Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 72,89 Kb.
səhifə4/8
tarix27.12.2023
ölçüsü72,89 Kb.
#198695
1   2   3   4   5   6   7   8
Axborotni izlash


Sanab o’tilgan hujjatlar ulkan axborot oqimini hosil qiladi, uning sur’ati yildan yilga oshib boradi. Bo’sh yuqorilama va quyilama axborot oqimi bir-biridan farqlanadi. axborotning yuqorilama oqimi ijrochilar (ITI oliy o’quv yurtlari, TKB va b.) dan qayd etuvchi idoralarga tomon yo’naladi, quyilama oqim esa bibliografik, sharhlar, referativ va boshqa ma’lumotlar ko’rinishida ijrochilar ularning talabiga ko’ra yo’naladi.
Informatsiya «eskirish» xususiyatiga ega.
Chet elli tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, axborot qimmatining pasayish («eskirish») jadalligi taxminan gazetalar uchun bir kunda 10%, bir oyda jurnallar uchun 10% bir yilda kitoblar uchun 10%ni tashkil etadi. Shuning uchu ulkan axborot oqimida yangi, ilg’or, muayyan mavzuni masalani hal qilishda ilmiysini topish faqat bitta ilmiy xodim uchungina emas, balki katta jamoa uchun ham ancha murakkabdir.

Zarur axborotni izlash - ijodiy jarayon, shunga ko’ra uni formallashtirish va demak avtomatlashtirish murakkabli kelib chiqadi.

axborot oqimi - tanlangan mavzuni ishlab chiqish uchun zarur hujjatlarni izlash bo’yicha operasiyalar majmui. Qo’lda, mexanik tarzda, mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Qo’lda izlash odatdagi bibliografik varaqchalar, kartotekalar va nashr ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi. Mexanik izlashda axborot yetkazuvchilar bo’lib perfokartalar hisoblanadi. Mexanizasiyalashtirilgan izlash hisobli perforasion mashinalarni, avtomatlashtirilgani esa EHMni qo’llashga asoslanadi.
Informatsiyaviy izlash sistemalarida axborotviy izlash tilining turli talqinlari qo’llanadi. Optimal natijaga erishish uchun izlash zarurdir, chunki bunda u yoki bu darajada mavzuni ishlab chiquvchi (yoki ishlab chiqaruvchilar)ning o’zi ishtirok etadi.
Izlashni amalga oshira borib, ishlab chiquvchi izlash ko’lamini bamisoli tadqiq etadi va o’z axborotviy so’rovi ifodasini aniqlaydi.
Ilmiy axborotlarni o’rganish va tahlil qilish -masalani mavzu bo’yicha ahvolini yoritish, ilmiy-tadqiqot maqsadi va vazifasini isbotlash uchun asos.
axborot samarali ishlab chiqilishiga erishish (O’rganish, yodda saqlab qolish va taxlil) uchun bir qator shartlarga amal qilish kerak. Birinchi shart bo’lib aniqlash, ya’ni o’qishning maqsadini belgilash hisoblanadi. Bu psixologik omil tafakkurni faollashtiradi, o’rganilayotganni tushunishga yordamlashadi, idroklashni ancha aniqlashtiradi. Mazkur holda ilmiy xodim o’zini «muayyan to’lqinga» sozlaydi. Keyingi shart, bu ilhomlanish. U ilmiy yondashishga asoslanadi va axborotni ishlab chiqish samarasini oshiradi.


Yüklə 72,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin