Mulkiy munosabatlarning tartibga solinishi
Varvarlar haqiqatlari” paydo bo‘lish vaq-tiga qarab, yerga nisbatan feodal mulkchilik institutining, shu bilan birga shartnoma va meros huquqining asta-sekin shakllanish jarayonini aks ettirgan.
”Sali haqiqati”da sinfiy jamiyat, davlat va huquq tashkil topishining ancha qadimgi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlari o‘z aksini topib, hali mulk tushunchasi haqida yagona qoida o‘rnatilmagan edi. Alohida shaxslar yoki oilalar egaligi ostidagi harakatdagi ashyolarga nisbatan ”o‘ziniki” (suus), ”birovniki” (alienus) degan iboralar qo‘llangan. Frank-larda harakatdagi ashyo hech qanday qarshiliksiz begonalashtirilishi, me-ros bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin edi. ”Sali haqiqati”ning ko‘pgina me’yorlari turli harakatdagi ashyolarga nisbatan mulk huquqining qo‘riq-lanishiga bag‘ishlangan. Unda yirik shoxli chorvani, shuningdek, qo‘y, echki, it, kaptar, asalari, cho‘chqa va boshqalarni o‘g‘irlash holatlari yuzasidan kelib chiqadigan javobgarliklar atroflicha va batafsil ko‘rsatib berilgan.
Chorvachilik germanlarning xo‘jaligida hukmron mavqeni egallardi. Chorva germanlarda boylik timsoli hisoblanib, oilani boqishni ta'minlagan. Franklar boshqa joylarga ko‘chib o‘tganlarida, qochib ketganlarida chorva-larini ham birga olib ketishardi. Ayirboshlash vositasi sifatida chorvadan foydalanilgan. Franklarda ”sog‘lom, ko‘radigan va shoxli” sigir 2,3 solid turardi.
“Sali haqiqati” oila egallab turgan yerga nisbatan egalik huquqini boshqacha tarzda mustahkamlaydi. Bunda tomorqa uchastkasi, haydala-digan yer va yaylov, o‘rmon bir-biridan farq qilingan. Qonunnomada atrofi o‘ralgan uchastka haqida ko‘p marta eslatib o‘tiladi. Unga ko‘ra, atrofi o‘ralgan uchastkaga o‘t qo‘yish va buzish uchun katta jarima nazarda tutilgan (XV bob, 5-modda). “Sali haqiqati”da turar joy, hovli hududi, tomorqa uchastkasiga oila mulki sifatida alohida ahamiyat berilgan. Kreditor qarzdordan qarzni to‘lashni talab qilish, javobgarni sudga chaqi-rish uchun aynan shu yerga kelardi. Nafaqat uy yoki hovliga kirib o‘g‘irlik sodir etganlik uchun (45-63 solid), balki quyosh botgandan so‘ng villa hududiga oddiy kirganlik uchun ham yuqori jarima jazosi nazarda tutilgan. Agar kimdir birovning villasiga eshikni buzib kirib, qo‘riqchi itni o‘ldirsa va odamlarga jarohat yetkazsa hamda u yerdan nimanidir aravada olib ketsa, bu bosqinchilik yo‘li bilan o‘g‘rilik sodir etish hisoblanib, buning uchun 200 solid jarima jazosi nazarda tutilgan. Bu esa ozod kishini o‘ldir-ganlik uchun to‘lanadigan vergeld bilan teng edi.
“Sali haqiqati” haydaladigan yer uchastkasining (allodning) xususiy egalikka o‘tkazilishi haqida ham turlicha ma’lumotlar beradi. Shuningdek, unda yaylovlar, o‘tloqlar, o‘rmonlar hali umumiy foydalanishda qolganligi qayd etiladi. “Sali haqiqati” haydaladigan maydon chegarasini xo‘jayin-ning ruxsatisiz buzganlik faktining o‘ziniyoq jazolaydi. Masalan, unda xo‘jayinning roziligisiz birovning maydoniga kirganlik uchun 3 solid (XXVII bob, 7-modda), birovning maydonini haydaganlik uchun 15 solid (XXVII bob, 24-modda), unga ekin ekkanlik uchun 45 solid (XXVII bob, 25-modda) jarima belgilangan. Agar begona odam jamoat dalasidan birov-ga ajratilgan uchastkaga kirsa, bu jinoyat hisoblanmagan. Agar u bunday uchastkadan xashak o‘rsa, unda faqat o‘rgan xashagi yaylov egasi foyda-siga tortib olingan.
“Sali haqiqati”da yerni olish-sotish haqida hech narsa deyilmaydi. Yerni meros qilib qoldirish instituti endigina tug‘ila boshlagan edi. Yer o‘lgan kishining erkak avlodlariga meros tariqasida o‘tkazilardi (IX bob, 5-modda). ”Allodlar haqida”gi titulda10, hatto o‘lgan kishining o‘g‘li bo‘l-masa, haydaladigan yer uchastkasi kimga o‘tkazilishi masalasi qo‘yilma-gan ham edi. Aftidan, bunday yerlar egasiz qolgan mulk hisoblangan yoki urug‘ga o‘tgan. VI asrda bu masala boshqacha hal qilingan. Qirol Xilperik (561-584 yillar) ediktiga asosan yer meros tariqasida faqat o‘g‘illargagina emas, balki o‘lgan kishining qizlariga, aka-ukalariga, opa-singillari singa-rilarga ham o‘tishi mumkin edi. Bu vaqtda, shuningdek, alohida o‘tzor va o‘rmon uchastkalari ayrim shaxslarning avlod egaligiga ham o‘tkazilardi. “Alleman haqiqati” bo‘yicha xotin ham, agar uning bolalari bo‘lsa va kalonga emas, ozod kishiga erga tegsa, o‘lgan erining yerini meros tari-qasida olishi mumkin edi.
“Sali haqiqati”ning bir qator titullari, jumladan, ”Ko‘chib kelganlar haqida”gi tituli franklarda yerga nisbatan jamoa egaligi saqlanib qolgan-ligidan darak beradi. Jamoa hududiga ”begona” kishining ko‘chib keli-shiga faqat butun jamoa a’zolari roziligi bilan ruxsat etilgan. Agar jamoa a’zolaridan, hatto bittasi bunga qarshilik ko‘rsatsa, ko‘chib kelgan ”bego-na” kishi darhol jamoani tark etishi lozim edi. Shu narsa xarakterliki, jamoa sudining ”begona” shaxsni ko‘chirish haqidagi qarorini ijro etuvchi graf ko‘chib kelgan kishining uyiga emas, u ishlaydigan jamoa yer uchastkasiga kelishi lozim edi.
Biroq “Sali haqiqati” bunday umumiy qoida o‘rnatish bilan birga unga istisno qilinadigan holatni ham belgilaydi. Agar ”begona” kishi jamoa hududiga ko‘chib kelib, bu yerda hech qanday qarshiliksiz bir yilu bir kun yashab ulgurgan bo‘lsa, unday holda uning yerga egalik huquqi qonun bilan himoya qilina boshlagan. “Sali haqiqati” asosan jamoa yerlarini qirolning yaqinlari tomonidan egallab olinishini tasdiqlaydi. Unga ko‘ra, maxsus qirol yorliqlari asosida ko‘chib kelgan kishilarga qarshi jamoa a’zolarining e'tiroz bildirishi taqiqlangan. Qirol farmoyishlariga nisbatan e'tiroz bildirganlik uchun “Sali haqiqati” 200 solid jarimani nazarda tutadi.
“Sali haqiqati” paydo bo‘lganidan so‘ng bir necha asr o‘tgach, xusu-siy yer egaligi keng rivojlana boshlaydi. Alleman va Bavar haqiqatlarining birinchi va ikkinchi titullari mazmunan bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lib, ular cherkov va cherkov yer egaligiga bag‘ishlanadi. Bu titullar shundan guvohlik beradiki, cherkov haydaladigan katta yer uchastkalariga, o‘rmon-larga, qullarga egalik qilardi. Ikkala haqiqatning birinchi moddalarida aytilganidek, “na qirol, na gersog, na boshqa kishi insonning o‘z jonini saqlab qolish niyatida cherkovga xudo yo‘lida uylar, yerlar, qullar yoki pullar in'om qilishini taqiqlab qo‘ya olmaydi” (I titul, 1-modda). Cherkov-ga in'om qilingan yer uning ixtiyorida doimiy ravishda mustahkam saqla-nib qoladi. “Bavar haqiqati”da qat’iy ta’kidlanishicha, kimningdir cher-kovga hadya qilgan o‘z mulklarini qaytarib olish huquqi mavjud emas.
“Alleman haqiqati”da ham, “Bavar haqiqati”da ham cherkovga hadya qiluvchi kishining merosxo‘rlari tomonidan hadyaga qarshilik ko‘r-satishga qaratilgan har qanday urinishlarining oldi olinadi (II titul, 2-modda). Bundan tashqari, kishilarning mulkni qaytarib olishga qaratilgan urinishi, bir tomondan, ”Xudo sudi va muqaddas cherkovdan chetlashtirili-shi”ga olib kelgan, ikkinchi tomondan, bunday kishilarga jarima solingan va mulk cherkovga qaytarilgan (I titul, 2-modda). Hadya qilingan yer faqat umrbod egalik qilish sharti bilan va hadya qiluvchi foydasiga ”tantanali va'da” qilingan hamma narsalarni undirish orqali qaytarilishi mumkin edi.
Xususiy yer egaligini faqat maydonlar emas, balki yaylovlar, o‘rmonlar ham qamrab ola boshlaydi. “Bavar haqiqati”da, masalan, bo‘li-shib olingan o‘rmon - silva alterus degan tushuncha paydo bo‘ldi. Bunda o‘rmonlarning alohida oilalarga ajratib berila boshlanganligi e’tirof etilgandi. O‘rmonlarning feodal xususiy mulkchilikka o‘tkazilishi haqida birovning o‘rmonidan daraxtlarni kesish taqiqlanganligi va buning uchun jarima o‘rnatilganligi ham dalolat beradi (XII titul, 11-modda). “Bavar haqiqati”da “Sali haqiqati”dan farqli o‘laroq, yaylov uchastka, xuddi yer maydoni singari, bundan buyon erkin ravishda begonalashtirilishi mumkin edi. Bunda faqat yaylovni sotishning qonuniy ekanligi ”hujjat yoki guvohlar” yordamida tasdiqlanishi talab qilinardi (XVI titul, 2-modda).
Germanlarda birovning yer egaligi chegaralarini buzish qat’iy taqiq-lab qo‘yilgan edi. Bu barcha ”varvarlar haqiqatlari”ga xos xususiyat bo‘-lib, germanlarning egallab olingan hududlarda kuch bilan mustahkamlanib olishga qattiq urinishlarini aks ettirgan. Germanlarning yerga oid nizolarni, agar boshqa dalillar yetarli bo‘lmasa, ko‘p vaqtlar davomida yakka-yakka olishuv yo‘li bilan hal qilib kelganligi ham yuqoridagi fikrni yaqqol tasdiq-laydi. “Bavar haqiqati”ning butun bir tituli (XII tituli) birovning yer egali-gi chegarasini buzganlik uchun jazolarga bag‘ishlangan. Chegarani, may-don yoki yaylovning farqiga bormay, oddiy buzganlik uchun erkin kishiga 6 solid jarima solingan, qulga esa 50 qamchi urilgan. Hatto yer uchastkasi-ga ”tasodifan”, bilmay, ”boshqa tomonlarning va qarab turuvchining rozi-ligisiz” yangi chegaralar o‘rnatish uchun jarima nazarda tutilgan. Bunday harakat, agar erkin kishi tomonidan sodir etilsa, - jarima, agar qul tomoni-dan sodir etilsa, - 200 qamchi urish jazosi belgilangan (XII titul, 6-7-moddalar).
M
Dostları ilə paylaş: |