Har qanday ilmiy tadqiqot tadqiqot o’tkazilishi mo’ljallanayotgan yo’nalishga bag’ishlangan ilmiy axborotlarni izlashdan boshlanadi. ilmiy axborot manbai bo’lib quyidagi hujjatlar hisoblanadi:
kitoblar (darsliklar, o’quv qo’llanmalar, monografiya, broshyuralar); davriy matbuot (jurnallar, byulletenlar, institutlarning ishlari, ilmiy to’plamlar); me’yoriy hujjatlar (standartlar, texnikaviy shartlar, yo’riqnomalar, me’yoriy jadvallar, muvaqqat ko’rsatmalar va b.); katalog va preyskurantlar; patent hujjatlari; ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlari haqidagi hisobotlar; axborotviy nashrlar (ITI to’plamlari, analitik narxlar, axborotviy varaqalar, ekspress axborot, ko’rgazmalarning prospektlari va b.); xorijiy ilmiy adabiyotlar tarjima va asl nusxalari; dissertasiyalar, avtoreferatlar; ilmiy konferensiyalar va ishlab chiqarish yig’ilishlarining ilmiy materiallari; ikkilamchi hujjatlar (referativ sharxlar, bibliografik katalog, referativ jurnallar va b.)
Aytish kerakki, axborotlar okeanida kerakli ma’lumotni izlash nihoyatda murakkablashib bormoqda. Unga oid maxsus bilish yo‘nalishi – informatika esa har tomonga tarmoqlanib ketayotgan texnologik bilimlar kompleksiga aylangan. Hozirgi zamon axborot texnologiyasi tizimlarini yaxshi bilish, ular bilan ishlash uquviga ega bo‘lish. Ilmiy-texnik axborot tizimlari to‘g‘risida aniq tasavvurni hosil qilish. Mutaxassislik bo‘yicha axborot manbalirini mumkin qadar to‘liq bilish.
Axborotni izlashning eng oqilona yo‘lini tanlash, uni qayta ishlash usuli va vositalarni o‘ylab ko‘rish, tayyorlash, Yordamchi bibliografik va axborot materiallaridan foydalanish uquviga ega bo‘lish. Axborotni izlash, u bilan ishlashni tashkil qilishda ba’zi – bir uslubiy qoidalarga e’tibor berish kerak. Bugungi kunda tadqiqotchi ixtiyorida turli daraja va miqyosga ega bo‘lgan axborot texnologiyasi tizimlari va manbalari mavjud.