Transheyalarni trassalashtirish. Trassalashtirish deganda, transheyalar bo`ylama oqi hoaltini va ularni planda va profilda qurish tushiniladi. Bosqaruluvchi ko`tarilmaning kattaligi transport vositalarining harakatlanish tezligiga va chegaralovchi pergon hududida trassalar o`tkazish qobiliyatiga ta`sir etadi. Kapital transheyalar trassalarining asosiy parametrlari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: boshqaruluvchi ko`tarilma kattaligi, trassalar boshlanishi va oxirining balandlik otmetkalarining hilma-hilligi (kapital trasheyaning joylashish chuqurligi) egri chiziq uchastkalarning minimal radiusi, trassalarning nazariy va amaldagi uzunligi. Trassalarning nazariy uzunligi kapital transheyaning joylashish chuqurligi va boshqariluvchi ko`tarilmaning kattaligi bilan aniqlanadi: , m - kapital transheya chuqurligi, m - trassaning boshqaruluvchi qiyaligi, 80 ‰ deb qabul qilamiz. m
Kon-kapital va ochish ishlarining hajmlarini aniqlash foydali qazilma o`sib boruvchi hajmlaridan qoplovchi tog` jinslarining o`sib boruvchi hajmlarining grafikasini qurishga asoslanadi. Yangi gorizontlarni ochish va tayyorlash bo`yicha kon ishlari hajmlari ochilayotgan lahimlarni, ochuvchi va qazish pog`analarida qirqim transheyalarni o`tishdagi va qazishga tayyor zaxiralarning normativ darajasini ta`minlovchi ochuvchi pog`analarni o`tishdagi tog` jinslari hajmlarini o`z ichiga oladi. Keyin transheya chuqurligi H topiladi, transheya asosi qiyaligi qo`llaniladigan transport turi bilan aniqlanadi i=0.08-0.12 transheya bortlari qiyalik burchaklari esa tog` jinslarining xossalari (xususiyatlari), ularning suvlanganligi, ishlarning davomiyligi va boshqa omillardan kelib chiqadi va qoyali tog` jinslarida tabiiy qiyalik burchagi kattaligi chegarasida o`zgaradi.