Uzluksizlik prinsipi (tamoyili) Ushbu prinsipga asoslangan yuk oqimlarining texnologik smexalari va qurilmalar komplekslari kon massasining zaboydan yer yuzasidagi qabul qilish punktlarigacha ko`chirishning uzluksizligini ta`minlaydi. Bunda yuk oqimidagi barcha operatsiyalarning yanada kengroq kompleks mexanizatsiyasiga, barcha mexanizmlarning vaqtidan yanada ko`proq foydalanishga, eng yaxshi iqtisodiy ko`rsatkichlarga va yanada kengroq avtomatizatsiyalash imkoniyatiga erishiladi. Ushbu prinsipga asoslangan oqimli texnologiya komplekslari yumshatilgan tog` jinslarini qazib olsihda muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda va rotorli va zanjirli ko`p kovushli ekskavatorlar, lentali konveyrlar, konsilli ag`darma hosil qilgichlar, transport-ag`darma ko`priklarni o`z ichiga oladi. Qoyali tog` jinslarni qazish, ya`ni kon massasini harakatlanuvchi maydalagichlarga, keyin esa maydalangan tog` jinslarini konveyrlar yordamida zaboydan ag`darmalarga tashish uchun ham oqimli texnologiyali komplekslar ishlab chiqilmoqda. Operaysiyalarni birlashtirish prinsipi Bunday holatda qazish, tashish va tog` jinslarini ag`darmalarga joylashtirish bo`yicha operatsiyalar bitta mashina-ekskavator bilan, transportsiz texnologik sxemalarda-yuklagichlar, skreperlar yoki buldozerlar bilan amalga oshiriladi. Operatsiyalarning mustaqillik prinsipi. Bu prinsipga asoslangan texnologik sxemalarda har bir operatsiya mustaqil mashinalar guruhi bilan bajariladi; masalan, yuklash-ekskovatorlar bilan, transportirovka (tashish)-avtosamasvallar bilan, ag`darma hosil qilish-buldozer yordamida. Texnologik sxema alohida bo`limlardan tashkil topadi, ularnig har biri qo`shni bo`limlar bilan o`zaro bog`langan. Agarda qo`shni bo`linmalaridagi mashinalar soni, quvvati va ishhi o`lchamlari mos kelsa, u holda ishlab chiqarish unumdorligi va iqtisodiy samaradorlik ta`minlanadi. Qarama-qarshi holatlarda bir bo`linmadagi prostoilar va qurilmalar quvvatining yetarli emasligi butun kompleksning samarali ishlashini pasaytiradi. Operatsiyalarning mustaqillik prinsipi keng tarqalgan, chunki universal hisoblanadi. Bu prinsipga davriy texnologik sxemalar asoslangan, ularning yordamida karerlarda butun qoyali tog` jinslari hajmining 95 % va yumshoq tog` jinslarning bir qismi ishlab chiqiladi. Ushbu bo`limda talaba quyidagi ketma-ketlikda ochish va qazish ishlari kompleks mexanizatsiyasi texnologik sxemasini tanlashi lozim: Konli qazib olishning kon-texnik sharoitlari tahlilidan kelib chiqib, ochish va qazish ishlari uchun mumkin bo`lgan texnologik jarayonlar va qurilmalarni aniqlaydi.
Texnologik loyihalash normalari bo`yicha taklif etilgan sxemalar va bajarilgan tahlillardan kelib chiqib, ochish va qazish ishlari mexanizatsiyasining texnologik sxemasi aniqlanadi.
Ochish va qazish ishlarida jarayonlar bo`yicha qurilmalarning konkeret modellari, ularning parametrlari orasidagi optimal bog`liqlini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Ochish va qazish ishlarini bajarish uchun mumikin bo`lgan qurilmalarini aniqlash tog` jinslari xususiyatlari (avvalo qattiqligi f=10-14), ularning yotish sharoitlari, qoplovchi tog` jinslari quvvati – qum–glinali jinslarda 10 m , yotqiziqning gorizontal quvvati 150 m, karerning ishlab chiqarish unumdorligi =1.8 mln. t/yil, tanlangan qazib olish tizimi – qoplovchi tog` jinslarining tashqi ag`darmalarga tashish bilan transportli, qayta ishlovchi kompleksgacha tog` jinslarini ko`chirish masofasi – 5 km , ag`darmagacha tashish masofasi – 5.5 km, yer yuzasi relefi – past-tekislik qabul qilingan, karerning loyihaviy chuqurligi = 125.7 m, karerning yer yuzasidagi o`lchamlari, iqlim sharoitlari va qazuvchi – tashuvchi, transport, burg`ulash va ag`darma qurilmalarini ratsional qo`llash sohasi haqidagi ma`lumotlarni hisobga olgan holda boshqa faktorlarning taglili asosida amalga oshiriladi. Karerning yillik ishlab chiqarish unumdorligini =1.8 mln. t/yil inobatga olib bir kovushli to`g`ri mexanik kurakli ekskavator EKG-5A ni tanlaymiz. Qazuvchi- yuklovchi qurilma tipi va yuklovchi mexanizm - EKG-5A ekskavatori kovush sig`imidan kelib chiqib, avtomobil transportini tanlaymiz. Avtosamosval modeli ekskavator kovshi va avtosamosval kuzovi sig`imi o`rtasidagi optimal bog`liqlik bo`yicha tanlanadi:
Va- avtosamosval kuzovi va ekskavator kovushi sig`imi , m3 Е- ekskavator kovushi sig`imi , m3 EKG - 5A uchun : BelAZ -7523 avtosamosvalini tanlaymiz. Avtomobil transportini samarali qo`llash uchun yaxshi yo`llar zarur. Karer pog`analarida oddiy yoki yaxshilangan gruntli yoki chaqirtoshli yo`llar va faqat yumshoq gruntlarda yig`ma temir – betonli yo`llar qilinadi. Kata yuk aylanishida asosiy doimiy yo`llar – betonli avtosamovallarning harakatlanish tezligi: syeslarda – 10 km/soatga yaqin , asosiy yo`llarda 18- 25 km/s.