Asosiylari quyidagilardan iborat: Ilmiy axborotni ishlab chiqarish va saqlash tizimi-ilmiy-texnik axborot markazlari, ixtisoslashgan axborot resursi muassasalari. Bularda ilmiy yutuqlar, yangi natijalar, ixtirolar, ilmiy va texnologik loyihalar axborot shakliga keltiriladi va saqlanadi.
Axborot mahsuloti – chop etilgan, resurs markazlarida to‘plangan, internet saytlariga o‘tkazilgan axborot majmuasi (ilmiy hisobotlar, to‘plamlar, monografiyalar, loyihalar).
Axborot texnologiyasi tizimlari. Bu soha ilmiy axborotlarni tarqatish bo‘yicha ixtisoslashgan tizim bo‘lib, uning tarkibiga zamonaviy axborot va aloqa texnologiyasiga ega bo‘lgan ilmiy muassasalar, axborot resurslari, nashriyot, referativ qaydnomalar va ekspress-jurnallar kiradi.
Ilmiy axborot kommunikatsiyasi. Turli ilmiy markazlar internet yoki maxsus aloqa kanallari orqali muntazam ilmiy aloqalar o‘rnatadilar, anjuman va masofaviy ilmiy muloqot o‘tkaziladi.
Axborotni izlashni bibliografik manbalarni tanlashdan boshlash kerak. Odatda bunday ishni tadqiqotning konkret vazifasiga mos kelishini, hamda, izlanish rejasini hisobga olgan holda, tizimli ravishda amalga oshiradilar. Tizimsiz, noizchil izlanish har doim ko‘p vaqtni oladi.
Axborotni izlashni bibliografik manbalarni tanlashdan boshlash kerak. Odatda bunday ishni tadqiqotning konkret vazifasiga mos kelishini, hamda, izlanish rejasini hisobga olgan holda, tizimli ravishda amalga oshiradilar. Tizimsiz, noizchil izlanish har doim ko‘p vaqtni oladi.
Adabiyotni izlash qanday tartibda - xronologik yondashuv asosidami yoki boshida hozirgi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan adabiyotlarni ko‘rib chiqib, keyin oldinroq chop etilgan materiallarni tahlil zaruriyati mavjudligiga bog‘liq.
Axborot manbalari, turli katalog va bibliografik ko‘rsatkichlarni bilish ish rejasiga, konkret maqsadga to‘g‘ri keladigan adabiyotlarni izlash, ular bilan ishlash sxemasini tuzib chiqishni osonlashtiradi.