yutilgan 
doza) bilan xarakterlanadi. XBS da yutilgan nurlanish dozasi grey ( Gr ) 
birligida o’lchanadi. Bu birlikdan tashqari XBS ga kirmaydigan rad birligida 
ham o’lchanadi. Radiatsion muhofaza bo’yicha xalqaro komissiya nurlanishlar 
bilan ishlovchi kishilar uchun mumkin bo’lgan chegaraviy doza deb 0.05 Gr ni 
belgilangan. Qisqa muddat ichida olingan 3-10 Gr nurlanish dozasi o’limgacha 
olib boradi. 
Harqanday radiatsiya manbai bilan ishlashda nurlanishning ta’sir 
doirasiga tushishi mumkin bo’lgan barcha kishilarni radiatsiyadan muhofaza 
qilish tadbirlarini ko’rish zarur. 
Nurlanish dozasini dozimetr deb ataluvchi asboblarda o’lchanadi. U 
yadroviy zarralarni qayd qiluvchi asbobdir. 
Muhit orqali o’tgan zarralar energiyasini ularni o’lchash va qayd qilish 
uchun qulay bo’lgan boshqa turdagi energiyaga aylantirib beruvchi 
qurilmalarga elementar zaralarni kuzatish va qayd qilish qurilmalari deyiladi. 
Zarra muhit orqali o’tganda ro’y berishi mumkin bo’lgan jarayonlar 
turiga qarab detektorlar ionizatsion, radiolyuminessent, kimyoviy, zaryadli, 
radionuqsonli detektorlarga bo’linadi. Bulardan tashqari ionizatsion kamera, 
proporsional sanagich, Geyger-Myuller sanagichi, yarim o’tkazgichli 
detektorlar, Vilson kamerasi, pufakli kameralarda va qalin qatlamli 
fotoemulsiya usullari bilan ham zarralar va yadrolar orasida kuzatiladigan 
ajoyib rreaksiyalarni ham kuzatish mumkin. 
Atom yadrosining ichki xossalarini o’rganishning yagona yo’li, bu 
yadroning elementar zarralar va elementar bo’lmagan zaralar bilan 
to’qnashuvini kuzatishdan iborat. Bunda zarralar katta kinetik energiyalarga 
ega bo’lishlari zarur. Bunday energiyali zaralar radioaktiv yemirilish vaqtida 
hosil bo’lmaydi. SHuning uchun bunday energiyali zarralar oqimini hosil qilish 


uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi. Juda katta energiyali zarrachalarni 
yuzaga keltiruvchi qurilmalarga tezlatgichlar deyiladi. Har qanday tezlatgich – 
tezlatilayotgan zarrralar manbaidan, tezlatuvchi kamera va tezlatilgan zarralar 
yo’naltiriladigan nishondan iborat bo’ladi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin