Formation of legal awareness and legal culture in the training system of public education employees Raximakhon boymirzayeva



Yüklə 159,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü159,25 Kb.
#202436
1   2   3   4   5   6   7   8
Huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini xalq talimi

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
Malaka oshirish tizimida tinglovchilar kontingentini xa
lq ta’limi xodimlarini va 
rahbar kadrlari hamda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari tashkil etadi. Xalq ta’limi 
tizimida xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishda 
muammolarni o‘rganish maqsadida 2020
-yil may oyidan 2022-yil sentabr oyiga qadar 
Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hududiy malaka oshirish markazlarining kurs 
tinglovchilari o‘rtasida “Malaka oshirish jarayonida huquqiy bilim olish darajasi”, 
“Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni qanday tushunasiz?”, “Xalq ta’limida 
pedagoglarni 
huquqiy madaniyatini shakllantirish omillarini nimada ko‘rasiz?”, “Siz huquqiy bilimni 
qayerda olasiz?”, “Malaka oshirish kurslarida “Huquq masalalari” o‘quv modulini o‘qitish 
kerakmi?” kabi mavzular doirasida tayyorlangan so‘rovnomalar o‘tkaz
ildi. 
2020-yil may oyidan 2022-
yil sentabr oyiga tinglovchilar fikrini o‘rganish 
Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hududiy malaka oshirish markazlarining 
barcha toifa kurs tinglovchilari o‘rtasida jami 756 nafar respondent qamrovida o‘tkazildi. 


Жамият
ва
инновациялар

Общество
и
инновации

Society and innovations 
Special Issue 

01 (2023) / ISSN 2181-1415 
151 
Anketalashning har bir kurs doirasida 25-27 nafar tinglovchi qatnashdi. 
Tinglovchilarning aksariyati umumiy o‘rta ta’lim maktabi fan yo‘nalishi o‘qituvchilari 
tarkibida amalga oshirildi. Barcha fiklar o‘rganildi. Respondentlar oliy ma’lumotli, o‘quv 
ishlari b
o‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ma’naviy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor 
o‘rinbosarlari, umumta’lim maktabi fan o‘qituvchilarining mutaxassis, 1
-toifali, oliy 
toifali, yoshi va jinsi jihatdan turli nisbatda tanlandi. 
Jumladan, respondentlarning jin
siga ko‘ra, 30,% erkaklar, 70% esa –
ayollar; yashash 
joyiga ko‘ra, 54,4% shaharda, 45,6% qishloqda istiqomat qiluvchilarni tashkil qildi. Xuddi 
shuningdek, yoshiga ko‘ra 28% 22 dan 30 yoshgacha, 32,3% 31 dan 40 yoshgacha, 
22,5% 41 dan 50 yoshgacha, 18,8% 
51 dan 65 yoshgacha, ma’lumotiga ko‘ra, 4,7% o‘rta
-
maxsus, 95,3% oliy ma’lumotlilarga ega bo‘lgan respondentlar ishtirok etishdi.
2020-
yilda o‘tkazilgan so‘rovnomalarda “Siz huquqiy bilimni qayerda olasiz?” 
degan mazmundagi savolga ushbu 
so‘rovnoma bo‘yicha ishtirok etgan respondentlarning 
56,6% televideniyedan, 23,1% Internetdan, 7,5% ijtimoiy tarmoqlardan, 7,3% “Huquqiy 
axborot” telegram kanalidan, 2,8% bosma OAVdan, 2,2% radiodan, 0,6% esa boshqa 
manbaalardan xabardor bo‘lishi haqida ma’lumot bergan. Ko‘rinib turibdiki, televediye 
orqali huquqiy axborotdan xabardorlik aholi orasida qolgan ko‘rsatkichlarga nisbatan 
yuqorili.O‘z o‘rnida aytish mumkinki, hozirda aksariyat xalq ta’limi xodimlarini huquqiy 
bilimlari huquqiy axborotni olish ma
nbalariga bevosita bog‘liq bo‘lmoqda.
2021-
yilda o‘tkazilgan so‘rovlarda ham “Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
qanday tushunasiz?” degan savol qo‘yilgan bo‘lib, respondentlarning 60 % qonunlarda 
ko‘rishlarini, 30% huquqiy adabiyotlarda aks etganligini, 1
0% ishtirokchi esa savolga 
mantiqan va mazmunan to‘g‘ri yondashgan holda ma’lumot bergan.Yuqoridagi 
ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, jamiyatdagi ilg‘or fikrli hisoblangan pedagoglar 
toifasi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda qonun hujjatlarini 
o‘rganishga bog‘lanmoqda .
So‘rovnomalarning uchinchi bosqichida 2022
-
yilda xalq ta’limi pedagog 
kadrlarining malaka oshirish tizimidagi muhim jarayonlar hisobga olingan holda tuzilgan 
“Siz huquqiy bilimni qayerda olasiz?”, “Malaka oshirish kurslarida “Huquq masalalari” 
o‘quv modulini o‘qitish kerakmi?” mavzusi bilan bog‘liq savollarga javob berishda
respondentlarning 90 % huquqiy bilimlarning aksariyatini malaka oshirish tizimidagi 
ijtimoiy-
huquqiy modullar orqali egallashlarini ta’kidlasalar, 10% ishtirokchi esa, malaka 
oshirishda
n tashqari qo‘shimcha mustaqil o‘zlari izlashlari va ommaviy axborot 
vositalaridan olishlari haqida ma’lumot bergan. So‘rovlarning “Malaka oshirish kurslarida 
“Huquq masalalari” o‘quv modulini o‘qitish kerakmi?” mavzu bo‘yicha respondentlar 
97,6 % malaka 
oshirish kurslarida “Huquq masalalari” o‘quv modulini o‘qitish kerak 
ekanligini keltirib o‘tishgan va 2.3% tinglovchilar bu masalada javob berishga qiynalgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar xalq ta’limi xodimlarining huquqiy bilim va ko‘nikmalar 
muhimligi, shuningdek, qonunga rioya etishning ustuvorligi qadriyatlariga sodiq 
qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi dinamik 
xarakterga ega bo‘lib, har 3
-
4 yilda ma’lum darajada yangilanish xususiyatiga ega. Shu 
o‘rinda, bugungi kunda mazkur sohada mavjud ayrim kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, 
bartaraf etib borilsa, nisbatan qisqa muddatlarda mamlakatimizda qonun ustuvorligining 
yanada mustahkamlanishiga erishish mumkin. 

Yüklə 159,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin