Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
150
tayyorlash
hududiy markazlarid
a turli yo‘nalishdagi fan o‘qituvchilari ta’lim olish
jarayonida umumiy huquqiy tushunchalarni olishga erishadilar. Ularga barcha toifa
malaka kurslari uchun 2018
–
2021-
o‘
quv yillari davomida 4 soatli va rahbar kadrlar
uchun 8 soat hajmda “Ta’lim
-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-
me’yoriy
asoslari” o‘quv modulidan huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya beriladi. Umumiy o‘rta
ta’lim maktabi o‘qituvchilari o‘quv modulini o‘zlashtirish jarayonida huquqiy ongga ega
bo‘ladilar. Fikrimizcha, xalq ta’limi xod
imlarining
malakasini oshirish tizimida, huquqiy
bilim berish jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o‘rgatilishi lozim:
–
birinchidan, bilim berilishi, bilim davlat va huquq bilan bog‘langan bo‘lishi kerak;
–
ikkinchidan, olingan bilimni hayotga ta
е
biq etish
mahorati o‘rgatiladi;
–
uchinchidan, shaxs doim o‘z ustida ishlashi, izlanishi,
biror natijaga ega
bo‘lishlikka harakat qilishi kerak;
–
to‘rtinchidan, davlat va jamiyat ishlari bilan qiziqish xislatlariga ega bo‘lishni
shakllantirish;
–
beshinchidan, tinglovchi
joriy qonunlardan umumiy tushunchalarga ega bo‘lishi;
–
oltinchidan, bilim oluvchi tomonidan olgan o‘z huquqiy bilimlariga rioya qilgan
holda, jamiyatda huquqiy madaniyatning rivojlanishiga hissa qo‘shishi kerak.
Dars jarayonida tinglovchilar: davlat, uning
boshqarilishini; huquqqa bog‘liq
tushunchalarni; huquqiy munosabatlar tushunchasini; huquqiy munosabatlarning kelib
chiqish asoslarini;
huquqbuzarlik tushunchasini, turlarini; huquqiy javobgarlik
tushunchasi va boshqa bir qancha huquqiy ma’lumotlarni bili
b olishlari lozim. Olingan
huquqiy bilimlar shaxsga o‘z ilmiy yoki ijodiy izlanishlarida ham yordam beradi. Buning
uchun tinglovchi dars jarayonida bilganlaridan tashqari o‘z ustida ishlab, qo‘shimcha
manbalar, adabiyotlardan foydalanishi kerak. Tinglovchilar orasidan davlat,
jamiyat
hayoti bilan qiziquvchilar, rahbarlik xususiyatiga ega shaxslar ham aniqlanadi. Ular
davlat va huquq nazariyasi, davlatdagi mavjud qonunlar, ularning yaratilishi bilan
alohida qiziqadi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun o‘qituvchilari avvalambor o‘zi yaxshi
huquqiy bilimga ega bo‘lishi, qonun yangiliklari bilan tanishgan bo‘lishi shart. Agar
o‘qituvchining ma’lumoti u yoki bu huquq sohasi bo‘yicha to‘la bo‘lmasa, tinglovchiga
maxsus manbalar yoki mutaxasislar bilan uchrashuviga yordam berishi lozim. Ana
shundagina
jamiyatimizda haqiqiy bilimdon,
o‘
z kasbini sevadigan, uning huquqiy
asoslarini biladigan mutaxassislar malakalarini oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: