Sulton Muhammad ibn Darvish Muhammad al-mufti al-Balxiy (tug’ilgan yili vafot etgan) 1565 yili “G’aroyib voqealar to’plami” (“Majma’ ul-g’aroyib ”) nomli kitob yozib, unda tarix, astronomiya, geografiya, tabiatshunoslikning qadimdan to XVI asr-gacha bo’lgan tarixini bayon qilgan.
Sulton Balxiyning mazkur asari 20 bobdan iborat. Kitobning har bir bobi tabiatshunoslikning konkret masalalariga bag’ishlangan bo’lib, shaxarlar va xalqlar, ularning etnografiyasi, o’lkalarda tarqalgan hayvonot va o’simlik turlari kabi masalalarga tuxtaladi.
Asarni VI bobi faqat o’simliklar olamiga bag’ishlangan bo’lib, muallif o’tchil, buta va daraxtlarni batafasil izohlangan. U butun o’simliklar dunyosini issiqsevar va sovuq sevar o’simliklarga ajratadi. Shu bilan birga gulli, gullamaydigan va suv o’tlariga ajratadi. Muallif o’simliklarning ko’payish usullari va inson madaniylashtirgan turlarini ko’rsatgan. U, ayniqsa turli xil rangli va shaklli tropik va subtropik turlarga alohida to’xtaladi. Va, nihoyat, usimliklarning turli xil qismlarini dorivor, oziq va boshqa maqsadlar uchun turli yerlarda turli xil xalqlar tomonidan foydalanishga alohida e’tibor bergan.
XULOSA: Evolyusion yoki filogenetik usul. Bu usul evolyusion taraqqiyot jarayonida o’simlik guruhlari yoki ayrim turlarning paydo bo’lishini hamda ulardagi morfologik shakl tuzilishidagi organlarning rivojlanish tarixini o’rganadi. Evolyusion va filogenetik usul asosan solishtirma morfologik va fitopoleontologik (paleobotanika) izlanishlarga asoslangan holda tekshirish olib boradi va o’simlik ontogenezini to’g’ri tushunishga yordam beradi. Yuqorida keltirilgan usullarning hammasi ham o’zicha mustaqil ahamiyatga ega bo’la olmaydi, albatta. Shu sababli har bir usul yuzasidan olingan ma’lumotlar bir-biri bilan taqqoslanilishi yaxshi natija beradi.
Foydalanilgan Adabiyotlar S. M. Mustafayev,O.A. Ahmedov Botanika,Toshkent, 2006.