Franklar davlati va huquqi



Yüklə 164 Kb.
səhifə10/13
tarix15.09.2023
ölçüsü164 Kb.
#143808
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Franklar davlati va huquqi

Nikoh va oila
ermanlarda oila patriarxal xarakterga ega bo‘l-gan. Ota boshchilik qiladigan oila tarkibiga tug‘ish-gan qarindosh-urug‘lar: bolalar, nevaralar, evaralar, ota-ona va boshqalar bilan bir qatorda yon shajara (bir tug‘ishmagan) qarindoshlar: tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar, ularning xotinlari ham kirgan. Oilalar qullar bilan, ba’zi hollarda esa, qurollangan mulozimlar bilan bir uyda yashaganlar.
Biroq, “Sali haqiqati” bo‘yicha ota hokimiyati uncha katta emas edi. Ota hokimiyati ko‘proq xotin, qiz yoki o‘g‘il ustidan qat’iy umrbod homiylikni eslatadi. O‘g‘il 12 yoshga to‘lgunga qadar ota homiyligida bo‘lardi.
“Sali haqiqati” nikohga ham xuddi oilaga o‘xshab juda kam modda-lar ajratgan. Nikoh kelinning kuyov tomonidan sotib olinishi shaklida tuzilardi. Qizlarni nikohlab olish maqsadida o‘g‘irlash jarima bilan jazo-lanardi. Nikoh tuzishga: qonuniy nikohning mavjudligi, shaxsning qonun-dan tashqari deb e’lon qilinishi, yaqin qarindoshlik aloqasining mavjudligi, kishining erkin emaslik holati kabi holatlar to‘sqinlik qilardi.
Nikoh amalda kuyov va kelinning ota-onalari o‘rtasidagi o‘zaro keli-shuv asosida tuziladigan bitim edi. Nikoh tuzishda ota-ona roziligi talab qilinardi. “Sali haqiqati”ga muvofiq birovning kelinini olib qochganlik uchun aybdor shaxs kuyovga 15 solid jarima to‘lashi belgilangan. Agar kimdir birovning xotinini o‘g‘irlasa, unga 200 solid jarima solingan (XV titul, 1-modda). Agar uch kishi erkin qizni o‘g‘irlasa, ularning har biri 30 soliddan jarima to‘lagan (XIII titul, 1-modda). Agar o‘g‘irlangan qiz qirol homiyligi ostida bo‘lsa, unda qiz o‘g‘rilarining har biri 62,5 soliddan jarima to‘lashi lozim edi (XIII titul, 2-modda). Qirollik quli yoki liti erkin ayolni o‘g‘irlasa, o‘limga mahkum etilgan (XIII titul, 7-modda). Teodorix edikti bo‘yicha, umuman birovning xotinini o‘g‘irlagan kishi o‘limga mahkum etilgan (11-modda). “Alleman haqiqati”da patriarxal oila elementlari yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Unda ota roziligisiz nikoh tuzish uchun jarima belgilangandi. Mazkur to‘plamga binoan amalda er xotinini sotishi mumkin edi.
Germanlarning odat huquqi alohida ijtimoiy tabaqalarning vakillari o‘rtasidagi, ayniqsa, qullar va erkin kishilar o‘rtasidagi nikohni taqiqlaydi. Qullar bilan nikohga kirish erkinlikning yo‘qolishiga olib kelgan. “Sali haqiqati” bo‘yicha, agar erkin kishi qul ayol bilan nikohga kirsa, u ham qul bo‘lib qolgan (XXV titul, 5-modda). Agar erkin ayol qul bilan nikohga kirsa, u ham qulga aylangan (XXV titul, 6-modda). “Sali haqiqati”ga qo‘-shimcha qilingan birinchi Kapitulyariy bo‘yicha, qul bilan erkin ayolning nikohga kirishi qonundan tashqari deb hisoblangan va erkin ayolning mol-mulki davlat xazinasi foydasiga musodara qilingan, qarindoshlari esa uni sudsiz o‘ldirishlari mumkin edi. Erkin ayolga uylangan qul charxpalakka tortib o‘ldirilgan.
“Bavar haqiqati” bunday nikohlarga uncha shafqatsiz munosabatda bo‘lmagan. Erkin ayol erga tekkan odam qul ekanligini ”bilmaganligi”ni ko‘rsatib, undan osongina ketavergan (XXII titul, 17-modda). Franklarda qator qarindoshlar va quda tomondan qarindoshlar bilan nikohga kirish taqiqlangan edi. “Sali haqiqati” bo‘yicha, bunday nikohlar haqiqiy emas deb, bunday nikohlardan tug‘ilgan bolalar esa qonunsiz tug‘ilganlar deb hisoblanardi (XIII titul, 9-modda).
Franklarda erga chiqmagan ayol ba’zi mustaqillikdan foydalanardi. Manbalarda, masalan, beva xotinga nisbatan erining urug‘idagilar tomoni-dan homiylik qilinishi haqida hech narsa deyilmaydi. Shunday bo‘lsa ham, “Sali haqiqati”da beva xotinning huquqlari ma’lum darajada poymol qili-nadi. Masalan, beva xotin sudning ruxsatisiz va o‘lgan erining qarindosh-lariga ma’lum summa (reipus) to‘lamay turib ikkinchi marta erga tega olmasdi. Aks holda uning eridan 62,5 solid jarima undirilardi (XXIV titul).
Franklar odat huquqining muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, ayol o‘z mulkiga, sep-sidirg‘asiga ega bo‘lgan. Bunday mol-mulklarni unga otasi emas, balki eri ”nikoh sovg‘asi” sifatida taqdim qilardi. «Sali haqida»gi qo‘shimcha qilingan birinchi Kapitulyariy sep-sidirg‘aning maxsus huquqiy rejimini mustahkamlaydi. Ayol o‘zining sep-sidirg‘asini hadya qilishi, sotishi mumkin emas edi. U o‘lgandan so‘ng sep-sidirg‘a uning bolalariga o‘tgan. Agar ayol ikkinchi marta nikohga kirgan bo‘lsa, sep-sidirg‘aning bir qismi erining yaqin qarindoshlariga o‘tkazilgan, ular bo‘lmasa xazinaga kelib tushgan. “Bavar haqiqati” ham bevalarning nikohga kirishini unchalik qo‘llab-quvvatlamaydi. Unga ko‘ra, agar beva ayol erga tegsa, birinchi eridan olgan mulklardan foydalanish huquqidan mahrum etilgan (XV titul, 8-modda).
“Sali haqiqati”da nikohni bekor qilish haqida hech narsa deyilmaydi. Lekin franklarning odat huquqi ajralish erkinligini o‘rnatgan edi. Bunda qarindoshlarning roziligi ham, boshqa rasmiy asoslar ham talab qilinmasdi. Bu sohada Teodorix edikti ancha talabchan edi. Unda ”sababsiz ajralish” taqiqlab qo‘yilgandi (49-modda), lekin fohishabozlikka ijozat berilardi (52-modda). Xristian cherkovining ta’siri ostida VII-IX asrlarda frank-larning nikoh-oila huquqida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Buyuk Karl tomonidan (789 yilda) tasdiqlangan 744 yilgi Kapitulyariyda xristianlik qonun-qoidalari bilan muqaddas deb e’lon qilingan nikohning bekor qilinmasligi qoidasi o‘rnatildi.
VII-IX asrlar mobaynida nikohning cherkovda rasmiylashtirilishi majburiyligini o‘rnatuvchi, beva ayollarning qayta nikohga kirishini taqiqlovchi va boshqa shu kabi dastlabki qonun hujjatlari chiqarilgan edi.
M

Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin