Qazib olish tizimi va texnologik sxema. Qazib olish tizimi. Ochish ishlari bilan bir qatorda qazib olish tizimi ochiq usulda ham, yer osti tizimida qazib olishda ham kon ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayni kon-geologik va tashkiliy-iqtisodiy sharoitlar uchun ratsional, tog`ri tanlangan qazib olish tizimi ko`p jihatdan kon ishlarining iqtisodiyligi va xavfsizligini, shuning atrof muhitga tasirini ham aniqlab beradi. Qazib olish tizimi-bu kon zaxiralaridan ratsional foydalangan holda karerning belgilangan ishlab chiqarish quvvatini iqtisodiy samarador va xavfsiz ekspluatatsiya qishning taminlovchi kon ishlab chiqarish ishlari ketma-ketligidir. Turli xil ishlab chiqarish tizimlarida kon ishlari karerning o`rnatilgan ishlab chiqarish unumdorligini taminlash imkoni beruvchi mashina va mexanizmlar to`plami bilan amalga oshiriladi. Qazib olish tizimi tog` jinslarining mustahkamligi yotqiziqning yotish burchagi, foydali qazilmaning yotish chuqurligi, nanoslar olib, foydali qazilmaning yotish sharoitlari va tog` jinslarining xususiyatlari o`rganish va tahlil qilish asosida tanlanadi. Yotish burchagi 120dan yuqori va cho`ziqligi sezilarli darajada uzun konlarda, odatda, transportsiz qazib olish tizimi qabul qilinadi. Bizda ruda tanasining yotish burchagi 420 ga teng, transportli qazib olish tizimini tanlaymiz. Transporli qazib olish tizimining asosiy xarakteristikalari:
g`ildirakli transport yordamida qoplovchi tog` jinslari tashqi ag`darmalarga ko`chiriladi;
qo`llash sharoiti – har qanday shakldagi konlar va har qanday qattiqlikdagi tog` jinslari;
xarakterli zaboy va transport qurilmalri – ekskavatorlar, avtomobil transporti.
Kompleks mexanizatsiyalari texnologik sxemasi. Qurilmalar komplekslari (yuk oqimlari)ni hosil qilish akademik N.V.Melnikov tomonidan tuzib chiqilgan ochiq kon ishlari mexanizatsiyasi tamoillari (prinsip)dan kelib chiqadi.