7. 6. Tayanch-harakat a’zolarining gigiyenasi Qadd-u qomat va uning kamchiliklari. Har bir odam o 'z ta-
nasini odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deviladi. Qad-
qomat shakllanishida, ayniqsa, umurtqa p og‘onasining, ko'krak qa-
fasi, qo'l va ovoqlar suyaklari hamda tana muskul lari ning rivojla-
nishi muhim ahamiyatga ega. Odam qad-qomatining to 'g 'ri b o 'li
shi muskullar tonusiga. asab tizimining holatiga, havoti mobaynida
gavdasini tutishiga, jism oniy mashq bilan shug'ullanish darajasiga,
turli kasalliklarga chalinuvchanligiga bog'liq. Anatomik nuqtayi
nazardan, m o'tadil qad-qomat deyilganda. umurtqa pog'onasi bir
m e’yorda to'lqinsim on, bosh va bo'yining tanaga nisbatan to 'g 'ri
va tik. ikkala yelka va ikkala ko'krak bir tekislikda. qorin bir oz
ichga tortilgan, ko'krak qafasi bir oz qorindan oldinga chiqib tur-
gan, oyoqlari tik va to 'g 'ri holatda bo'lib, ularni juftlashtirganda
tovonlar, tizzalar bir-biriga tegib turadigan holat tushuniladi.
Qad-qomatning n o to 'g ’ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi:
cho'zilgan. egilgan, kifotik, lordotik va skolitik qad-qomat. Egil-
gan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga egilgan,
yelkalari oldinga osilgan. ko’krak qafasi botiqroq. qorin oldinga
chiqqan bo'ladi. Bunday holat skelet muskullari ayniqsa, gavda-
ning orqa qismidagi muskullar vaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz
bo'lishi tufayli yuzaga keladi.
Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o'xshab
ko'tarilib, orqa yelka qismi do'm bavib, bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis
yoki bir oz botiqroq, ko'krak qafasi vassi, qorni oldinga chiqqan
bo'ladi. Bunday holat umurtqa pog'onasining bel qismi m e’yor-
225
www.ziyouz.com kutubxonasi
dan ko'proq oldinga bukilishi, bo'yin qismida esa oldinga kamroq
bukilishi hamda qorin devori m uskullarining kuchsiz rivojlanganli-
gi tufayli yuzaga keladi.