Franklar davlati va huquqi



Yüklə 164 Kb.
səhifə7/13
tarix15.09.2023
ölçüsü164 Kb.
#143808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Franklar davlati va huquqi

Cherkov huquqi germanlarda huquqning muhim manbalaridan hisoblanadi.
Germanlar huquqining rivojlanishida qadimdan boshlab cherkov mu-him o‘rin tutgan. Dastlabki asrlardan boshlab ko‘p sonli cherkov qonunlari (kanonlari), cherkov saborlari va sinodlarning qarorlari, alohida yepis-koplarning dekretlari va qarorlari yig‘ilib borgan.
Cherkov, shuningdek, ko‘p sonli ”jazolar haqidagi tuzuklar” ham chiqarib, ularda gunohlar ro‘yxati va bular uchun belgilangan jazolar batafsil bayon qilinardi. Xristianlik taqiqlari dunyoviy sudnomalarda ham mustahkamlangan. Cherkovga qarshi jinoyatlar uchun beriladigan jazo-larni asoslashda ko‘pincha muqaddas diniy kitobga murojaat qilinardi. Masalan, Bavar haqiqatida monax ayolni o‘g‘irlaganlik uchun ”o‘zingiz-dan yovuzlikni yo‘qoting” degan tamoyil bo‘yicha jamoadan haydab yuborish jazosi nazarda tutilgan edi.
Agar dastlab jazolar haqidagi tuzuk faqat ruhoniylarga tadbiq etilgan bo‘lsa, u tez orada u yoki bu mintaqadagi barcha dindorlarga ham qo‘l-lanilardi. Zero, cherkov va dunyoviy yurisdiksiya chambarchas chatishib ketgandi. Gunohlar va jinoyatlarning tabiatida ham aniq farqlar yo‘q edi. Har qanday jinoyat gunoh hisoblanardi. Odam o‘ldirish, qasamni buzish, o‘g‘irilik eng og‘ir gunohlar sifatida ko‘rilgan. Bunday xatti-harakatlar uchun VI-X asrlarda deyarli butun g‘arbiy Yevropada nisbatan bir xil me’yorlar o‘rnatilgandi.
O‘sha vaqtda jinoyatlarga nisbatan munosabat bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emasdi. Chunki ruhoniylar dunyoviy sud ishlarini yuri-tishda asosiy rol o‘ynardilar, qirollar esa ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatga ega edi.
”Xalq huquqi” va cherkov huquqining o‘zaro munosabati va bir-biriga ta’siri unisini ham, bunisini ham muhim o‘zgarishlarni boshidan kechirishiga sabab bo‘ldi. Bibliya yordamida cherkov germanlarning odat huquqiga xristianlarning ”o‘nta qat’iy qoidalari”ni va boshqa diniy pand-nasihat nufuziga ega bo‘lgan tamoyillarini tadbiq etgan. Masalan, cherkov jazolar haqidagi qonunnomada qamchi, kaltak bilan savalash singari jazolar bilan bir qatorda, gunohlar uchun omma oldida qilmishiga pushaymon qildirishni ham nazarda tutgan. XI asrda, faqat cherkovning dunyoviy hokimiyatdan nisbatan mustaqilligi o‘rnatilgandan so‘nggina cherkov gunohlarni afv etishni qonunlashtirdi. Cherkov, germanlar ishona-digan sehrgarlikni inkor etib, sehrgarlikni, folbinlikni cherkovning muqad-dasligiga shak keltirish sifatida gunoh deb hisoblagan. Cherkov odatlar-ning diniy xarakterini ham, urug‘, tabiat, suv va olovning oliy muqaddas-ligini ham shubha ostiga olib, qonli qasos olishga, ordaliyalarga to‘g‘ri-dan-to‘g‘ri qarshi chiqmagan, lekin ular kishilarni qutqarib qololmaydi, deb o‘rgatgan.
Xristianlik qasam ichishni sudda isbotlashning eng muhim vositala-ridan biri sifatida tan olgan. Qasam ichish cherkovda ham qo‘llana bosh-langan. 1215 yilga qadar cherkov nizolarni hal qilishda yakka-yakka olishuvga ham ruxsat etardi. Faqat shu yili din xizmatchilarining yakka-yakka olishuvlarda ishtirok etishi taqiqlangan edi.
Biroq, diniy me’yorlarning eski odatlarga kirib kelishi juda qiyin-chilik bilan kechgan. VIII asrda Suasonda chaqirilgan cherkov soborlarida butlarga sig‘inishni taqiqlash haqidagi masala qayta-qayta qo‘yilgan edi. Soborlarning me’yoriy hujjatlari esa shundan darak beradiki, soborlarda varvarlarning urf-odatlarini yangi diniy e’tiqod va qoidalarga moslash-tirishga qattiq turib harakat qilinardi. Eski odatlarni bartaraf etishning qiyinligi haqida, masalan, Alleman haqiqatining ”yalmog‘izlarni yoqish va yeyish”ni taqiqlovchi me’yorlari ham guvohlik beradi.
Cherkov germanlarning huquqiga rim huquqi me’yorlarini ham kiritgan. Germanlar cherkovni rim huquqini ko‘tarib turuvchi deb hisob-laganlar. Ripuar haqiqatida cherkov rim huquqi asosida yashaydi, degan qoida bejiz mustahkamlanmagan edi.
German qirollari ”varvarlar haqiqatlari”ni maxsus qo‘llash tamoyilini rim huquqiga ham tarqatganlar. Masalan, 506 yilda vestgotlar qiroli Alarik II o‘z fuqarolari uchun ”Rim vestgotlari qonuni” (Lex Romana Visigotho-rum) nomi bilan mashhur bo‘lgan sudnoma chiqargan. Xuddi shuningdek, burgundlar qiroli Gundobad ham 437 yilda qisqartirilgan va soddalashti-rilgan Feodosiya kodeksini amalga kiritgan edi. Bu ”Burgundlarning rim sudnomasi” degan nom bilan yuritilgan. Xlodvig o‘z podsholigining oxiri-da uni butun Galliya hududida amalga kiritmoqchi bo‘ladi, lekin ulgur-maydi.
Cherkov va qirollik qonunchiligi yordamida rim huquqining soxta-lashtirilgan me’yorlari ”varvarlar haqiqatlari” ga kiritilgan. Bunga ularning lotin tilida yozilganligi ham yordam bergan. ”Varvarlar haqiqatlari”ga asosan yangi tarixiy sharoitlarga zid bo‘lmagan rim fuqarolik huquqi me’yorlari kiritilgan. Bunda nafaqat huquqiy me’yorlarning shakllanish usullari va metodlari, balki rim huquqi fuqarolik va protsessual huquq ins-titutlarining aniq tizimi, rivojlangan yuridik texnikasi va boshqa fazilatlari yo‘qolib ketgan.


Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin