Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi: - Ijodiy yo‘nalganlik;
- Mantiqiy fikrlash qobiliyati;
- Eruditsiya (bilag‘onlik);
- Boy tasavvurga egalik;
- Ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik;
- O‘z ijodkorligini to‘la-to‘kis namoyish etish;
- Refleksiya qobiliyati;
- Hissiyotga boylik;
- Tavakkal qila olish qobiliyati;
- Tafakkur tezligiga egalik;
- Ichki sezgining rivojlanganligi;
- O‘ziga xos (orginal) g‘oyalarni ilgari sura olish qobiliyati;
- Innovatsion qobiliyatga egalik;
- Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik;
- Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi.
Pedagogik kreativlik (ijodkorlik) - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.
Kreativ tafakkurni rivojlantiruvchi
texnologiyalar – kognitivlik