Maktab quyidagilarga majbur:
Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan
darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;
Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;
Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda
(hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash: birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun -
uning bir baravari miqdorida;
2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning ikki baravari miqdorida;
5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida.
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar shartnoma shartlari va qonunchilikhujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.