Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi Metrologiya fani o’lchashlarning nazariy asoslarini o’rganadigan fan bo’lib, umumiy fizika kursida o’rganilgan parametr va kattaliklarni sanoat va ishlab chiqarishga tatbiq qilgan holda ko’rib chiqiladi. Metrologiya fani fizik – kimyoviy parametrlarni o’lchashni, universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarning nazariy asoslarini hamda elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika asoslari va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi.
Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarishga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi.
Shuning uchun “Metrologiya asoslari” fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha injener-texnik xodimlar uchun asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Metrologiya fani ilmiy- texnika taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi. Shuning uchun talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va kompyuterdan foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.
«Metrologiya va standartizasiya» fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: