Franklar davlati va huquqi



Yüklə 164 Kb.
səhifə12/13
tarix15.09.2023
ölçüsü164 Kb.
#143808
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Franklar davlati va huquqi

Sud jarayoni
ranklarda sud jarayoni ayblov-tortishuv xarakte-riga ega bo‘lgan. Jinoyat va fuqarolik sud ishlarini yuri-tish bir xil shakllarda amalga oshirilgan. Ish faqat da’vo-garning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan. Tomonlar sud jarayonida teng hu-quqlarga ega edi. Sud jarayoni og‘zaki, oshkora bo‘lgan va o‘ta rasmiyligi bilan ajralib turgan. O‘g‘irlangan mulkni qidirib topish, sudga javobgarni, guvohlarni chaqirish jabrlanuvchining majburiyati hisoblangan. Sud jara-yonida nafaqat tomonlar, balki ish bo‘yicha guvohlar ham muhim o‘rin tutgan. “Sali haqiqati” javobgar va guvohning sudga uzrli sabablarsiz kel-maganligi uchun 15 solid jarima belgilaydi (I titul, 1-modda).
Javobgar yoki guvohning qirol xizmatida bo‘lishi, kasal bo‘lib qolishi, qarindoshlaridan birining o‘limi, uyiga o‘t ketishi tufayli sudga kelmasligi uzrli sabab sanalgan. “Sali haqiqati”da ko‘rsatilishicha, ”Agar kimdir birovni sudga chaqirmoqchi bo‘lsa, guvohlar bilan birgalikda uning uyiga kelishi va bu haqda uni xabardor qilishi lozim bo‘lgan. Agar sudga chaqiriluvchi javobgar yoki guvoh uyda bo‘lmasa, u holda jabrlanuvchi uning xotini yoki uyidagilardan birini chaqirib, uni sudga chaqirilayot-ganligini aytib qo‘yishlarini tayinlagan” (I titul, 3-modda).
“Sali haqiqati” sud jarayonida qo‘llaniladigan dalillarning uch turini ko‘rsatadi. Bular: guvohlarning ko‘rsatmalari, qasamxo‘rlar ko‘rsatmalari va ordaliya bo‘lib, ularning ichida guvohlarning ko‘rsatmalari katta ahamiyatga ega edi.
Sudda guvohlarning yolg‘on ko‘rsatma berishi, ish bo‘yicha bilgan-larini aytishdan bosh tortishi qattiq jazolangan. Bunday guvohlar qonun-dan tashqari deb e’lon qilingan va ularga jarima solingan. Guvohga qator talablar qo‘yilgan. Chunonchi, qul erkin kishiga qarshi guvohlik bera ol-magan. Shuningdek, ilgari yolg‘on ko‘rsatma berganligi uchun fosh qilin-gan shaxslar ham guvohlikka o‘ta olmagan (“Alleman haqiqati”, XLII ti-tul, 2-modda). “Bavar haqiqati” bo‘yicha guvoh kimga qarshi guvohlik be-rayotgan bo‘lsa, u bilan teng mavqeda bo‘lishi lozim edi. Agar yerga oid nizo ketayotgan bo‘lsa, guvohning o‘sha jamoadan bo‘lishi va hech bo‘l-maganda ma’lum boylikka (6 solidga) ega bo‘lishi talab qilingan (XVII titul, 2-modda).
Sud ishlarining amalga oshirilishida guvohlarning muhim o‘rin tutishi sud jarayonida ularga nisbatan talabchanlikning bir muncha yuqori qilib belgilanishiga sabab bo‘lgan. Chunonchi, “Sali haqiqati”ning maxsus XLIX tituli ”guvohlar to‘g‘risida” alohida me’yorlar belgilaydi. ”Agar guvoh, biror qonuniy to‘siq uni ushlab qolmagan bo‘lsa-yu, sudga chaqiril-ganda kelmasa, 15 solid jarima to‘lashi lozim bo‘lgan” (XLIX titul, 2-modda). Xuddi shuningdek, yolg‘on guvohlik berish uchun ham 15 solid jarima nazarda tutilgan edi (XLVIII titul, 1-modda). Guvohlar o‘z ko‘rsat-malarining to‘g‘riligini qasam ichish yo‘li bilan tasdiqlardilar.
Bu haqda “Bavar haqiqati”ning XVII tituli 6-moddasida ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, ushbu moddada ko‘rsatilishicha, agar biror ish yuzasidan guvohlar ko‘p bo‘lsa, bunday holda ularning orasidan sud majlisida ishtirok etib, ko‘rsatmalar berishi lozim bo‘lgan guvohlar qur'a tashlash yo‘li bilan tanlab olinardi. Javobgarning guvoh ko‘rsatmalaridan noroziligi ular o‘rtasidagi yakkama-yakka olishuv (duel)ga sabab bo‘lishi mumkin edi. Tomonlar yakkama-yakka olishuvda o‘z o‘rnilariga qullarini qo‘yishga haqli edilar. (“Bavar haqiqati”, XVIII titul, 1-2-moddalar). Agar ish bo‘yicha guvohlar, ”ishonchli dalillar” yo‘q bo‘lsa va jinoyatni ”lozim darajada isbotlash” mumkin bo‘lmasa, sudga qasamxo‘rlar jalb qilingan (“Sali haqiqati”, XVII titul, 5-modda).
Qasamxo‘rlik institutining ildizlari franklarning uzoq urug‘doshlik o‘tmishiga borib taqaladi. Qasamxo‘rlar - qarindoshlar, qo‘shnilar, do‘stlar bo‘lib, ular sudda tomonlardan birining haqligiga guvohlik berish yo‘li bilan uni himoya qilishlari, qo‘llab-quvvatlashlari lozim edi. Bunda qasamxo‘rlar ish holatlarini bilganliklari uchun emas, balki go‘yoki javobgar, ayblanuvchi va boshqalarning ”halol-pokligi, xushfe'lligi hamda mo‘min-qobil ekanligi uchun himoya qilib chiqqanlar. Qasamxo‘rlar, o‘g‘rilik jinoyati rad etilgan hollarda, o‘g‘irlangan narsaning qiymatini ham belgilaganlar. “Bavar haqi-qati” bo‘yicha, qasamxo‘rlar ”maxsus qurbonlik qilinadigan joyda, Injilni ochib qo‘ygan holda, cherkovning noibi ishtirokida qasam” ichganlar.
“Sali haqiqati” jinoyat qilishda ayblanuvchi shaxslarni ”xudo sudi”da sinash hisoblangan ordaliyani ham belgilaydi. Bunga ko‘ra, ayblanuvchi shaxsning qo‘li qozonda qaynab turgan suvga tiqilgan va kuyib yaralangan qo‘l bog‘lab qo‘yilgan, ma’lum muddat o‘tgach, yara yechib ko‘rilganda yaxshi bitmagan bo‘lsa, uning aybdor ekanligi tasdiqlangan. Qaynoq suvda sinashdan uni sotib olish yo‘li bilan qutulish mumkin edi. Bunday holda to‘lovning qiymati aybdordan undirilishi lozim bo‘lgan jarimaning qiymatiga bog‘liq bo‘lgan, lekin jarimaning o‘zidan ancha kam edi. Masalan, sodir etil-gan jinoyat uchun 15 solid jarima nazarda tutilgan bo‘lsa, shunday jinoyatni sodir etgan yoki etmaganligini aniqlash maqsadidagi sinov (ordaliya)dan qu-tulish evaziga 3 solid, 35 solidli jarima uchun esa - 6 solid to‘lov haqi belgi-langan edi (“Sali haqiqati”, LIII titul, 1-3-moddalar). Albatta, sinovdan qutu-lib qolish imkoniyatiga faqat mulkdor va badavlat kishilargina ega bo‘lishgan.
Franklarda sinab ko‘rish usulining boshqacha turlari ham qo‘llanilgan. Masalan, kapitulyariylar bo‘yicha ”qur'a tashlash” yo‘li bilan ham aybni isbot-lash mumkinligi o‘rnatilgan edi. Qullarga nisbatan ko‘pincha qiynash usullari qo‘llanilgan. Qul aybiga iqror bo‘lgunicha qiynoqqa solingan. ”Adolatli qiy-noqqa solish” uchun o‘z qulini taqdim etish xo‘jayinning majburiyati hisoblan-gan. Agar xo‘jayin uch marta ”pand-nasihat” yo‘li bilan so‘ralgandan keyin ham o‘z qulini ”adolatli qiynoqqa solish”ga bermasa, undan jarima undirilgan. Shuni aytib o‘tish kerakki, hamma franklarda ”sinash”, ”qiynash” usullari teng darajada qo‘llanilmagan. Masalan, gotlarda suv, olov bilan sinash, shuningdek, yakkama-yakka olishuv taqiqlangan edi. Biroq, Teodorix ediktiga asosan ”qa-sam” yo‘li bilan sinash saqlanib qolgandi (74-modda). Tomonlar sud qarorini ixtiyoriy ravishda bajarishdan bosh tortgan hollarda, uni grafning o‘zi ijro etgan. Agar kimdir grafning sud qarorini bajarishiga to‘sqinlik qilsa, qattiq ja-zolangan. Sudning vergeld undirish to‘g‘risidagi qarori kafillar yordamida ke-chiktirilishi mumkin edi. Kafillik alohida ishonchli bo‘lishi uchun sud majlisida qatorasiga to‘rt marta tasdiqlanardi (“Sali haqiqati”, VIII titul, 1-modda).



5

Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin