Mavzuning o`rganilish darajasi: Kurs ishida XX – XXI asrlarda
Fransiyaning ijtimoiyiqtisodiy, siyosat va madaniy sohadagi ahvoli masalalari tadqiq etiladi.
Mavjud manbalarga asoslanib Fransiya iqtisodiy krizlar va ijtimoiy protestlar bilan ham uchrashdi. 2008 yilgi jahon iqtisodiy krizi va keyinchalik iqtisodiy qiyinchliklar, Fransuz iqtisodiyasiga ta'sir qildi va hukumatning iqtisodiy siyosatlari haqida muzokaralarga olib keldi. Bundan tashqari, 2018-2019 yillarda "sari yelka" deb nomlanadigan ijtimoiy protestlar, mamlakat bo'ylab katta protest harakatlariga olib keldi va ijtimoiy va iqtisodiy muddalalarni oshirdi. Fransiya, terror hamyonlarining ham markazi bo'ldi. Hususan, 2015 yil va undan keyin Paris, Nis va boshqa mintaqa joylarida sodir bo'lgan terror hamyonlari, mamlakatning xavfsizlik siyosatini va ijtimoiy dinamikalarni ta'sir qildi. Fransiya, shuningdek, madaniy yo'nalishda ham bog'liq tarixiy o'tganlikka ega. San'at, adabiyot, moda va oshpazlik kabi sohalarda butun dunyoda mashhurdir. Masalan, Louvr muzeyi kabi muhim san'at muzeylari Fransuz rassom va heykeltiroshlar ishlari bilan to'la. Fransuz adabiyoti esa Viktor Ugo, Marcel Prust, Albert Kamy va boshqa mashhur yozuvchilari bilan dunyoda mashhurdir.
Mavzuning maqsad va vazifasi: Mazkur kurs ishining maqsadi XX – XXI asrlarda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumini mavjud manba va adabiyotlar asosida ilmiy tahlil qilish.
Yuqoridagi asosiy maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar yechiladi:
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikki bob, to`rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I.BOB. FRANSIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY TARAQQIYOTINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2.1. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida Fransiya I Jahon urushlari (1914-1918 va 1939-1945): XX asrning oxirida ikki jahon urushi bo'lib o'tdi. Fransiya bu urushlarda asosiy ahamiyatga ega bo'ldi va millionlar iflos bo'ldi. Ushbu urushlarning natijasida Fransiya xususiy jaxonlari va moliyaviy infrastrukturasida katta zarar ko'rdi. Ekonomik tiklanish va sotsial yangilanishlar: XX asrning oxirida Fransiya ekonomik tiklanish va sotsial yangilanishlarni ko'rgan mamlakatlardan biri edi. II Jahon urushi davomida Fransiya ekonomik tiklanish, kasb-hunar sohasidagi yangilanishlar, moddiy va madaniy hayotdagi o'zgarishlarni tashkil etdi. Politik o'zgarishlar: XX asrning oxirida Fransiya xalqaro siyosiy tizimida ham o'zgarishlar ko'rishdi. Fransiya Kommyunist Partiyasi va tanqidchilarning hujumiga qarshi kurash tufayli, sovet demokratiyasi va totalitarizmning ortib chiqishi kabi olaylar Fransiya siyosiy hayotini to'liq o'zgartirdi.
Teraktlar va xalqaro xavfsizlik: XXI asr boshida terror aktlari, jumladan 2001 yil 11 sentyabrda AQSh'ning New York shahridagi ikki qoplangan binolarga hujum qilishi (9/11) va boshqa terror aktlari Fransiya va boshqa mamlakatlarda katta xavf yaratdi. Bu, Fransiya va dunyo bo'ylab xalqaro xavfsizlik politikasida katta o'zgarishlarga olib keldi. Ikki tomondagilarning qisqa davrlardagi davolariga qat'iy javob berish: XXI asrning boshida Fransiya ikki tomondagilarning qisqa davrlardagi davolari, jumladan Fransiya prezidenti Emmanuel Macron va keyinchalikgi Prezidentlar davolari kabi ko'p hollarda qat'iy javob berishdi. Bu davolarning keyingi asrda siyosiy jarayonlarni ko'rishda katta ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Har uchala siyosiy partiya ham Fransiyaning parlament respublikasi bo‘lishi tarafdorlari edi. Sharl de Goll esa AQSH namunasidagi prezidentlik respublikasi uchun kurashdi.Biroq uning maqsadi amalga oshmadi.Bunga javoban u iste’foga chiqdi.Va, nihoyat, 1946-yilning 13-oktabrida mamlakat yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Dekabr oyida esa kuchga kirdi.Shu tariqa Fransiyada To‘rtinchi Respublika vujudga keldi.
To‘rtinchi Respublika davrida mamlakatni huku- mat boshqardi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotini tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berdi.
1948-yilning o‘rtalarida sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajasiga yetdi.Bu hol 1949-yilda iste’mol tovarlari taqsimoti tizimini bekor qilishga imkon berdi. Iqtisodiy rivojlanishning samarali choralaridan
193 bin milliylashtirishdir, deb o‘ylagan hukumat xususiy mulk egalaridan bir yirik korxonalarni va butun-butun sohalarni sotib oldi. Elektr stansiyalar, ko‘mir konlari, aviatsiya va sug‘urta kompaniyalari, Reno avtomobil zavodi va boshqalar shular jumlasidan edi. Biroq ishlab chiqarish o‘sishi sur’ati GFR va Italiyaga nisbatan past bo‘ldi. Fransiya tashqi siyosatida Yevropa integratsiyasi masalasi katta o‘rin tutdi. U NATOga a’zo bo‘lib kirdi. Fransiyaning tashabbusi bilan 1951-yilda «Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati» ga dastlabki qadam qo‘yildi.1952-yilda Parijda «Yevropa mudofaa hamkorligi» haqida shartnoma imzolandi.Bu shartnoma amalda GFRni qayta qurollantirish uchun yo‘l ochdi.1955-yilda GFR NATOga qabul qilingach, bunga javoban SSSR 1944-yilda imzolangan sovet—fransiya shartnomasini bekor qildi.
Ayni paytda Fransiya o‘z tashqi siyosatida mustamlakachilik urushlarini davom ettirdi. Bu — Fransiya hukmron doiralari milliy-ozodlik harakati qudratini to‘g‘ri baholay olmaganligining oqibati bo‘ldi. Shuning uchun ham uni kuch bilan bostirishga urindilar.Chunonchi, 1946-yilning dekabr oyida o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Vetnamga qarshi mustamlakachilik urushini boshladilar.8 yil davom etgan bu urush 1954-yilda Fransiyaning mag‘lubiyati bilan tugadi.
Shu yili Jazoir xalqining milliy-ozodlik harakatini qonga botirish maqsadida urush harakatlarini boshladi.Jazoir amalda Fransiyaning okean orti o‘lkasiga aylantirilgan edi.Bu yerda 1 mln fransuz yashardi.Ular eng yaxshi yerlarga egalik qilardi.Jazoirlik fransuzlar bu mamlakatga mustaqillik berishga mutlaqo qarshi edilar.Qulayotgan Fransiya mustamlakachi imperiyasini saqlab qolish tarafdorlarining barchasi ular atrofiga to‘planishdi.
Jazoirlik fransuzlarni Fransiyaning 1956-yilda Marokko va Tunisga mustaqillik berishga majbur bo‘lganligi ham tashvishlantirib qo‘ygan edi. 1954-yilda boshlangan urush — Jazoir xalqi ozodlik kurashiga qarshi urush — eng qonli va shafqatsiz urush bo‘ldi.
Ayni paytda urush mamlakat xazinasi bo‘shab qolishiga olib keldi. Shunday sharoitda Jazoirdagi fransuz harbiylari va mustamlakachi fanatiklar davlat to‘ntarishini amalga oshirish maqsadida isyon boshladi. Jazoirdagi fransuz armiyasi 250 ming kishini tashkil etardi. Isyonchilar de Gollni hokimiyatga qaytarishni talab etdilar.Ularning fikricha, de Goll Jazoir- ning Fransiyaga qaramligini saqlab qolishga qodir yagona shaxs edi.Fransiyaning boshqa aholisi uchun esa de Goll Fransiyani harbiy diktaturadan saqlab qoluvchi yagona shaxs edi.
Sharl de Goll hokimiyatga qaytish uchun o‘ziga favqulodda vakolatlar berilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazishga ruxsat etilishi shartlarini qo‘ydi. Fransiya Milliy Majlisi (parlamenti) bu shartlarga rozi bo‘ldi va 1958-yilning 1-iyunida de Goll hokimiyatni egalladi. Shundan so‘ng Milliy Majlis o‘z faoliyatini tugatdi. Shu tariqa To‘rtinchi Respublika ham barham topdi.
1958-yilning 28-sentabrida Fransiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Bu — Fransiya tarixida Beshinchi Respublikaning vujudga kelishi ham edi. 21-dekabr kuni de Goll Prezident etib saylandi. Yangi Konstitutsiya parlament huquqlarini chekladi va, aksincha, Prezident vakolatlarini kengaytirdi. Fransiya prezidentlik Respublikasiga aylandi.Butun hokimiyat deyarli Prezident qo‘lida to‘plandi.U davlat hamda ijrochi hokimiyat boshlig‘i, Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni ham edi.
Prezident parlament qabul qilgan qonunlarni tasdiqlash va parlamentni tarqatib yuborib, yangi saylov belgilash huquqiga ega edi. Muhim masalalarni va o‘zi lozim topgan qonunlarni referendumga qo‘ya olardi. Ichki va tashqi siyosatga shaxsan rahbarlik qilar edi. Shunday qilib, mamlakatda de Gollning shaxsiy hokimiyati o‘rnatildi va u o‘z oldiga Fransiyani tiklash vazifasini qo‘ydi.Shu maqsadda mamlakat iqtisodini modernizatsiyalash amalga oshirildi.Ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari keng joriy etildi. Sanoatning yangi tarmoqlari — atom, radio elektronika, kosmik texnologiya va raketa qurilishi vujudga keltirildi.
Modernizatsiyalash jadal sur’atlarda o‘tkazildi va u 60-yillarda nihoyasiga yetkazildi. Oqibatda Fransiya zamonaviy industrial davlatga aylandi. Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, jahonda 5-o‘rinni mustahkam egalladi. Eksport ko‘paydi. Bu unga 60-yillarning o‘rtalariga kelib barcha qarzlaridan qutulish va qarz beruvchi davlatga aylanish imkonini berdi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash ham nihoyasiga yetdi.Fransiya dehqonlari fermerlarga aylandilar. Mamlakat G‘arbiy Yevropada oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bo‘yicha eng yetakchi davlatga aylandi.
Tashqi siyosatda 3 asosiy vazifa qo‘yildi. Ularning birinchisi Fransiyaning buyukligini tiklash, ikkinchisi — mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va, nihoyat, uchinchisi — AQSHning Yevropadagi ta’sirini mumkin qadar bo‘shashtirish edi. De Goll 1960-yilda Fransiyani yadroviy davlatga aylantirish orqali uning mudofaa qudratini oshirdi.Ayni paytda mustamlakalarga mus- taqillik berish yo‘lidan bordi.
1960-yilda Afrikadagi mustamlakalarga siyosiy mustaqillik berildi.Bu qit’a xaritasida 14 ta yangi davlat vujudga keldi.De Goll Jazoirni bundan buyon itoatda tutib turish mumkin emasligini tushunib yetdi.Shuning uchun ham Jazoir Milliy Ozodlik fronti bilan muzokara boshladi.Uning bu yo‘li o‘ta mustamlakachi kuchlar qarshiligiga uchradi.Biroq Fransiya armiyasi De Gollga sodiq qoldi. Natijada armiyada isyon boshlashga urinish barbod bo‘ldi.
1962-yilning 18-martida Jazoirga mustaqillik berish haqida bitim imzolandi.De Goll AQSHning Vetnamdagi agressiyasini qoraladi. 1966- yilda Fransiyani NATOning harbiy tashkilotidan chiqardi. AQSHning Fransiya hududidagi harbiy bazasini tugatishga erishdi. YEIHga Buyuk
Britaniyaning a’zo qilinishiga qarshi chiqdi.Chunki de Goll Buyuk Britaniyani Yevropada AQSH ta’sirini o‘tkazuvchi vosita, deb hisoblardi. GFR bilan yaqinlashish yo‘lini tutganning dushmani bo‘lib qolaverdi.
1968- yilning may oyida mamlakatda siyosiy inqiroz yuz berdi. Inqiroz Parij talabalarining na-
moyishidan boshlandi. 7-may kuni talabalar ta’lim tizimini tubdan qayta qurish, ta’lim tizimi xarajatlarini oshirish va stipendiyalarni to‘lash talabi bilan namoyishga chiqqan edilar. Kasaba uyushmalari talabalarni qo‘llab- quvvatladi.
Talabalar universitet binosini egallab oldilar. O‘ta radikal va o‘ta so‘l kuchlar esa talabalarni Yelisey saroyini ham egallab olish uchun gij-gijlay boshladilar.
Oqibatda hukumat namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi. 3 mingdan ortiq talaba yarador qilindi va hibsga olindi. 13-may kuni esa yuz minglab parijliklar de Goll tartibiga qarshi namoyish o‘tkazdilar. Mamlakatda 4 hafta davom etgan umumiy ish tashlashlar boshlandi. Ularda qariyb 10 min kishi ishtirok etdi.
Hukumat kasaba uyushmalarining ish haqi, nafaqalarni oshirish, ish haftasini qisqartirish kabi talablarini qondirdi.Iyun oyi oxirida ishchilar ish joylariga qaytdilar.Shu tariqa mamlakatda siyosiy vaziyat barqarorlashtirildi.
Xo‘sh, may inqirozining sabablari nima edi?
Birinchidan, mamlakat mulkdorlari orasida iqtisodiyotga davlatning qattiqqo‘llik bilan aralashuvidan norozilik o‘zining yuqori nuqtasiga yetgan edi.
Ikkinchidan, kasaba uyushmalari mehnat munosabatlarida davlatning haddan tashqari vasiyligidan qutulishga intilayotgan edi.
Uchinchidan, mamlakatda uning barcha tabaqalari ham de Gollning AQSHdan uzoqlashish siyosatini ma’qullamas edi.
To‘rtinchidan, hukumat ijtimoiy sohalarga budjet xarajatlarini kamaytirib yuborgan edi.Bu hol jamiyatda chuqur norozilikni vujudga keltirdi.
Shunday sharoitda ijtimoiy portlash yuz berishi muqarrar, jamiyatning qaysidir qatlami shu portlashni sodir etishi lozim edi.Bu portlashni talabalar sodir etdilar. Boshqa qatlam va siyosiy kuchlar esa talabalar noroziligidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urindilar. Shuning uchun ham may inqirozi oxir-oqibatda Fransiya milliy qahramoni, mamlakat Prezidenti de Gollni iste’fo berishga majbur etdi. 1969-yilning aprel oyida de Goll siyosatdan ketdi.U 1970-yilda 80 yoshida vafot etdi.
1969- yilning iyunida bosh vazir lavozimida ishlayotgan J. Pompidu mamlakat Prezidenti etib saylandi.
U saylovda de Goll partiyasi — «Respublikani himoya qilish ittifoqi»ning nomzodi sifatida qatnashdi. J. Pompidu ayni paytda de Gollning eng yaqin
safdoshlaridan bin ham edi. J. Pompidu siyosatda o‘zi tanlagan yo‘lni «vo- rislik va muloqot», deb atadi. Bu iboraning birinchisi de Goll siyosatining davom ettirilishini, ikkinchisi esa muxolifatchi kuchlar bilan ham hamkorlik qilishni anglatar edi.
Ichki siyosatda J. Pompidu davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini kamaytirdi. Biroq ijtimoiy himoya sohasi bo‘yicha qonunchilikni kuchaytirdi. Tashqi siyosatda «muloqot» tamoyiliga amal qildi.Ya’ni AQSH bilan yaqinlashish boshlandi.1973-yilda Buyuk Britaniyaning YEIH a’zoligiga qabul qilinishiga qarshilik qilmadi.Ayni paytda Fransiyaning tashqi masalalarda mustaqil siyosat yuritish yo‘liga sodiqlikni saqlab qoldi.