Formulalar. Asosiy teng kuchli formulalar. Normal formalar. Mulohazalar hisobini qurish. Teng kuchli almashtirishlar. Normal formalar. Mulohazalar algebrasi



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü37,98 Kb.
#194329
1   2   3   4   5
Formulalar. ASOSIY TENG KUCHLI formulalar. Normal formalar. Mulo-fayllar.org

Muloxazalar hisobi
Mulohazalar hisobi (MH) aksiomatik nazariya bo‘lib, mulohaza tushunchasiga hech qanday mazmun berilmaydi. Mulohazalarni odatdagidek lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilaymiz. Mulohazalarga qo‘yiladigan talab bitta, u ham bo‘lsa, mulohazalar hisobining aksiomalarni qanoatlantirishi kerak. Mulohazalar algebrasini mulohazalar hisobining interpretatsiyalaridan biri sifatida qarash mumkin.


Mulohazalar hisobida .formula tushunchasi.
Mulohazalar hisobini qurish uchun avval uning alfaviti, ya’ni MH da ishlatiladigan belgilar sanab chiqiladi, sûngra shu belgilarning ketma-ketligidan tuzilgan so‘z – formula tushunchasi va niùoyat, keltirib chiqariluvchi formulalar ta’riflanadi.
MH ning alfaviti uchta tur belgilardan iborat :
  1. A , V , S , . . . , X , U, Z , . . . – o‘zgaruvchi mulohazalar.


  2. ù , & , Ú , Þ - mantiqiy bog‘lovchilar.


  3. ( , ) - chap va o‘ng qavslar.


MH da boshqa belgilar yo‘q.


II.1.1 - ta’rif. 1. Har bir o‘zgaruvchi mulohaza formuladir.


2. Agar va lar formula lar bo‘lsa, u holda (ù),

(&) , ( Ú) , ( Þ) – lar ham formuladir.

3. Boshqa usulda formula hosil qilib bo‘lmaydi.

O‘zgaruvchi mulohazalarni elementar formulalar deb ataymiz.
Mulohazalar hisobida formulaosti tushunchasi mulohazalar algebrasidagidek kiritiladi. qavslarni tashlab yuborish tartibi ham mulohazalar algebrasidagidek. SHu sababli, bular ustida to‘xtalib o‘tmaymiz.


II.2 . Keltirib chiqariluvchi formulalar.
Mulohazalar hisobini qurishning keyingi bosqichi isbotlanuvchi formulalarni ajratib olishdan iborat. Avval aksiomalarni bayon qilamiz, keyin aksiomalardan keltirib chiqariluvchi, ya’ni isbotlanuvchi formulalarni keltirib chiqarish qoidalari ni beramiz.
II.2.1. Mulohazalar hisobining aksiomalari.
Mulohazalar hisobining aksiomalari 4 ta guruhga bo‘lingan ro‘yxatdagi 11 aksiomadan iborat.
I guruù aksiomalari :
I1. A Þ ( V Þ A ) .
I2. ( A Þ ( B Þ C )) Þ (( A Þ B ) Þ ( A Þ C )).
II guruù aksiomalari :
II1. A & B Þ A .
II2. A & B Þ B .
II3. ( A Þ B ) Þ (( A Þ C ) Þ ( A Þ B & C )).
III guruù aksiomalari :
III1. A Þ A Ú B .
III2. B Þ A Ú B .
III3. ( A Þ C ) Þ (( B Þ C ) Þ ( A Ú B Þ C )) .
IY guruù aksiomalari :
IY1. ( A Þ B ) Þ ( ù B Þ ù A ) .
IY2. A Þ ù ù A .
IY3. ù ù A Þ A .
II.2.2. Keltirib chiqarish qoidalari .
1. O‘rniga qo‘yish qoidasi.

MH ning tarkibida A o‘zgaruvchi mulohaza qatnashgan
( A ) , hamda iùtiyoriy formulalari berilgan bo‘lsin. Agar ( A ) mulohazalar hisobining keltirib chiqariluvchi (k.ch.) formulasi bo‘lsa, u holda ( ) formula ham mulohazalar hisobining keltirib chiqariluvchi formulasi bo‘ladi.
Bu qoida qisqacha sxematik ravishda ℑ ( A ) ℑ ( ℬ )
ko‘rinishda belgilanadi.
2. Xulosa chiqarish ( Modus ponens –MR ) qoidasi.

Agar Þva formulalar MH ning keltirib chiqariluvchi formulalari bo‘lsa, u holda formula ham MH ning keltirib chiqariluvchi formulasidir. Bu qoida qisqacha quyidagi ko‘rinishda belgilanadi : ℑ , ℑ Þ ℬ
ℬ .

II.2.3 - ta’rif. 1º. Har bir aksioma mulohazalar hisobining keltirib chiqariluvchi formulasidir.



2º. Mulohazalar hisobining keltirib chiqariluvchi formulasiga o‘rniga qo‘yish qoidasini qo‘llash natijasida hosil qilingan formula mulohazalar hisobining keltirib chiqariluvchi formulasidir.

3º. Mulohazalar hisobining keltirib chiqariluvchi formulalariga ùulosa chiqarish qoidasini qo‘lllash natijasida hosil qilingan formula mulohazalar hisobining keltirib chiqariluvchi formulasidir.


Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin