Foydalanish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix28.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#103897
1   2   3
Ta\'lim fidoyilari-22.05.2022 (5)-491-497

“Bilag’onlar” oʻyini 
1. Kapalakdek qush? - (Kolibr – uning 500-600 tasi 1 kg boʻladi)
2. Mitti polvon? - (Ari - 52, asalari – 24, pasallus qoʻng’izi – 850 hissa katta yukni
koʻtarib yurishi mumkin.
3. Bahor malikasi? – (Lola)
4. Orqasi va yoniga uchuvchi qush? - (Kolibr)
5. Hayvonlar necha yil yashaydi?
a) mox (10 yil)
b) dub (2500 yil)
v) nok (300 yil)


[495] 
g) olma (200 yil)
d) uy tovuqlari (30 yil)
e) ot (60 yil)
j) maymun (50 yil)
Oʻquvchilar kichik guruhlarda rolli, didaktik oʻyin tarqatmalarini tayyorlaydilar va 
uning taqdimotini oʻtkazadilar.
 “Har kim – har kimga oʻrgatadi”texnologiyasi 
(genetik masalalar misolida) 
“Har kim – har kimga oʻrgatadi” metodi oʻquvchilarga oʻrgatuvchiga aylanish
ma’lum bilmlarni oʻzlashtirgach, oʻrtoqlari bilan baham koʻrish imkonini beruvchi 
oʻqitish uslubidir. Bu metodning maqsadi oʻquvchilarga oʻqitish jarayonida zarur 
boʻlgan axborot maksimumini berish, ayni paytda oʻquvchida axborot olish va berishga 
qiziqish uyg’otishdir. Shuningdek axborot hajmini olgan oʻquvchi ma’lum vaqt 
davomida uni iloji boricha koʻproq oʻrtoqlariga yetkazadi.
Qoʻllanilishi:
- oʻquvchilarda axborot olish va berishga qiziqish uyg’otish uchun; - axborotni 
diqqat bilan eshitish va eslab qolish uchun;
- sherigining axborotini tinglab, boshqa sherik axtarish uchun Afzalligi:
- oʻz fikrini loʻnda bayon etishi;
- tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirishi;
- fanga yoki mavzuga boʻlgan qiziqishini uyg’otishi.
Oʻquvchilar kichik guruhlarga boʻlinadilar. Hamma guruh a’zolariga dastlab bir xil
masala yozilgan tarqatma tarqatiladi va masalani yechish shartlari tushuntiriladi.
Tarqatma 1.
Masala: G’oʻza barg plastinkasining serbar belgisi (B) kambar belgisi (b) ustidan 
qisman dominantlik qiladi va F1 duragaylarda barg plastinkasi oraliq holda rivojlanadi. 
F1 duragaylar oʻz-oʻzi bilan chatishtirilsa, F2 qanday hodisa roʻy beradi?
1-qadam: masalani tushunib, yechib oʻqituvchiga taqdim etgan oʻquvchilar
oʻqituvining “assistentlariga” aylanadilar.


[496] 
2- qadam: Masalani yechishga qiynalayotgan oʻquvchilarga oʻqituvchi va
assistentlar individual holda tushuntirish ishlarini olib boradilar va birgalikda masalani
yechadilar.
3-qadam: Oʻquvchilarga tarqatma 2 tarqatiladi.
Tarqatma 2.
Masala: Gʻoʻza turida tolaning malla rangi (A) oq rang (a) ustidan chala
daminantlik qiladi va F1 duragay oʻsimligining tolasi novvot rang boʻladi. F1 duragayini
retsessiv belgiga ega boʻlgan forma bilan qaytadan chatishtirilsa, hilma-xillik Fb qanday
boʻladi?
1-qadam: Ikkinchi tarqatmadagi masalani yechish jarayonida “assistentlar” soni
yana koʻpayadi.
2-qadam:Assistentlar va oʻqituvchi ikkinchi masalani yechishga qiynalayotgan
oʻquvchilar bilan yana individual tushuntirish ishlarini olib boradilar.
3-qadam: Oʻquvchilarga tarqatma 3 tarqatiladi.
Tarqatma 3.
Masala: Gʻoʻzaning och antotsian rangli oʻsimliklari oʻzaro chatishtirilishidan 680
ta oʻsimlik olindi. Shundan 340 tasi och antotsian rangli. Qolgan oʻsimliklarning qanchasi
yashil rangli boʻladi.
1-qadam: Uchinchi tarqatmadagi masalani yechish jarayonida “assistentlar” soni
yana koʻpayadi.
2-qadam:Assistentlar va oʻqituvchi uchinchi masalani yechishga qiynalayotgan
oʻquvchilar bilan yana individual tushuntirish ishlarini olib boradilar.
3-qadam: Bu harakat darsning oxirigacha davom etadi.
Oʻqituvchi mashg’ulot maqsadi va natijalarini oʻquvchilarga eslatadi, ularni qay 
darajada amalga oshirilganligini aniqlaydi. Faol oʻquvchilarni reyting tizimida baholaydi 
yoki rag’batlantiradi. Mashg’ulotga yakun yasaydi.
Adabiyotlar: 
1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. –Qarshi.: Nasaf, 2014.


[497] 
2. Tolipov U., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – 
T.: 2016.
3. Tolipova J.O. Biologiyani oʻqitishda pedagogik texnologiyalar. Oʻquv 
qoʻllanma. Nizomiy nomidagi TDPU. I qism. Toshkent, 2017. -111 b.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin