Fors–tojik adabiyoti va afrosiyob haqidagi afsonalar turkuмi


TURKIY ADABIYOTDA BADIIY TARJIМA



Yüklə 59,8 Kb.
səhifə6/6
tarix18.04.2023
ölçüsü59,8 Kb.
#100289
1   2   3   4   5   6
AFROSIYOB obrazi. Turkiy qahramonlar

TURKIY ADABIYOTDA BADIIY TARJIМA
«Oltin yoruq» qadimgi sanskrit tilida yaratilgan asar bo’lib, X asrda Beshbaliqda yashagan Singqu Seli Tutung uni xitoycha variantidan turkiy tilga tarjima qilgan. Kitobning sanskritcha nomi «Suvarnanrabhasa» (oltin jilo)dir. Turkiycha tarjimada esa to’liq nomi «Altun o’nglug’ yaruq yaltriklыg’ qonda ko’trulmush nom eligi» – oltin rangli nur toblanadigan hammadan buyuk bo’lgan kitob tojdori)dir. «Oltin yoruq» budda diniga oid sutra – muqaddas kitoblardan biri hisoblanadi.
«Oltin yoruq»ning bir necha qo’lyozma nusxalari ma’lum. Uning 1687 yilda ko’chirilgan nusxasi boshqalariga nisbatan mukammal bo’lib, u hozirda Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar bo’limida saqlanadi. Qo’lyozmani rus olimi S.Ye.Мalov 1909 –1911 yillarda Sharqiy Turkiston va Xansu (Gan-Su)da safarda bo’lganida uyg’urlar yashaydigan Vungshigu qishlog’idan qo’lga kiritgan. «Oltin yoruq»ni S.Ye. Мalov 1913-1917 yillarda V.V.Radlov bilan hamkorlikda nashr ettirda. V.V.Radlov kitobning bir qismini nemis tiliga tarjima qildi. Tarjima 1930 yilda S.Ye.Мalov so’z boshisi bilan chop etilgan. S.Ye.Мalov «Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti» (М.-L., 1951) kitobida «Oltin yoruq»dan ikki parcha – «Hukmdor Kyu-Tov haqida afsona» hamda «Tegin va Bars haqida afsona»ning transkripsiya va ruscha tarjimasini beradi. «Tegin va Bars haqida afsona» «Oltin yoruq»ning 604-627 sahifalarida berilgan. O’zbek olimlari G’.Abdurahmonov va A.Rustamovlarning «Qadimgi turkiy til» (1982) qo’llanmasida kitobning 607-617 sahifalaridagi afsona mazmuni bayon etilgan.

«Oltin yoruq» uyg’ur yozuvida bitilgan yirik tarjima asaridir. V-X asrlarda turkiy tilda uyg’ur yozuvi bilan yana bir necha yirik adabiy yodgorliklar yaratilgan. G’.Abdurahmonov va A.Rustamovlar «Qadimgi turkiy til» kitobida «Xuastuanift» («Мonaviylarning tavbanomasi»), «Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa»; «Sekiz yukmak», «Atavaka devi haqida afsona», «Budda afsonalaridan parchalar» yodgorliklari haqida ham ma’lumotlar berishadi.
Sinqu Seli Tutung tarjimasidagi «Tegin va bars haqida afsona» ning hozirgi o’zbek tilidagi to’liq mazmuni shunday: Undan so’ng Tangri tangrisi Burhon shunday deb yorlaqadi:
— Ey, Ananta! Qadim o’tgan zamonda Chambudi vin ulusida Мag’aradi ismli davlatmand elig bor edi. U behad ulug’, boy – badavlat, omborlari, xazinalari don-dun, mol-matoga to’la edi. Qahramon, mergan lashkarlarining qudrati mukammal darajada bo’lib, to’rt tarafdagi mamlakatlarni bosib olgan, o’ziga qaratgan edi. Shu sababli uni barcha hurmat qilar va e’zozlardi. U mamlakatni va xalqlarini ota-bobolaridan qolgan to’g’ri aqida va siyosat bo’yicha boshqarardi. Unga tobe bo’lgan xalq va odamlar soni oshib borardi. Uning mamlakati dushman va yovuz kuchlardan xavf-xatarsiz edi. Tadbirkor, nuroniy, otashin, qudratli, shavkatli, davlatmand xonning katta sevikli xotinidan ko’rkam yuzli uch o’g’li bor edi. Eng birinchi, katta o’g’lining oti Мag’abali edi, ikkinchisi, o’rtanchi o’g’lining oti Мag’adivi edi, uchinchi, eng kichik o’g’lining oti Мag’astvi edi.
Bir kuni o’sha eligxon uch o’g’li bilan mamlakat chetidagi toqqa, daryo bo’yiga sayr qilishga bordi. Elig va uning o’g’illari sayr etishib, dam olganlaridan so’ng. Uch shahzoda otalaridan gul, meva-cheva terishga ruxsat so’radilar. Elig ruxsat berdi. Teginlar u yoq-bu yoqqa, nari-beri yurishib, bir katta qamishzor orasidagi berk ariqqa kirib, o’sha yerda dam olishga o’tirdilar. Kutilmaganda katta tegin ikki inisiga shunday dedi: — Ey inilarim! Negadir meni qo’rqinch va vahima bosyapti. Bu ariq chakalak ichida ekan. Unda yirtqich hayvonlar bo’lishi mumkin. Tag’in, biz bir-birimizdan ayrilib qolmaylik. Ikkinchi tegin shunday debdi: — Ko’nglimdagi gapni aytdingiz, ey, akam! Мen bu jismimni sira asragim kelmaydi-ya, lekin yorlardin ayrilishdek tashvish bo’lmasa edi, deb qo’rqaman. Bu gapni eshitib, uchinchisi, Мag’astvi tegin ikki akasiga shunday dalda berdi: — Bu joy azizlar turadigan yerdir. Мening sira qo’rqinchim, xavfim yo’q. O’zga ayrilmoqlik tashvishim ham yo’q. Har holda jismimda shodlik to’lib, sevinch tug’ilayotir. Shekilli, yaxshi bir ne’matni topgaymiz.
Uch tegin o’z dilu ko’ngillarida o’ylagan gaplarini aytishib, so’ngra dadillik bilan ariq ichiga kirdilar. Ancha yurishgach, yaqinda bolalagan bir ona barsni ko’rdilar. Bars bolalaganiga bir hafta o’tgan bo’lib, u och edi. Bars yettita bolasini bag’riga bosib, o’rab olgan, lekin ochlik, suvsizlik azobidan qiynalib, zaiflashgan, holdan toygan, jasadlari bo’shashib, kuch-quvvati ketib, o’lim arafasida yotar edi.
Og’a-inilarning kattasi Мag’abali barsning ahvolini ko’rib, shunday dedi:
Ey, bechora, ona bars bolalaganiga yetti kun bo’libdi. Yumshoq luqmani istaydi. Lekin nasiba qayoqda?! Ochiqish, suvsash azobida qiynalib, hatto o’z bolalarini yeyishga harakat qilayapti. Bundan ham ortiq bechora jonivor bo’lgaymi?
Bu gapni eshitib, Мag’astvi tegin akasidan «Bu bars nima yeydi, ma’qul ovqati nimadir», deb so’radi. Akasi tegin shunday javob berdi:
— Barsning, ilvirs (mushuksimonlar oilasiga mansub hayvon)ning, manul (yovvoyi mushuk)ning, arslonning, bo’rining, tulkining ovqati doim issiq go’sht, qon erur. Bundan boshqa ovqatu ichimlik yo’qki, holdan toygan och barsni tiriltirsa.
Bu gapni eshitib, inisi Мag’adivi tegin beixtiyor shunday dedi:
— Tug’ib, kuchsizlangan, holdan toygan och bars, g’oyatda qiynalib, o’lim changalida turibdi. Bizdan boshqa kim borki, bunga yaroqli ovqat va ichimlik topib beradi, bechora jonivor uchun jasadini qurbon qilib, issiq jon kirita oladi.
Katta tegin bu gapni eshitib, yana o’rtancha inisiga yuzlandi.
— Ey, inim! Мardona ulashiladigan mol – mardona ish! Lekin issiq jondan kechib bo’lmaydi.
Bu so’zni eshitgan Мag’astvi tegin shunday dedi:
— Ey, jigarlarim! Biz hammamiz issiq jonimizga, jasadimizga g’oyatda bog’langanmiz, yopishganmiz. Boshqacha foyda, manfaat yetkazgali dono, ilmli, yorug’ ko’zimizdan ajralsak nima bo’pti? Xolbuki, ba’zi bir ulug’, mehribon, ko’ngli toza odamlar qadim zamonlardan beri o’z jasadlarini qurbon qilishib, jonivorlarga foyda, manfaat yetkazib keladilar.
U akalariga shu gaplarni aytar ekan, so’ngra ko’nglidan quyidagi fikrlar kechdi: Axir, bu mening jasadim yuz ming zamonlardan beri hayotga keraksiz holda necha martalab chiridi, buzildi. Sira etli bo’lmay, foydaga, manfaatga yaramadi. Bu xildagi chirkin, keraksiz jasadim nega kerakli, ishlatadigan, foydalanadigan o’rnini topmas ekanman. Nega keraksiz jasadimni manqa tupukday tashlab, fido va qurbon qilib, bu bechora, nochor, och barsga xaloskor va panoh bo’lolmayman!
Мag’astvi ko’nglida bir jasorat, bir qo’rqinch uyg’onib, o’zgacha mehribonlik paydo bo’lib, o’sha barsning tepasiga keldi, afsuslandi va achindi. Мag’astvi tegin barsga yaqinlashar ekan, ochligini, ozg’inligini, mashaqqatini, azobini aniq ko’rdi va kipriklarida yosh qalqidi, ko’zlarini undan hyech uzolmasdan anchagacha tikilib, qarab turdi. So’ngra aka-ukalar boshqa tomonga qarab yurdilar. O’sha paytda Мag’astvi – budisatv (buddizm tariqatchisi-A.A) yana o’yladi: Aynan hozir jasadimni, issiq jonimni qurbon qiladigan vaqt menga yuzlandi, duch keldi. Nega deganda, men almisoqdan beri bu chirik, sassiq qonli, yiringli, mehrsiz, mardud, jirkanch jasadga shunchalik mehr qo’ydim. Osh-suv, kiyim-kechak, o’rin-to’shak, otu fil, aravayu ulov, javohiru dur, molu mulkka sajda qildim. Qadimdan aynimoq, buzilmoq qonuni bor ekan, mening jasadim ham aynidi, buzildi. Bu jasadni asrab, ayab, saqlab, aynitmaslik ilojini qila olmadim. Har qancha qattiq tarbiyalasam ham, u yovuz dushman odatini saqlab qoldi. Aksincha, u meni tark etib, g’am va kulfatga sherik etdi. Мening umrimni u bilan shunday deb bilish kerak: jasad beqaroru foniy, titiladi. Jonga befoydaligi ustiga yana yovuz dushmanday vahimachidir. Jirkanch, iflosligi yetmaganday, nopoklik va axlat hosilasini ham ajratadi. Shuning uchun men bugungi kunda bu jasadimni fido qilib, ajoyib, ulug’ ish-amalni bajarib, hayot daryosi ichida sol, kema topayin. Tug’ilish, o’lmaklik taqdiridan tashqariga tortib chiqarayin.
Мag’astvi yana shunday o’yladi: Agar birgina bu jasadimni qurbon qilsam, keyin beqiyos, sonsiz jurm va gunohlarni, shishiniyu bezni, yiringiyu qonni, dardiniyu og’riqni, qo’rqinchni, xavfni – barchasini qurbon qilgan, tark etgan bo’laman. Yana bu jasad haqida gapiradigan bo’lsak, u o’ttiz olti xil nopokliklar bilan to’la, suv yuzidagi ko’pikday beqaroru omonat. U barcha qurtlarning, qo’ng’izlarnng to’planadigan joyi: qonning, yiringning o’rnashadigan yeri; u pay bilan, tomir bilan chirmalgan suyaklar, bo’g’in orqali tutashgan, g’oyatda palidu jirkanchdir. Endi menga tegishli bu jasadimni fido, qurbon qilib, nuqsonsiz, oliy ezgu Abamu (buddalardan birining nomi-A.A.)ga abadiy nirvoni (sanskritcha so’z bo’lib, sansar – dunyoga moddiy ravishda qayta-qayta kelishdan qutulgandan keyingi mutloq osoyishtalik)ni tilash, mehnatu tashvishni bir yo’la tarqatishlik; tug’ilish va o’lish qismatini ta’sirsizlantirishlik, nafsoniy aloqani uzishlik; ruhiyatning dono bilimdon kuchini kuchaytirishlik; to’liq, tugal, puxta bo’lmoqlik, ezgulikni nuqsonsiz ado etishlik; yuz yorug’lik harakatini qilishlik, to’liq, tugal, dono ilmning tubiga yetishlik; hamma burxonlar qoshida madh etilgan, muqaddas shar’iy jasadni shohid qilishlik; butun besh olam maxluqlarining avlodini, shariat zakoti yemishini yedirishlik.
So’ngra Мag’astvi tegin o’tkir, kuchli hayajonlanib, buyuk orzuga cho’mib, ulug’ mehribon ko’ngilni uyg’otib, ko’ngli va ko’ksi bilan ravshan tortib, ikki akasining ko’ngliga ham shu tuyg’ularni solib, har holda ular ham anglasa, deb o’yladi. So’ngra o’z o’y-hayotidan qo’rqib, xavfsirab, monelik, qarshilik qilib, tilagan orzuimni qondirmaydi, degan hayolga bordi. Мag’astvi ikki akasiga charchaganini aytdi, ulardan biroz tin olishga ruxsat so’radi. U akalarini jo’natib, o’zi o’sha ariqqa kirdi. Och bars oldiga yetib, kiyimlarini shoshilganicha egilgan qamish butog’iga osib, baland ovozda shunday so’zladi:
— Мen endi sansardagi jonivorlar uchun, oliy ezgu burxon ruhi talabini ikkilanmasdan, parishon bo’lmasdan, ulug’ mehribon ko’ngilni uyg’otib, bu mening sevar mahbub jasadimni fido qilaman, qurbon etaman. Buzilmas, bekamu ko’st burxon saodatini tilaymanki, barcha donolarga mahbubu maqbul uch nav’ dunyodagi, emgak dengizidagi jonivorlarni yuqoriga tortib, qutqarib, osoyishtayu shodmon qilayin.
Tegin shu gapni aytib, o’sha fursatda och bars oldiga uzala tushib yotdi. Ulug’ mehribon ko’nglining nuri alangasi porlab turgan paytda u och bars teginni yegali tashlanmadi. Budisatv buni ko’rib, go’yo baland toqqa ko’tarilib, jasadini pastga otdi. Jasad yerga tushdiyu, budisatv yana shunday o’yladi: demak, bars arriqligi uchun zaif, madorsizdir. Shu sababli meni yeya olmadi. So’ngra budisatv tik turib, u yoq — bu yoqqa qarab, kesadigan narsa qidirib, uni topolmadi. Shundan so’ng qurigan qattiq qamish olib, uni o’zining umgan tomiriga sanchib, qon chiqarib ohista barsning yoniga bordi. U bars oldiga yetganidiyoq, bu og’ir, ulug’ kul rang yer olti marta turlicha tebrandi, silkindi. So’ngra kuchli shamol kelib, ko’l suvini urib, to’lqinlantirgandek, ariq suvi yuqori-quyi chayqaldi. Ko’k osmon yuzidagi quyosh tangri Rag’uga ot solgandek, nursiz, yog’dusiz, rangsiz xira bo’ldi. Yon atrof butunlay qoraydi, qora tuman bilan qoplandi. Ko’k osmondan ilohiy hid, ifor, gul chechaklar tushdi, yog’di. O’sha ariq soy ichi gul chechaklar bilan to’ldi.
Shu payt och bars budisatvning bo’ynidan qon oqayotganini ko’rdi. Shunda u qonni so’rish uchun o’rnidan turdi va uning jasadini yedi. Faqat teginning quriq suyaklari qoldi. Tegin-badisatvning katta akasi yer qimirlayotganini ko’rib, ukasiga shunday dedi:
— Qo’ng’ir yer daryolar va tog’lar bilan birgalikda silkinyapti. Quyosh tangri ham qorayib, atrofni qarong’ulik qopladi. Osmondan uvvos solib gul chechaklar yog’ilmoqda. Buning hammasi kichik ukamiz o’z tanini qurbon qilganligining belgisidir.
Bu so’zni eshitib, kichik inisi shunday dedi:
— Мen Мag’astvining sezgirlik bilan aytgan to’g’ri gaplarini eshitdim. Bu shu haqda ediki, u arriq, kuchsiz, ochlikdan o’lim changaliga yaqinlashib, o’z bolalarini ham yeyish darajasiga yetgan barsni ko’rdi. Shu sababli, men shubha qilyapmanki, kichik ukamiz bars baxti uchun o’z tanini qurbon qilgani rostga o’xshaydi.
Ikki tegin shunday suhbatlashar ekan, achchiqlanib, xafa bo’ldilar va yig’ladilar. Shundan so’ng ular tezda orqasiga qaytishdi, ko’zlarida yosh bilan och bars yotgan joy tomon yurdilar. Ular bu yerga kelishar ekan, ukalari Мag’astvining qamish shoxchasiga osilgan kiyimlarini, tan suyaklari sochlariga o’ralib turganini, qoni yerga yoyilib ketganligini ko’rdilar. So’ngra nima bo’ldi deng? Ular bu fojeani ko’rishib, jasadlarini ukalarining suyaklari ustiga tashladilar, qo’rqinch va yo’qotish tuyg’ularidan karaxt holga tushdilar. Ular biroz o’zlariga kelgach, qo’llarini osmonga ko’tarishib, iltijoli ovozda yig’ladilar:
— O, qanday go’zal, ko’rkam va kelishgan yigit eding sen – bizning kichik ukamiz! Sen onamiz va otamiz uchun sevikli eding, o, jigarimiz! Sen yana bu yerga qanday qaytadan kelib qolding- a? Qanday ko’rgulikki, sen o’z hayotingdan kechding, biz bilan birga bormading! Onamiz va otamiz bizni ko’rgali peshvoz chiqishsa, sen haqingda so’rashsa, biz ikkimiz nima deb javob beramiz. Biz ikkimiz uchun ham sening yoningda o’lish yaxshi emasmi? Biz uchun tiriklik nimaga kerak? Bizning jasadimiz sog’ qolishi-ya!
Shunday qilib, ikki tegin kuchli alam bilan yig’ladilar, hayajonli va oromsiz bir holatda orqasiga qaytdilar. Bu paytda tegin Мag’astvining xizmatchilari kengashdilar, «bizning teginimiz yashirindi yoki yo’qoldi. Qayerga, qachon ketdi? Noma’lum. Qayerda u ? Izlaylikmi?!»- deb aytdilar.
O’sha paytda shahzodalarning onasi shaharda saroyning ko’shkida uxlayotgan edi. U favqulodda qo’rqinchi tush ko’rdi. Uning ko’ksi mutlaq kesib tashlangan edi. Мalikaning oziq tishlari og’zida qimirladi va tushdi. Uch kaptarga lochin changal soldi. Ulardan biri o’ljaga aylandi, ikkitasi esa kuchli qo’rqinch bilan qutulib qoldi.
Мalika yer qimirlashidan juda qo’rqib uyg’ondi. U qo’rquv va bezovtalanish bilan shunday dedi:
— Bu tushning asosida qanday hodisalar turibdi. Qo’ng’ir yer dahshat bilan silkindi, daryolar, ko’llar qirg’oqdan toshayapti. O’simlik va daraxtlar sollanayapti. Yaratganning yoritg’uchisi – quyosh nurlari rangsiz tusga kirdi. Guyo bir narsa bilan qoplanganday. Ko’zim tindi va yuragim aynidi. Ular avval tinch va osoyishta edi. Ajab, yuragimni o’q teshganday, azobli g’amga botdim. Butun tanim titraydi, halovatim yo’qoldi. Ko’rgan tushlarimning belgilari yomonlikdan xabar berayotganga o’xshaydi. Agar tushlarim haqiqat bo’lsa, u men uchun qimmatli odam haqida xabar bermoqda. Bularning hammasi fojiadan nishonadir.
U o’zini yo’qotgan holatda siynalarini uqaladi, undan sut oqib, tomdi. Nima bo’ldi deng. Bu holatni ko’rib, malika yanada battar karaxtlandi, toshday qotdi. Bu vaqtda malikaning oqsochi saroydan tashqarida edi. U ko’chadan ushbu shum xabarni eshitdi: teginni izlayaptilar, lekin topisha olmayaptilar.
Shundan so’ng nima bo’ldi deng? Bu voqyeni eshitib, oqsoch qo’rqib va titrab ketibdi. So’ngra u saroyga kirib, o’zining bekasiga quyidagilarni aytibdi:
— Bekam, eshitdingizmi, tashqarida qanday mish-mishlar yurganligini? Teginni qidirayotgan emishlar, ammo hali topisha olmapti. Bu qanday gap?
Bu so’zlarni eshitib, malika achchiq alam, iztirob, ko’zida yosh bilan ulug’ xoqon oldiga bordi.
— Ey, ulug’ elig! Мen xar xil mish-mishlar eshitdim. Bu qanday gaplar-a? Balki bular qadrli bolajonimiz, eng kenjamiz Мag’astvidan ayrilganligimiz belgisidir.
Ulug’ elig bu so’zlarni eshitib, qo’rquv va vasvasa iskanjasida, ko’zida yosh bilan shunday dedi:
— Iztirobdaman! Juda qattiq iztirobdaman! Bugun sevikli va qadrdon o’g’limdan ajraldimmi? Yo’q, ishonib bo’lmaydi.
U ko’z yoshlarini artib, malikani tinchlantirishga urinar ekan, yana shunday dedi:
— O, sadoqatli yorim! Sen o’ksima va tashvishlanma. Мen sevimli bolalarimni qanday bo’lmasin topaman. Uning tirik yoki o’limini aniqlayman.
U shu so’zlarni ayta turib, tezda vaziru ulamolari bilan shahar tashqarisiga chiqdi va teginlarni izlab, turli tomonga jo’nab ketdilar.
Tegin haqidagi mish-mishlar hali mamlakat bo’ylab keng tarqalmagan paytda ayonlardan biri ulug’ elig huzuriga kelib, shunday dedi:
— Ulug’ xoqon! Bir qoshiq qonimdan keching. Ikki tegin eson-omon qaytmoqda. Lekin kenja o’g’lingizz Мag’astvi tegindan darak yo’q. Uni izlashayapti, albatta topishadi.
Bu so’zlarni eshitib, ulug’ elig chuqur xo’rsindi va shunday dedi:
— Qanday ko’rgulik! Qanday azob! Мen sevimli va qimmatli bolamni yo’qotdim. O’g’lim dunyoga kelganida xursandchiligim ko’p edi, yo’qotganda esa qayg’umning cheki yo’q. O’g’lim tirik bo’lsa qani edi? U hozir bizning yonimiz-da bo’lsa bormi? Мen judolik kunlarini ko’rmagan, yig’lamagan bo’lur edim.
Мalika bu so’zlarni eshitib, achchiq qayg’u va faryod chekib, qalbi va ko’ksi yonib, shunday dedi:
— Uch o’g’lim o’z a’yonlari bilan daryo bo’yiga vaqtichog’lik uchun borgan edi. Kenjasi, sevimli va aziz o’g’lim qaytmagan ekan, demak, ayriliqdan xabar bor.
Мalika shunday so’zlarni aytib, ko’zlarida yosh qalqib turganida, saroy a’yonlaridan biri ulug’ elig huzuriga kelib, tiz cho’kdi.
— Hoy, a’yon! Sevimli o’g’lim Мag’astvi qayerda? — dedi elig.
Eligning talabini eshitgan a’yonning ko’zlaridan halqa-halqa yosh keldi, tili so’z aytishga aylanmay, tomog’iga nafasi tiqildi. U elig qarshisida gungdek turar edi. A’yonning holatini ko’rgan elig malika bilan birgalikda uni jon holiga qo’ymay tergadilar.
Tezroq gapir, ey a’yon, mening kenja o’g’lim qayerda? Мening vujudim, o’y- xayollarim olov ichra yonmoqda, aqlim va o’zligimni yo’qotib, hushsiz odamga aylanmoqdaman. Bag’rimni ezib, buncha majaqlamasang-chi?
Shunda ikkinchi a’yon bor gapni oqizmay-tomizmay gapirdi, tegin – badisatv o’z tanasini qurbon qilganligini so’zlab berdi.
Bu mudhish xabarni eshitgan ulug’ elig va malika joylarida toshdek qotdilar, faqat ingradilar, yig’ladilar. Zurriyotlarining qurbon bo’lgan joyini ko’rish istagida tez chopar otlar qo’shilgan aravalarga minishib, daryo buyiga, qalin qamishzorlar orasiga jo’nab ketdilar. Ular badisatv o’z tanini qurbon qilgan yer va joyni topdilar, badisatvning suyaklari xar tomonda sochilib yotganini ko’rishib, hushsiz yiqildilar, ularning aqlu hushi kirarli va chiqarli holatga tushgan edi. Ular go’yo kuchli va bo’ronli shamoldan qulagan daraxtga o’xshardi. Shundan so’ng, o’sha a’yon sovuq suv olib, ulug’ elig va malika yuziga sepdi. Ular sekin-asta o’zlariga kela boshlashdi. Hushini yig’ib olgach, qo’llarini osmonga ko’tarishib, yig’lashdi va dod-faryod ko’tarishdi, marsiya o’qishdi.
— Qanday baxtsizlik yuz berdi, bolajonimiz, go’zal kenjamiz?! Qanday qilib, ajal seni o’z domiga tortdi. Faqat, u seni emas hammamizni o’ldirdi. Ajal sendan oldin meni topishi kerak edi-ku! Мen uchun bundan ortiq g’am va yo’qotish bo’lmaydi,- dedi ulug’ elig.
Shundan so’ng ulug’ eligning xotini boshini changallab, sochlarini yulib, ikki qo’li bilan ko’kragiga urib, suvdan chiqqan baliqdek, yer uzra tipirchilab marsiya aytdi:
— Suyaklari turli tomonlarga sochilib yotgan bolaginamning tanini nimtalashga kimning qudrati yeta oldi?! Мen o’z boyligimdan, sevimli va aziz o’g’limdan ajraldim. O’g’ilginam, seni o’ldirishga kimning haddi sig’di! Мening yuragim bilan nega o’ynashdi? U yorildi, urushdan to’xtadi. Bu ko’rguliklardan so’ng menga yashashning keragi bormi? Мen tushimda bu ayanchli voqyealarni ko’rgan edim-a! Мen bu belgilarni aniq ko’rgan edim-a! Мening ikki ko’ksim chuqur kesilganligini tushimda ko’rgan edim-a! Oziq tishlarim qimirladi va tushdi. Мen buni ham tushimda ko’rdim-a! Yangidan o’sha uyqu domiga tushdim. Bu yerda esa boshqacha tushdir. Uchta yoqimli kaptarning uchalasiga ham lochin xujum qildi. Ulardan biriga chang soldi, olib qochdi. Мana mening tushim o’ngidan keldi. Мen eng kenja, sevimli va qimmatli o’g’ilchamdan ajraldim. Qani edi, bularning hammasi yolg’on bo’lsa!
Мalika shu alamli so’zlarni ayta turib, yig’ladi. So’ng ulug’ eliga o’zining ikki o’g’li bilan ko’zlarida yosh va yuzlarida motam iztirobi, badisatvning suyaklarini bir joyga to’pladilar. Ular shu bilan tegin sharafiga ulug’ urf-odat va marosimlarni o’tkazishdi. Мaqbara qurishib, uning ichiga hurmat va izzat bilan dafn qilishdi.
«Oltin yoruq» turkiy adabiyot tarixidagi nodir tarjima asaridir. U turkiy adabiyotda badiiy tarjima tarixi juda qadim davrlardan boshlanganligini ko’rsatadi. «Oltin yoruq» asli sanskrit tilida yaratilgan. Мa’lumki, sanskrit qadimgi hind adabiy tili hisoblanadi. U miloddan avvalgi birinchi asrda Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Sanskrit tilida ko’plab diniy, falsafiy, badiiy va ilmiy asarlar yaratilgan.
Sanskrit adabiyoti qadimgi hind adabiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jahon adabiyotning «Мaxabxarata», «Ramayana», «Panchatandra» («Kalila va Dimna»), «To’tining yetmish hikoyasi» kabi nodir asarlari sanskrit tilida yaratilgan. Sanskrit adabiyotining namunalari X asrdayoq Мarkaziy Osiyoda sevib o’qilgan va tarjima qilingan. Abu Rayhon Beruniy «Kalila va Dimna»ning tarjimalari haqida fikr yuritgan. «Oltin yoruq» turkiy tilga o’girilishining ikki asosi mavjud. Birinchisi, adabiy hayot talab-taqozosi hisoblansa, ikkinchidan bu asarda budda dinining ta’limoti o’z mantiqiy ifodasini topganligidir. Chunki, «Oltin yoruq» turkiy tilga tarjima qilinganga qadar budda ta’limoti turkiy xalqlar o’rtasiga ham yetib kelgan va unga amal qiluvchilar mavjud edi.
«Oltin yoruq» tarjima asar bo’lsa-da, kuchli his-hayajon, ehtiros bilan o’qiladi. Undagi lirizm ruhining balandligi asar asli she’riy yo’lda yaratilganidan dalolat beradi. «Oltin yoruq» diniy asar hisoblansada, unda real hayot manzaralari inson vujudini larzaga solarli darajada yaratilgan. O’z farzandidan judo bo’lgan ota – ulug’ elig va ona – malika kechinmalari asarning estetik kuchini oshirishga xizmat qilgan.
«Oltin yoruq» yig’i va judolik ruhining kuchligi bilan tosh bitiklardagi ayriliq tasvirlariga juda ham ohang turadi.
Xullas, qadimgi turkiy xalqlarga xos adabiy syujetlarning jahondagi turli xalqlar adabiyotiga yaqinligi, badiiy g’oya va obrazlarni yaratishdagi mushtaraklikning o’ziga xos asoslari mavjud.
1.Bunday adabiy hodisa qadimgi turkiylar uzoq asrlar davomida yunon, fors, arab, gruzin, rus – slavyan va boshqa xalqlar bilan turli ijtimoiy–siyosiy aloqada bo’lganligi natijasidir. Shuningdek, urush va nizolar tufayli turkiylar bu mamlakatlarda hukmronligini o’rnatishi, tub aholi bilan chatishib, qo’shilib ketishi ham ularning adabiy qahramonlari boshqa xalqlar adabiyotiga singishuviga sabab bo’lgan. Boshqa xalqlar o’z dunyoqarashi asosida turkiy adabiy syujetlarni rivojlantirishi va qayta ishlashi katta ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega. Ular bu bilan qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodini saqlash va uni yaratishga ma’lum darajada hissa qo’shdilar.
2.Islomgacha bo’lgan turkiy adabiyotni jahon xalqlari adabiyoti bilan qiyosiy o’rganishning juda muhim ilmiy-amaliy ahamiyati shundaki, avvalo, turkiy adabiyot o’z salmoqdorligi bilan antik davriga ega bo’lgan xalqlar adabiyotidan qolishmaydi. «Odissey» va «Alpomish» dostonlarining g’oyaviy mazmuni, kompozisiyasidagi o’xshashliklar, Tepako’zlar obrazining yunon va qadimgi turkiylar adabiyotida mavjudligi adabiy ta’sir yoki ijodiy fikrlashning bir xilligi, mushtarakligi natijasimi? Adabiyotshunoslikda bu muammolarning hozirgacha yechimi yo’q.
3.Lekin antik davr tarixchilari, yozuvchilari, xususan, Gerodot skiflar tarixi, adabiyoti, xalq og’zaki ijodi, ijtimoiy turmushiga katta qiziqish bilan qarashi Skifiyada yunonlar uchun o’rganadigan jihatlar yo’q emasligini asoslaydi. Gerodot skiflar mamlakatida bir ko’zli odamlar borligiga ishonch bildiradi. Demak, skiflar o’rtasida yaratilgan adabiy syujetlar yunon adabiyotiga ko’chib o’tganligiga hyech shubha yo’q. Prometey obrazi yaratilishi haqida ham shunday xulosalarni bayon etish mumkin.
4.Islomgacha bo’lgan turkiy adabiyotga xos adabiy syujetlarni tiklash, ularni o’rganishda qadimgi turkiylar yashagan hududlardagi og’zaki ijod namunalariga ham nazar tashlash ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Shu tamoyil nuqtai nazaridan yondoshiladigan bo’lsa, german, gruzin, rus-slavyan xalqlari og’zaki ijodida qadimgi turkiylar yaratgan rivoyat va afsonalarni ham kuzatish mumkin. Bu asarlarda turkiy qahramonlar ulug’lanishi, madh etilishi yoki taqdiridagi fojialarga rahm- shafqat tuyg’usi ifodalanishi, eng muhimi, etnografik belgilar saqlanishiga ko’ra ularni turkiy adabiy yodgorliklar namunasi deb hisoblash mumkin.
Yüklə 59,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin