Moddadan yorug’lik o’tganda u yutiladi va sochiladi.
Bu hodisalar
optikada juda yaxshi o’rganilgan. Hozir bu jarayonlarga teskari bo’lgan hodisa,
ya’ni moddadan yorug’lik o’tganida uning kuchayishi ham ro’y berishi
aniqlandi. Bunday asboblar lazerlar deb ataladi. Ushbu jarayonni amalga
oshishi mumkinligini birinchi marta 1915 yilda Eynshteyn aytgan.
A.Eynshteyn ( o’z-o’zidan ) spontan nurlanish
bilan birga induksiyalangan
yoki majburiy nurlanish bo’lishi ham mumkinligi haqida bashorat qilgan.
Lazerda yorug’likning kuchayishi moddadan o’tayotgan yorug’lik tomonidan
indo’ksiyalangan nurlanish ta’sirida yuz beradi. Optik lazerlar birinchi marta
1960 yilda qurilgan. Hozirgi
vaqtda lazerlar juda keng chastotalar sohasida (
ko’zga ko’rinadigan sohalardan millimetr to’lqinlargacha) ishlab chiqilgan.
Lazerlarda aktiv muhit sifatida yuzlab moddalar (
gazlar - geliy va neon
aralashmasi, qattiq jismlar – yoqut va h.k. ) qo’llaniladi. Agarda lazerda ishchi
modda sifatida yoqut ( rubin ) ishlatilsa, u impuls rejimda ishlaydi va qisqa
vaqtda katta quvvat beradi. Masalan, 10 sekundda 10
8
vatt energiya beradi.
Bunday impulslarda energiya oqimini zichligi 1sm
2
da 10
8
vatt bo’ladi. Bunday
lazerlar bilan o’ta qattiq metallarni, olmoslarni teshish mumkin. Hozir lazerlar
juda ko’p
sohalarda, masalan, ilmiy ishlarda, meditsinada,
aloqa xizmatida,
qurilishda harbiy sohada keng ishlatiladi.
5-BO’LIM. ATOM VA YADRO FIZIKASI.
KIRISH
Hozirgi zamon atom fanining, texnikaning va energetikaning ulkan
yutuqlari – atom va yadro fizikasining intensiv rivoshlanishi natijasidir.
Hozirgi zamon atom va yadro fizikasi modda tuzilishi haqidagi ta’limotning
negizi hisoblanadi.
Bundan tashqari, nafaqat modda ( gazlar, suyuqliklar va
qattiq jismlar ), balki materiyaning boshqa turlari ham atomistik tabiatga ega.
SHuning bilan bir qatorda materiya harakati ham atomistik qonunlar bilan
aniqlanadi.
Aytilganlardan, materiya tuzilishi va harakati haqidagi atomistik
ta’limot hozirrgi zamon fizikasida hukmron ta’limotdir, degan xulosa kelib
chiqadi.
Atom va yadro fizikasi mikrodunyo ( kvant )
fizikasining boshlanishi
desak ham bo’ladi. SHu tufayli atom fizikasi – atom va u bilan bog’liq
hodisalar fizikasini o’rganuvchi fan ekan.