Xizmat koʻrsatishda- Franchayziga franchayzerning tovar belgisi ostida xizmat koʻrsatishning maʼlum bir turi bilan shugʻullanish huquqi beriladi, bunda, franchayzer oʻz hamkorini asbob-uskunalar, reklama va marketing texnologiyasi bilan taʼminlaydi. Qoʻllab-quvvatlashdan tashqari, franchayzer ishlarni nazorat qiladi. Xizmat koʻrsatish franchayzingiga kiyimlarni kimyoviy tozalash tarmogʻini misol keltirish mumkin.
Biznes formatli- Franchayzer hamkoriga nafaqat savdo huquqini, balki ushbu turdagi biznesni tashkil etish uchun ham beradi. Hujjatlarda tadbirkorlik kontseptsiyasi aniq belgilanib, xodimlarni oʻqitish boʻyicha batafsil yoʻriqnomalar, interyer dizayniga, xodimlarning kiyim-kechaklari qoʻyiladigan talablar koʻrsatilgan boʻladi. Reklama siyosati, ish yuritish va tovar yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar tartibga solinadi. Xulosa qilib aytish mumkunki shu kabi yo‘nalishlarda olib boriladigan franchayzinglar har ikkala tashkilot uchun katta foyda keltiradi va tez rivojlanishiga turtki bo‘ladi.