Fiziologiyasi va gigiyenasi


Olinadigan, chiqariladigan va alveolar havolarning tarkibi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Olinadigan, chiqariladigan va alveolar havolarning tarkibi
Havo
G azlarning m iqdori (% da)
Kislorod
K arbonat angidrid
Azot
Olinadigan
20.94
0,03
79,03
Chiqariladigan
16,3
4
79,7
Alveolar
14,2
5,2
80,6
Nima uchun alveolar havoga nisbatan chiqarilayotgan havoning 
tarkibida kislorodning miqdori ko‘p? Bu holatni, nafas chiqarilayot­
gan paytda alveolar havoga nafas a ’zolaridagi va havo o'tkazuvchi 
yo'llardagi havolar bilan aralashishi bilan tushuntirish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolalarning o'p k a ventilatsiyasining yanada past samarasi chiqa- 
rilayotgan va alveolar havolam ing gazlar tarkibining boshqacha 
b o iish i bilan ham nam oyon bo'ladi. Bolaning yoshi qancha kichik 
bo'lsa, chiqarilayotgan va alveolar havolar tarkibida karbonat an- 
gidridning miqdori shuncha kam va kislorodning miqdori shuncha 
ko 'p bo'ladi. Shunga mos holda kisloroddan foydalanish darajasi 
ham past bo'ladi. Shu sababli m a'lum darajadagi kislorodni qabul 
qilishi va m a iu m darajadagi karbonat angidridni chiqarishi uchun 
voyaga yetgan odamlarga nisbatan o'pkasi k o'p ventilatsiya qilishi 
zarur bo'ladi.
0 ‘pkada gazlar almashinuvi. 
O 'pkada kislorod alveolar 
havodan qonga o is a . karbonat angidrid gazi qondan o ‘pkaga o'tadi. 
Gazlarning harakatlanishi diffuziya qonuniyatlari asosida. y a ’ni bu 
qonuniyatlarga asosan gaz parsial bosimi yuqori bo'lgan muhitdan, 
parsial bosim past bo'lgan muhitga qarab tarqaladi. Suyuqliklarda 
erigan va erkin gazlar uchun q o ilaniladigan «parsial bosim» ata- 
masiga mos holdagi «kuchlanish» atamasi qoilan ilad i.
O 'pkada gazlar almashinuvi alveolar havo bilan qon orasida ke­
chadi. O 'pka alveolalari qalin kapillarlar turi bilan o'ralgan. Alveo- 
lalar devori ham kapillarlar devori ham juda yupqa va ular gazlar­
ning o'pkadan qonga va. aksincha, harakatlanishini ta'm inlaydi.
Parsial bosim
deb. gazlar aralashmasidagi umumiy bosimdan 
bitta gazning hisobiga to 'g 'ri keladigan qismiga avtiladi. Aralash- 
madagi gazning foyiz miqdori qanchalik yuqori bo'lsa. shunga mos 
holda uning parsial bosimi ham yuqori bo'ladi.
Gazlarning almashinuvi. gazlarning diffuziyasi bajarilayotgan 
yuzaga va diffuziya qilinayotgan gazlarning parsial bosimni farqi- 
ga bog'liq bo'ladi. O 'pkada bunday sharoit mavjud. Chuqur nafas 
olinganda alveolalar kengayadi va ularning yuzasi 100-150 m2 ga­
cha yetadi. Xuddi shunday o'pkadagi kapillarlarning yuzasi ham 
kattalashadi. Alveolar havodagi gazlarning parsial bosimida ham 
yetarlicha farq va venoz qonidagi bu gazlarning kuchlanishida ham 
farq bor (11- jadval).
Jadvaldan shu narsani qavd qilish mumkinki, venoz qonidagi 
gazlarning kuchlanishi orasidagi farqi va ularning alveolar havo da-
www.ziyouz.com kutubxonasi


gi parsial bosimlari orasidagi farq kislorod uchun: 110-40 = 70 mm 
sim. ust. karbonat angidrid gazi uchun esa 4 7 -4 0 = 7 mm sim. 
ustunini tashkil etadi. Bosimlarning bunday farqi organizmni kis­
lorod bilan ta'm inlash va undan karbonat angidrid gazini ajratib 
chiqarish uchun yetarlidir.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin