Yurganda boshni tik tutib, o 'ltach a qadam tashlash, lapanglab,
bir qo'lni cho'ntakka solib, qiyshayib yoki uyalib, engashib yur-
maslik, mehnat darsida gavda holatini, mehnat turini tez-tez o'zgar-
tirib turishi kerak. Bolalar va o'sm irlarda ko'pincha tovuq ko'krak,
etikdo'z ko'kragi, skoliozning turli shakllari, yassi oyoqlik, mu-
skullarni yetarli rivojlanmasligi, bo'g'im larning kasallanishi kabi
nuqsonlar tufayli qad-qomat buziladi. Bola yoki o'sm irning oyoq
kiyimining tor yoki keng bo'lishi ham qad-qomatning buzilishiga
sabab bo'lishi mumkin.
Bolaning tunda uxlashiga ham e ’tibor qaratish lozim. Bola gav-
dasini to 'g 'rilab tekis jovda. biroz qattiq o i'in ko i'p ada uxlashi
kerak. B a’zi bolalar gujanak bo'lib uxlaydilar. Bunday holat ham
qad-qomatga ta ’sir qiladi, bolalar va o'sm irlar qad-qomatni to 'g 'ri
shakllanishiga yordam beradigan jism oniy mashqlar bilan shug'ul-
lanishga yoshlikdan o'rgatish lozim. Masalan: gimnastika, suvda
suzish, voleybol, turnikda tortilish va boshqalar.
Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning ko'rinishi o'zgar-
masdan, balki u ichki a ’zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon
va ichak kabilarning) rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta ’sir
ko'rsatadi. Bunday odamlar jism oniy mehnat qilganida, jism oniy
tarbiya va sport bilan shug'ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi
tezlashadi, tez charchaydi.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning
uchun shu yoshgacha o'sm irlar yuqorida ko'rsatilganlarga amal qil-
salar ularning qad-qomatlari to 'g 'ri va chiroyli bo'lib shakllanadi.
Bolaning qad-qomatini to 'g 'ri shakllanishini ota-onalar, o'qituv-
chilar, tarbiyachilar tizimii ravishda kuzatib borishlari, zarur
bo'lganida turli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: