Franklar davlati va huquqi


Markaziy boshqaruvning tashkil etilishi



Yüklə 164 Kb.
səhifə4/13
tarix15.09.2023
ölçüsü164 Kb.
#143808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Franklar davlati va huquqi

Markaziy boshqaruvning tashkil etilishi
irollar odatda o‘zlarining pomestelarida – villalarida yashaganlar. Villalar ko‘pincha o‘rmon-larning o‘rtasida joylashgan. Qirol saroyi - palatsiy mamlakat siyosiy hayotining markazi hisoblangan. Qirol atrofini uning soqchilari - antrustionlar o‘rab turgan. Ular qirolning yaqin kishilari bo‘lib, ularga alohida muhim topshiriqlar yuklangan. Antrustionni o‘ldirganlik uchun uch baravar ko‘p miqdorda vergeld (qon bahosi) to‘langan.
Qirol o‘z yaqinlaridan iborat saroy amaldorlari va ruhoniylar bilan maslahatlashib ish yuritardi. Ular bilan kengashlar o‘tkazib turardi. Bu qirollik kengashi garchand doimiy organ bo‘lmasa-da, ma’lum muddat-larda chaqirilib turmasa-da, yoki o‘zining aniq tarkibiga ega bo‘lmasa ham, mamlakat siyosiy hayotida juda katta o‘rin tutardi. Qirol o‘z qonun-larini ana shu kengash bilan birga qabul qilardi. Bu qonunlar har yili mart oyida va qo‘shinlar ko‘rigi vaqtida maydonda e’lon qilinardi.
Bundan tashqari, imperator tomonidan deyarli har yili kuzda feodallarning syezdlari ham chaqirilar edi. Unda eng muhim kapitulya-riylarning hammasi muhokama qilinardi. Zodagonlarning haqiqiy siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ana shu kuzgi syezdlariga qarama-qarshi o‘laroq, may dalalari deb atalmish eski harbiy yig‘ilishlar - askarlarning yig‘ilish-lari (bu yig‘ilishlar qadimgi german xalq yig‘ilishlarining qoldig‘i edi) Karolinglar zamonida oddiy bir harbiy ko‘rik bo‘lib qolgan edi. Bu ko‘rik-da endi imperator tomonidan tasdiqlangan farmonlar ma’lumot uchungina e’lon qilinardi.
Qirol huzurida davlatni boshqaruvchi ma’muriy apparat bo‘lib, ularda ministrlar ishlagan. Qirol ma’muriyati quyidagi jihatlari bilan tavsiflanadi. Birinchidan, markaziy boshqaruvda davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, ministrlarning aniq vazifa va funksiyalari o‘rna-tilmagandi. Bir davlat organi ayni vaqtda ham ma’muriy, ham sud, ham harbiy, ham xo‘jalik ishlarini bir necha kishi ishtirokida olib boraverardi. Qirolning shaxsiy xizmatchilari bir vaqtda ministrlik lavozimiga ega bo‘-lishi mumkin edi. Ministrlar ichida ba’zida erkin bo‘lmagan qirollik qullari ham uchrab turardi. Ikkinchidan, qirol xizmatchilari - mansabdor shaxslar doimiy belgilab qo‘yiladigan maosh olmay, o‘z foydalariga yig‘iladigan soliqlar va yerlar bilan mukofotlanishardi.
Davlatda qiroldan keyin birinchi mansabdor shaxs yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, mayordam yoki boshqacha so‘z bilan aytganda, saroy meri edi. Dastlab u faqat qirol saroyining boshqaruvchisi hisoblanib, keyinchalik uning hokimiyati kuchaygan va davlatda oliy mansabdor shaxs lavozimiga - birinchi ministr darajasiga erishgan edi. Mazkur mansabdor shaxs avval qirol tomonidan tayinlanardi, keyinchalik yer magnatlari tomonidan saylab qo‘yiladigan bo‘ldi.
Mayordamning qudrati tobora o‘sib, asta-sekin markaziy va mahalliy hokimiyat vakillarini tayinlashda mayordam qirolni siqib chiqara boshlaydi. Mayordam saroyga tegishli barcha ishlar bo‘yicha farmoyishlar berardi. Saroy amaldorlari ustidan sud hokimiyatini amalga oshirardi. Qirol yo‘qligida qirol sudiga raislik qilardi. Armiyaga qo‘mondonlik qilish ham uning zimmasida edi. U qirollik domenlarini boshqarib, ulardan soliqlar kelib tushishini kuzatgan. Butun mahalliy hokimiyat unga tegishli edi. Amalda mayordam qirol nomidan graf va gersoglarni tayinlagan, almashtirgan va ularga farmoyishlar bergan. Qirol yosh bo‘lsa, mayordam uning tarbiyasi bilan shug‘ullanib, haqiqatda davlat boshlig‘i mavqeiga ega edi.
Yuqori mansabdagi amaldorlarning butun ishi qirol saroyi – palatsiy-da markazlashtirilgan edi. Merovinglar va dastlabki Karolinglarning druji-na va xizmatkorlari - ministrlari bo‘lib, ular qirolning topshirig‘i bilan eng oddiy ma’muriy-moliyaviy va sud funksiyalarini bajarar edilar. Bular: se-neshal - qirolning shaxsiy ishlarini yurituvchi va ayni vaqtda butun saroy xizmatchilarini boshqaruvchi mansabdor shaxs; marshal - otliq askarlar boshlig‘i; kamerariy-qirol xazinasining boshlig‘i; saroy grafi – qirolning huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi (u asosan sud funksiyalarini bajargan, qirollik sudi tomonidan sud hukmlarining chiqarilishida ishtirok etgan, sud tortishuvlariga rahbarlik qilgan, hukmlarning bajarilishini nazo-rat qilgan); referendariy (arxikansler) - imperator devonxonasining bosh-lig‘i (u qirol hujjatlarini - ediktlar, diplomlar, kapitulyariy va boshqalarni tahrir qilgan, rasmiylashtirgan, ularga muhr qo‘yib, arxivda saqlagan, unga kotiblar va devonxona bo‘ysungan) va boshqalardan iborat edi.
Karolinglar sulolasi davrida mayordam mansabi tugatiladi. Natijada saroy grafining roli oshadi. Bu davrda diniy ishlar bilan shug‘ullanuvchi arxikapellana degan mansab vujudga keladi. Bu odatda dindor shaxs bo‘-lib, unga keyinchalik devonxona ham bo‘ysundirilgan. Endi u farmonlar tayyorlash, ularni saqlash ishlari bilan shug‘ullangan, uning eng birinchi yordamchisi kansler edi.
Buyuk Karl zamonida markaziy va mahalliy idora qilish apparati ancha byurokratlashgan edi. Karl imperiyasida Merovinglar va dastlabki Karolinglar davridagi birmuncha ibtidoiy idora apparati o‘rniga amaldor-larning doimiy chinovniklik apparati tarkib topadi. Buyuk Karl byurokra-tiyasining tashkil topishiga Rim an’anasi shubhasiz ta’sir qiladi. Qirollik - imperatorlik devonxonalarida davlat tili - lotin tili, ya’ni rimliklar tili edi. Karolinglar davlat muassasalari va lavozimlarining nomlari (imperator, palatsiy, komitlar - graflar, notariylar - kotiblar va hokazolar)dan Rim terminologiyasi shundaygina sezilib turadi. Buyuk Karlning eng yaqin maslahatchilari va oliy mansabdorlari Rim tarixini yaxshi bilgan hamda imperatorga jamiyatdagi mutlaq oliy hokimiyat deb qaraydigan, rimcha an’anani o‘zlashtirib olgan kishilar edi.
Shunga qaramay, Buyuk Karl imperiyasi qat’iy markazlashgan davlat emas edi. Buyuk Karl davridagi boshqaruv ham, umuman olganda, ibtidoiy bo‘lgan. Imperiyada rasmiylashtirilgan va ixtisoslashtirilgan sud va moliya idoralari - palatalari, boshqaruvning doimiy soliq tizimi kabi muhim zveno (jumladan, doimiy olib turiladigan yer solig‘i) yo‘q edi. Karl davlatida markaz bilan joylar o‘rtasida muttasil aloqalar o‘rnatilmagandi, qirol missiyalari, ya’ni taftishchilari joylarni nomigagina nazorat qilardi, amalda esa, ayniqsa, chekka hududlarning graflari o‘zlarini markazdan mustaqil deb his qilishardi.
Ikkinchi tomondan, Buyuk Karl davlati o‘zining tarkibi jihatidan ham xilma-xil urug‘larning beqaror siyosiy birlashmasidan iborat edi. Franklar imperiyasi omadi yurishgan bir istilochi tomonidan shoshib-pi-shib, ko‘p qabila va xalqlardan iborat tuzilgan alohida bir tarzdagi monar-xiya bo‘lib, unda na umumiy iqtisodiy baza, na umumiy milliy til, na umumiy madaniyat mavjud edi. Chunonchi, Buyuk Karl imperiyasiga kirgan qabilalarning har biri o‘zining odatdagi qonun-qoidalariga amal qilib kelganini ko‘rsatib o‘tish kifoya. “Varvarlar haqiqatlari” - Sali, Ri-puar, Burgundiya, Bavariya, Saksoniya haqiqatlari Buyuk Karl zamonida ham ayrim qabilalar uchun sud qonunlari bo‘lib qolaverdi; ular qunt bilan ko‘chirilib, o‘zgartishlar kiritildi, shunday qilib, ular imperiyaning ayrim viloyatlari uchun amaldagi qonun bo‘lib qolaverdi.
F

Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin