shi ta'sir ko'rsatadigan manfi\' ionlar soni kamayib qoladi, binolar
shamollatilganida esa tashqaridan manfiv ionlar keladi.
Yopiq binolar havosining ion tarkibini
vaxshilash uchun ioniza-
torlar deb ataladigan maxsus asboblardan foydalanish mumkin. Bu
asboblar havoga ionlar tarqatadi va shu yo'l bilan uning xossalarini
yaxshilaydi.
Havoning harorat rejimi.
Zamonaviy maktab binolarida
m o'tadil harorat rejimini saqlab turish uchun ko'pincha
past bo-
simli suv bilan markazdan turib isitadigan tizimi o'rnatiladi. Biroq
yana pechka bilan isitish usuli ham uchrab turadi, buni ba'zan ma-
halliv isitish usuli ham deb yuritiladi.
Normal ish uchun sinfda harorat 16-22° atrofida bo'lishi zarur,
rekreatsion binolar (tanaffuslar vaqtida
bolalar chiqib yuradigan
keng koridorlar) va jism oniy tarbiya zallarida harorat kamida +14°
bo'lishi kerak, chunki bu joylarda bolalar harakat qilib turadi.
Past bositnda suv bilan markazdan turib isitish tizimi bolalar
muassasalari uchun ju da qulay. U binolarda haroratning bir tekis
bo'lishini ta'm inlab beradi, havoni
ortiqcha quritib yubormaydi,
isituvchi asboblarda (radiatorlarda) chang q o ’nmaydi. Bolalar jaro-
hat olmasliklari uchun radiatorlar yog'och to'siqlar bilan to'silgan
bo'lishi kerak.
S in f xonasining havo tarkibi va mikroiqlimi.
Sinf xonasi
tarkibidagi uglerod (CO,) - oksid miqdori 0.07-0,1 %
dan osh-
masligi kerak (ruxsat etilgan m iq d o r- 0.03-0,04 %), havo tarkibi
da uglerod (CO j - oksid ko'payib ketsa. o'quvchilar asab tizim i
ning tez charchab qolishiga va o'tilgan fanlarni o'zlashtirilish da-
rajasining pasayishiga sabab bo'ladi. Ayniqsa, qish faslida bosh-
lang'ich sinflarda ba'zi o'quvchilar dars paytlarida uxlab qoladi.
Bunga xona havosida uglerod (CO,) oksidining ko'payib ketishi
sabab bo'ladi. Shuning uchun tanaffus
vaqtida va dars m obaynida
fortochkalar ochilib. sin f havosini yangilab turish zarur.
S inf xonasida har bir o'quvchi uchun 4.5-5 nr’ havo to 'g 'ri ke
lishi lozim. Bir soatlik dars davomida har bir o'quvchi uchun 16-
26 m ' havo m o'ljallanadi. Shuning uchun qish faslida dars vaqtida
fortochkalarni har 10-15 daqiqada 0.5; 1,0 daqiqaga ochib havoni
www.ziyouz.com kutubxonasi
yangilab
turilishi, yilning issiq fasllarida esa sinf derazalarini dars
vaqtida umuman ochiq qo'yish kerak. Sinf harorati 16-18 °C, nis-
biy namlik 40-60
%,
havoning yo'nalish tezligi 0,1 m/s bo'lishi
kerak.
O 'zbekiston Respublikasida jism oniy tarbiya darsini deyarli
yil davomida (yog‘ingarchiliksiz kunlarda) ochiq havoda o'tkaz-
gan m a’qul. Dars vaqtida sport zalining harorati 14-15 °C, nisbiv
nam lik 40-60 % va havoning yo'nalish tezligi 0,2-0,3 m/sdan osh-
masligi kerak.
Dostları ilə paylaş: