Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Elektron darslikni modullari



Yüklə 72,89 Kb.
səhifə7/8
tarix27.12.2023
ölçüsü72,89 Kb.
#198695
1   2   3   4   5   6   7   8
Axborotni izlash

Elektron darslikni modullari
Elektron darslik yaratishda amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillar (kvantlashtirish, to’liqliligi, ko’rgazmaliligi, tarmoqlashuvi, boshqarish, moslashtirish, kompyuterli ta’minot, to’planuvchanligi) hisobga olinib, Elektron darslik yaratish texnologiyasini loyihalashtirish 7 bosqichni o’z ichiga oladi:
1) kontseptsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashg’ulot o’tkazish metodikasiga tayanuvchi elektron darslik yaratishning asosiy g’oyasini ishlab chiqish, darslikning mazmunli qismini tuzish);
2) loyihalashtirish (ko’rinishida ishchi namunasini, axborot bloklari va ekran shakllari andozalari to’plamini, murojaatlar interfaolligini ta’minlovchi giperilovalar tuzilmasining tartibli sxemasini ishlab chiqish);
3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq o’quv jarayoni, psixologik-pedagogik xususiyatlari, ergonomika talablari, o’quv materiallari tuzilishi va mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini qurish);
4) o’quv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va ularni bo’limlar bo’yicha bir ish seansi, ya’ni bir dars uchun mo’ljallangan elementar qismlarga–modullarga ajratish;
5) ilova tuzilmasi elementlarini to’ldirish (tayyorlangan materiallarni ishlab chiqilgan andozalar va ekran shakllariga joylashtirish, ilovalar tizimini to’ldirish hamda foydalanuvchi bilan qayta aloqa tashkil qilish);
6) test sinovlari va sozlash (har bir ilova, aloqa ishlari to’g’riligini va foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini to’g’riligini tekshirish);
7) o’quv jarayoniga tatbiq etish (albatta, ta’lim beruvchilar va o’quvchilar refleksiyasi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash bilan umumiy o’rta ta’lim maktablarida elektron darslikni qo’llash).
Zamonaviy AKT muhitida o’qitishni internet resurslaridan foydalanishsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Internet tarmog’i ta’lim xizmatlarining juda katta potentsialiga ega. Elektron pochta, virtual kutubxona va muzeylar, ta’limiy portal va saytlar, mavzuli blog va forumlar, telekonferentsiyalar, elektron olimpiadalar va viktorinalar, zamonaviy ta’limning tarkibiy qismiga aylanmoqda. Ushbu ta’lim xizmatlaridan, ham darsda, ham darsdan tashqari faoliyatda foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Internet ta’lim resurslaridan foydalanish o’qituvchini ta’lim jarayonining menedjeriga aylanishga undaydi.


Yüklə 72,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin