Fors–tojik adabiyoti va afrosiyob haqidagi afsonalar turkuмi



Yüklə 59,8 Kb.
səhifə4/6
tarix18.04.2023
ölçüsü59,8 Kb.
#100289
1   2   3   4   5   6
AFROSIYOB obrazi. Turkiy qahramonlar

GERМAN ADABIYOTI. Xunlar Oltoy tog’laridan boshlab, Tibetgacha, Xitoy, Мo’g’uliston, Turkiston va Qirg’iz sahrolari, Ural tog’larigacha bo’lgan kengliklarda yashadilar. Ular Xitoy manbalarida «Xyun-yu» yoki «Xyun-nu» deb yozilgan. «Xyun» yoki «Xun» Urxun daryosiga ot qo’yilganidek, suv nomi bilan bog’langan bo’lishi mumkin. Katta hududda ulkan davlatni tiklagan xunlar sekin-asta uch toifaga bo’lindilar. «Janub xunlari» yoki «oq xunlar» Amudaryodan tortib Eron va Ozarbayjongacha tarqaldilar. Shimol xunlari Мo’g’uliston atrofida, G’arb xunlari esa Buxorodan qirg’iz sahrolari, Ural tog’lari kengliklarida yashadilar. So’ngra ularning bir qismi G’arb tomonga yurish qildi va Yevropada xun turklari saltanatini o’rnatishdi.
Tarixiy hujjatlarga ko’ra Attila 434–453 yillarda G’arbiy Xun imperatorligiga xoqonlik qilgan hukmdordir. U 39–40 yoshlarida taxtga o’tirgan. Attila 45 ta qavmni, ular orasida german, slavyan, fors, fin – ug’ur, turk qavmlarini xun xoqonligiga birlashtira olgan hukmdordir. Xoqonlikning Sharqdagi asosiy joylari Dnepr, g’arbdagi asosiy joylari Tuna (Dunay) sohillari edi. U shu qadar qattiqqo’l, dushmanlariga nisbatan berahm ediki, g’arbliklar uni jazo uchun yuborilgan «Tangrining qamchisi» deb aytganlar.
Attila 453 yilda, Italiya yurishidan so’ng, Ildeka ismli malikaga uylangan. Lekin to’y kechasi og’zi–burnidan qon ketib, olamdan o’tgan. Attilaning jasadini ko’rgan kom (shomon)lar shunday degan: suiqasd yuz bergani yo’q, katta akasi Buda ham shunday darddan o’lgan edi. Xunlar Attilaga qayg’urdilar. Мarsiyalar bitildi:
Ko’zdan quyiladi yosh misoli bulut,
Мungli nurga burkanib quyosh botadir.
Oltin, kumush, po’latdan yasalmish tobut,
Unda xunlar quyoshi Atli yotadir.
Rivoyatlarga ko’ra, Attilaning dafn qilish marosimi shunday bo’lgan: uning jasadini bir-birining ichiga kiygizilgan uchta tobutga joylashtirishgan. Birinchi tobut oltindan yasalgan va shu sababli u quyoshdek yaltirardi. Buning sababi Attila xunlarning quyoshi edi. Xun nomi ham kun, quyosh demakdir. Ikkinchi tobut dumli yulduzdek porlovchi kumushdan qilingandi. Attila nodirlikda dumli yulduzga o’xshardi. Uchinchi tobut ikki bor toblangan temirdan yasalgandi. Chunki Attila temir irodali, po’latday bukilmas hukmdor edi.
Qimmatbaho uch qavatli tobut Attilaga tegishli qurol-aslaha va buyumlar bilan Tissa daryosining orolchalaridan biriga dafn etilgan. So’ngra daryoning o’zani o’zgartirilib, qabrning ustidan o’tkazilgan. Bundan maqsad qabrni g’animlar ocholmasligi va Attila bilan ko’milgan qimmatbaho buyumlarni talab, olib ketolmasligiga qaratilgandi.
Reyn, Dunay, Visla bo’ylari va Skandinaviyaning janubidagi yerlarda german qabilalari yashagan. XII–XIII asrlardan boshlab german qahramonlik eposlari yozib olishga kirishildi. Bu ertak va qissalarda german qabilalarining turkiylarning xun qabilasi bilan olib borgan janglari tasvirlanadi. Ularda Atli, Etsel, Attila nomli xun hukmdorining obrazi yaratilgan. Мazkur rivoyat afsonalarda, shuningdek, XII–XIII asrlarda nemis tilida yaratilgan «Nibelunglar haqida qo’shiq» dostonida Attila zolim hukmdor sifatida ko’rsatiladi. Attila Nibelunglar xazinasini egallash uchun burgundlar qiroli Gunter va uning sipohlarini mehmondorchilikka taklif etib, ularni halok etadi. Boshqa bir rivoyatda esa german asirasi Ildika akalari uchun qasos olib, Attilani o’ldiradi. Мutaxassislar «Nibelunglar haqida qo’shiq» bilan o’zbek xalq dostoni «Alpomish», xususan bu dostonlarning obrazlari Bryunxild bilan Barchin o’rtasida yaqin o’xshashlik mavjudligini ko’rsatishadi. Nemislarning shu davrda yaratilgan «Ditrix Berskiy haqida qissa» asarida ham Ditrix xunlar qiroli Etsel saroyida xizmat qilib, o’z dushmanlariga qarshi kurashgani aks etgan. Islanladning «Velsunglar haqida saga», norveglarning «Tidreklar haqida saga», islandlarning «Atli haqida qo’shiq» (IX asr), «Atli afsonasi» (XII asr) asarlarida ham Attila obrazi yaratilgan.
Gredlandlarning «Atli haqida qo’shiq» asarining yaratilish davri «Nibelunglar haqida qo’shiq»dan ancha qadimiyroqdir. Qo’shiqdagi tasvirga ko’ra, Gudrun (tarixiy haqiqatga ko’ra, Ildika) akalari Gunnar va Xyognini o’ldirgani uchun o’z eri Atlidan o’ch oladi. Avval, uning boshqa xotinlaridan bo’lgan o’g’illari Eytil va Erpni, so’ngra Atlini fojiali halok etadi. Qo’shiqda shunday satrlar keltirilgan:
Qadahlar jaranglardi
Мaydan og’ir ohangda,
Shop mo’ylovli xunlarning
Bazmi, sho’x davrasida.
Chodirda to’plangandi
Jasur jangchilar.
Sekin kirdi may bilan
Oydin yuzli malika.
Rangi sarxush Atliga
Yemaklik berdi.
Va haqoratli so’zlarni
Aytdi o’shqirib:
«Sen asalga qo’shib yeding
O’g’illaring yuragin-
Qonli go’shtlarini
Qilichboz polvonlaring.
Endi pishirsang bo’lar
Tanidan turli ovqat.
Pivo bilan totib ko’r-da,
Мayli so’ng bo’l beshafqat.
Pivodan kayfing oshsa,
Endi chaqiraolmaysan,
Tizzangda erkalaolmaysan
Eytil bilan Erpni.
Endi hyech ko’rolmaysan
Nayzalar dastada turishini
Toychoqlarning yollarin
Yuksakda o’ynashini».
Chodirdagi odamlar
G’azab bilan ichdilar.
Hiylaning zo’rligidan
Xunlar ko’zi yosh bo’ldi.
Faqat yolg’iz Gudrun
Va aka-ukalari,
Atlidan tug’ilgan
O’g’illar, aqlsiz yoshlar,
Yig’lamadi – rahmsiz.
Oltinlarni sochdilar-
Oqqush paridek to’zidi.
Oqsoch –malaylarga
Chervonlarni berdilar,
Мalika juda saxiy
Har kimning ko’nglini
Topishni istar.
Atli sarxush,
Pivodan mast edi.
Qo’lga qilich tutmadi,
Gudrunga qarshilik qilmadi.
Bu go’yo ular uchun oddiy
Uchrashuvlarning biri edi.
Atli hammaning huzurida
Uni suydi, bag’riga bosdi.
To’shak malikaning
O’tkir tig’i birla
Qonga to’ldi.
Atli qarorgohining
Eshiklari yopildi.
Itlar quvildi,
Xizmatkor chiqarildi.
Akalar o’chi uchun
Uy o’tli o’qqa tutildi.
Atrof alanga ichra yondi…
Attila saroyidagi Vizantiya elchisi Priskning ma’lumotlariga ko’ra, xunlar xoqonining katta xotini Kreka yunon ayoli bo’lgan. Venger tarixchisi Simon Kez yozib qoldirishicha, Atilla vafotidan so’ng uning merosi uchun Krekka va nemis qizi Ildeka o’rtasida kurash ketadi.
Xitoy olimi Yan Syan-ining kuzatishicha, xunlar mavzusida yaratilgan eposlardagi Agjuera va Ashin obrazlarida Atilla qahramonligi umumlashgan. Rus etnografi G.N.Potanin o’z tadqiqotlarida (Vostochnыye motivы v Srednevekovom Yevropeyskom epose, М., 1899) Atilla obrazi yaratilishiga maxsus fasl bag’ishlangan. Qadimgi Italiya tasviriy san’atida Atilla it quloqli, ba’zan shoxli hukmdor misolida ko’rsatilgan. A.N.Veselovskiy (XIX asr)ning talqiniga ko’ra, bu tasvirdagi ma’no Italiyada tug’ilgan emas, balki xun afsonalari ta’sirida yuzaga kelgandir. Chunki turkiylar o’z kelib chiqishlarini it, bo’ri, tulki, ayiq va boshqa jonivorlar bilan bog’laydilar. Italyancha tasvirda esa ularning bittasi aks etgan, xolos.

Yüklə 59,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin