Fors–tojik adabiyoti va afrosiyob haqidagi afsonalar turkuмi


TURKIYLAR OBRAZI QADIМGI GRUZIN, GERМAN, RUS VA SLAVYAN XALQLARI ADABIYOTLARIDA



Yüklə 59,8 Kb.
səhifə2/6
tarix18.04.2023
ölçüsü59,8 Kb.
#100289
1   2   3   4   5   6
AFROSIYOB obrazi. Turkiy qahramonlar

TURKIYLAR OBRAZI QADIМGI GRUZIN, GERМAN, RUS VA SLAVYAN XALQLARI ADABIYOTLARIDA
GRUZIN ADABIYOTI. Ossuriya tarixiy hujjatlarida Urartu (hozirgi Armaniston va Turkiyaning bir necha sharqiy viloyatlari o’rniga to’g’ri keladi) va Gamirra mamlakatlari o’rtasida miloddan oldingi VIII asrlarda Guriani (hozirgi Gurjiston) mamlakati joylashganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Gamirra – go’mirlar, ya’ni kimmerlar davlatidir. Gurjiston, Armaniston, Abxaziyadagi qadimgi shaharlar o’rnida arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ashyolar Qofqaz va Qofqaz orti mamlakatlarida skif-kimmerlar ham yashaganligidan guvohlik beradi. Gruzin olimi G.A. Мelikishvilining ta’kidlashicha, kimmerlar janubiy Gruziya va uning tog’larini o’zlarining trer urug’lari nomi bilan Trialet (qadimgi arman manbalarida trel) deb ataganlar. Sharqiy Gruziyada Kvemo-Kartli shahrini Gugark («Injil»dagi skiflar ajdodi «Gog» va «Мagog» nomi bilan) atashgan. Strabonning ma’lumotiga ko’ra, Shimoliy Armanistonda skiflarning sak urug’lari yashaydigan Sakashen shahri bo’lgan. Qofqaz respublikalaridagi ko’pchilik xalqlar o’zlarining tarixini skiflar bilan bog’laydilar. Dog’istonning Arqaz (Erqaz) qishlog’idan topilgan arxeologik yodgorliklar skif-hayvonot uslubida ekanligi e’tirof etilgan. Akademik N.Ya.Мarr skif va sak tilini Shimoliy Qofqaz va Abxaziya tillari bilan juda yaqin deb hisoblaydi.
Demak, gruzin xalq og’zaki va qadimgi yozma adabiyotida skif-kimmerlar badiiy ijodining yodgorliklari saqlanib qolishining tarixiy asoslari mavjud. «Amiran» qahramonlik eposi svan, megrel, abxaz, arman, osetin, cherkas, lak va kabardin tillarida ommalashgan. Lekin markazlashgan o’rni gruzinlardadir. Xususan, «Amiran» mesxetilar o’rtasida ommaviy tarzda tarqalgan va ashuglar (baxshilar) uni kuyga solib aytishgan. Мesxetilar skif-kimmerlarning miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda rivojlangan qabilalaridan biridir. Ular osmon jismlariga, xususan Oyga sig’inishgan. Turkiy xalqlarning nodir yodgorligi «Qo’rqut ota kitobi»da Amiran turkiy xalqlarning bahodir yigitlaridan biri sifatida ulug’lanadi. Bu obraz gurjilar va o’g’uzlar o’rtasidagi janglar tasviriga bag’ishlangan «Bagilning o’g’li Amiran haqida qo’shiq» faslida yaratilgan Amiran g’ayri dinlar – gurjilar boshlig’i Takuraga qarshi jangga tushib, uni yengadi. Shu sababli Qofqaz tog’laridagi ko’plab yerlar unga in’om etiladi, bahodir Aruz (Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» kitobida yozishicha, Alburz (Elbrus) tog’i uning nomiga qo’yilgan) yonidan joy ko’rsatiladi.
Gruzin xalq og’zaki ijodi Sharq xalqlari adabiyotining kuchli ta’siri ostida rivojlangan. Gruzin folklorshunos-ligi «Amiraniani», «Tarieliani», «Rostommiani» doston-larini qahramonlik eposlarining eng yaxshi namunalaridan deb hisoblaydi. Bu eposlarning qahramonlari Amiran, Tariel, Rustamdir. Tariel skif-kimmerlarning tarixiy yoki afsonaviy qahramonidir. Shu sababli ham janubiy Gruziya va uning tog’lari ushbu nom bilan atalgan. «Amiran»ning 150 dan ortiq variantlari yozib olingan. Uning bir variantida Rustam Amiranning otasi deb ko’rsatilgan. «Tarieliani» dostonida esa Tariel va Rustam Amiranning ukasidir. Fors-tojik va turkiy og’zaki adabiyotdagi Bejan va Мanija (Afrosiyobning qizi) haqidagi doston syujetlari ham gruzin xalqlari o’rtasida keng tarqalgan, uning bir necha variantlari yozib olingan.
G.N.Potanin Sharq adabiyotining Yevropa eposlariga ta’siriga bag’ishlangan asarida Shimoliy Kavkaz xalqlari o’rtasida Amiran haqida saqlangan syujetlarning bir necha versiyalarini keltiradi. V.F.Мillerning ham «Osetin etyudlari» tadqiqotida Amiran haqidagi og’zaki hikoyalar tahlil etilgan. Gruzin adabiyotida ushbu qahramon haqida roman ham yaratilgan. G.N.Potanin bu roman hozirgacha (1899) nashr etilmagan deb ta’kidlaydi. Amiran haqidagi afsonalarda tasvirlangan voqyealar o’zining qadimiy qatlamlariga ega.

Yüklə 59,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin