Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
149
Ma’lumki, jamiyatning ma’naviyati, madaniyati, shu jumladan, huquqiy madaniyati
nihoyatda murakkab va serqirra ijtimoiy hodisadir. Jamiyatning madaniyati
umuminsoniy ma’naviy
-
ahloqiy qadriyatlarning tarixan shakllangan tizimi bo‘lib, unga
muvofiq ravishda hayot tarzi qaror topadi va insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar
tartibga solinadi. Huquqiy madaniyatni inson ongida shakllantirish va uni
rivojlantirishdagi eng birinchi qadam, bu huquqiy madaniyat tushunchasini insonning o‘z
qarashlari orqali anglay olishidir. Inson huquqiy madaniyat deganda o‘z ongida nimalarni
idrok etsa, o‘sha qarashlariga sodiq qolishiga ha
rakat etadi,
o‘
z qarashlarini himoya qiladi
va, bu orqali, mazkur insonda shaxsiy fikrlar vujudga keladi. Demak, birinchi navbatda,
huquqiy madaniyatning vujudga kelishining eng birinchi belgilaridan biri, bu
–
insonning
shaxsiy fikrga ega bo‘lishidir. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlar sohasida davlatimiz
siyosatining eng ezgu maqsadi
–
yoshlarni shaxsiy fikrga ega qilib, tarbiyalash
harakatlarining naqadar muhim omil ekanligidan darak beradi.
“Huquqiy madaniyat” tushunchasi ko‘proq huquqiy voqelikning ahamiya
tlilik
darajasini, uning tobora rivojlanish holatini, unga madaniy taraqqiyot yutuqlari singib
borishini tavsiflaydi. Zero, huquqiy madaniyat shaxs erkinliklari va xavfsizligini, inson
huquqlarini ta’minlash sharti, uning huquqiy himoyalanganligi va fuqaro
viy faolligining
kafolati hisoblanadi, hokimiyatni insonning huquqiy maqomini ta’minlashga safarbar etadi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim
-
tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tib
or qaratish,
maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari
o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish zarurdir.
Dostları ilə paylaş: