ochish va qazib olish ishlarining yakuniy bosqichi sifatida yorlarni rekultivasiya qilish.
Qazib olinayotgan foydali qazilmalar qoyali tog` jinslariga mansubligi uchun ularni qazib olishga tayyorlashni burg`ulash portlatish usuli bilan amalga oshiramiz. Portlatish ishlari qo`yidagilarni taminlab berishi lozim:
qazish va qayta ishlashning keyingi texnologik jarayonlari uchun tog` jinslarining zarur bo`lgan maydalanganlik darajasi;
portlatilgan foydali qazilmaning talab etilgan sifati va navlari;
pog`onalar va maydonchalari o`lcgamlari va otmetkalari, ularning formasining loyihaviy qiymatlardan minimal uzoqlashishi;
pog`ona qiyalik burchagi va belgilangan shakli, keyingi skvajinalarni xavfsiz burg`ulash va zaryadlash imkoni;
portlatilgan tog` jinslarining qazish va yuklashni uzluksiz va yuqori unumdorlikda olib borish uchun zaruriy (yetarli) hajmi;
yuqori darajadagi xavfsizlik, kon ishlarining ish unumdorligi va iqtisodiy samaradorligi.
Portlatish ishlari usuli va metodini tanlash.
Portlovchi moddani tanlashda quyidagi ko`rsatkichlarga tayanish lozim: tog` jinslarining qattiqligi va darzliligi, ularning suvlanganligi, PM ning kislorod balansi, zaryad diametri, skavajinalarni burg`ulash, zavodlarga maydalash, PM narxi. Zaryadlarni joylashtirish va foydali qazilma ning qattiqlik koeffitsienti f=10 dan kelib chiqib porlatish ishlarini olib borish uchun grammonit 79/21 ni tanlaymiz. Zaryadlarni 250 mm diametrli skvajinalarga joylashtiramiz. Skvajinalarni burg`ulash SBSH-250 MNA-32 stanogi bilan amalga oshiramiz. Portlastish vositasi sifatida detonatsiya shnurini qabul qilamiz. PM ni initsiyalash uchun T-400 Gshashkalarini qo`llaymiz. Skavajinalar vertical joylashgan.