Tik turish tiplari:
a) m o 'tad il qomat; b) egik qom at ; d) kifotonik qomat; e) kekkaygan
qomat: f) lardotik qomat; g) skolioz qomat.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qomat, odatda, tadqiqot ishlari olib boriladigan ko'rsatkichlar
qatoriga kirmaydi. Yoshlikdanoq u shakllanishni boshlaydi va
hayot davomida o'zgarib turadi. Asosan. qomatning shakllanishi
6 -7 yoshda yuz beradi va uning shakllanishida gavda muskullari-
ning rivojlanishi katta aham iyatga ega bo'ladi. Bu muskullarning
kuchlanishi, qomatni shakllantiradi va o 'sh a holatda ushlab tura
di, ularning kamayishi esa uning buzilishiga olib keladi. Bolalarda
gavda muskullari hali zaif rivojlanganligi sababli, ularning qomati
chidamsiz bo'ladi.
Qomatni shakllantirish o'quvchilarni jism oniy jihatdan tar-
biyalashning asosiy vazifalaridan biridir. Bu yerda bosh mezon
bo'lib bir tekisda mashqlar bajarish va barcha guruh muskullarini
gormonik rivojlantirishdan iboratdir. 18 yoshga yetganda qomat
stabillashadi va bundan keyin uni tuzatish juda qiyin bo'ladi.
Qomatning buzilishiga nimalar olib keladi? Voyaga vetganlar-
ga nisbatan bolalarda tanani tik turganda yoki o'tirganda normal
yoki bir xil holatda uzoq muddat saqlab turish juda qiyin. Ular tez
charchab tana holatini n o to 'g 'ri holatga o'zgartiradi, bu esa av-
val qomatning buzilishiga olib kelsa. so'ngra yelka muskullarini
bo'shashiga va o'sayotgan umurtqa pog'onasini qiyshayishiga olib
keladi. Shu sababli jism oniy mashqlar. harakatli o'yinlar, sayr qi
lish, xuddi to 'g 'ri yig'ilgan mebel singari turli muskul faoliyatining
navbatlashuvchi qomatni buzilishining oldini oladi. Bolalarga o g 'ir
vuk ko'tarishga ijozat bermaslik kerak, portfelga kitob solib qo'lda
ko'tarib yurish ham umurtqa pog’onasini qiyshayib qolishiga, olib
kelishi mumkin.
O ’quvchilarga daftar va kitoblarni yelkaga osiladigan ranslar-
da olib yurish maqsadga muvofiqdir. Bolalarga juda yumshoq yoki
yotgan paytda buklanib tushib ketadigan krovatlarda uxlash tavsiya
qilinmaydi.
Dars va ovqatlanish uchun o'tirganda bolalarning to 'g 'ri o'ti-
rishiga e'tibor berish kerak. Buni esa qachonki o'tiradigan stul va
stol bolaning bo'y va tana proporsiyasiga to 'g 'ri keladigan bo'lsa-
gina ta'm inlash mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|