Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami So’z boshi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/60
tarix17.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#115784
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar



 
 
(fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza 
matnlari to’plami) 


So’z boshi 
Respublikamizda oliy ta’limni isloh qilishning keng ko’lamli dasturi 
amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosini yangi, 
zamonaviy turdagi darslik va qo’llanmalar yaratilishi bilan izohlasa bo’ladi. 
SHu jumladan Andijon Davlat Universitetida ham bu borada amalga 
oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, tahsinga loyiqdir. Ko’plab professor-
o’qituvchilarimiz tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalarning 
qator tadbir va tanlovlarda g’olib deb topilib, nufuzli mukofotlar bilan 
taqdirlanishi yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi. Mualliflar ham bu jarrayonga 
baholi qudrat o’z hissalarini qo’shish maqsadida, ko’plab talaba va 
o’qituvchilarimiz oldida turgan qo’llanma muammosini bir qadar yechish 
maqsadida «Umumiy fizika kursi» dan kichik bir qo’llanma tayyorlashdi. 
Ma’lumki, Universitetning umumiy fizika kafedrasida fizik bo’lmagan 
ixtisosliklar uchun ham umumiy fizika o’qitiladi. Ularning dars soatlarining 
turlicha ekanligi tufayli barcha ixtisosliklar uchun ishlatsa bo’ladigan ma’ruza 
matnga ehtiyoj tug’ildi. Ushbu matn umumiy fizika kursini barcha bo’limlarin 
o’z ichiga olgan qo’llanmadir. Qo’llanmadan fizik bo’lmagan barcha 
mutaxassislar va sirtqi bo’lim talabalari foydalanishlari mumkin. 
Bu turdagi qo’llanma birinchi marta tayyorlanganligi sababli unda ayrim 
kamchiliklar uchrashi ehtimoldan xoli emas. Mualliflar qo’llanma haqida fikr-
mulohazalarini bildirgan barcha o’rtoqlarga minnatdorchilik izhor etadi.


KIRISH 
Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo’lib, u jonsiz tabiatning 
qonunlarini o’rganadi. Tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar ma’lum 
qonunlar asosida ro’y beradi. Bu qodisalar va ularning qonuniyatlari orasidagi 
bog’lanishni o’rganish qar bir fanning asosiy vazifasidir. Fizika sohasiga 
asosan jismlarning o’zaro ta’siri va ularning harakat qonunlari qamda 
elektromagnit va yorug’lik bilan bog’langan hodisalar, atom va uning yadrosini 
o’rganish kiradi. Ammo fizika fanining aniq chegarasini hozirgi vaqtda 
ko’rsatish qiyin. CHunki har bir yangi ochilgan va ochilayotgan kashfiyotlar – 
fizikaning qo’llanish chegaralarini yanada kengaytirmokda deb aytish mumkin. 
Fizikaning asosiy qonunlarini bayon etishdan avval ba’zi fizik tushunchalar 
bilan tanishamiz. 
Fizik hodisa: Fizik hodisa yoki fizik jarayon deb berilgan jismlarda vaqt 
o’tishi bilan ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga 
aytiladi. Bu o’zgarishlar o’lchov vositasida miqdoriy baholanadilar. 
Fizik tajriba: Jismlar bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar kuzatish yoki 
laboratoriyalarda amalga oshiriladigan maxsus tajribalar orqali o’rganiladi. 
Tajribalarda olingan xulosalar u yoki bu fizik hodisaning, jarayonning 
honuniyatlarini ochishga yordam beradi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin