Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tatibda to'lashni talab qilish huquqiga ega.
Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
Maktab quyidagilarga majbur:
Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan
darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;
Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;
Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda
(hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash: birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun -
uning bir baravari miqdorida;
2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning ikki baravari miqdorida;
5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida.