Angliya XV asrda. Yuz yillik urush tugaganidan keyin Angliya tarixida «Qizil va oq gullar» (1455–1485) urushi nomini olgan urushlar bo‘lib o‘tadi. Bu urushda aholining 1/4 qismi, nomdor feodal zodagonlar – baronlarning deyarli barchasi qirilib ketadi. Yorklarga qarshi Bosvort yaqinidagi hal qiluvchi jangda (1485-yil) g‘olib chiqqan Lankasterlar xonadoni qo‘llagan Genrix Tyudor Angliya taxtiga keladi. Genrix VII Tyudor (1485–1509) davrida qirol hokimiyati kuchayib boradi. Urushlarda qirilib ketgan normand zodagonlari o‘rniga, lordlar palatasiga kiritilgan yangi anglsaks zodagonlari qirolning ishonchini qozonishga intiladi. Umumpalataga taklif qilingan ritsarlar va shaharliklar ham Genrix kiritgan qonunlarni tasdiqlar, unga yangi soliqlar yig‘ishga ko‘mak berardi. 4-§. RUSLARNING BOSQINCHILARGAQARSHI KURASHI Mo‘g‘ullarning Rus yerlarini istilo qilishi. ChingizxonO‘rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so‘ng mo‘g‘ullar 1223-yilda rus yerlariga ham bostirib kiradi. Mo‘g‘ullar rus askarlarini otliq qo‘shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, tor-mor qiladi. Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237–1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo‘shinlari dastlab Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani istilo qilishadi. Rusdagi feodal tarqoqlik mo‘g‘ullarga qo‘l keladi, dastlab Volga bo‘yi shaharlari, so‘ng Kiyev 1240-yilda olinadi. Botuxon yangi bosib olingan hududlarda Oltin O‘rdaxonligini tuzadi. Uning dastlabki poytaxti Saroy BotuVolga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo‘lgan. Botuxon bo‘ysundirilgan aholidan soliq va to‘lovlarni tezroq to‘play boshlash uchun Yaroslavni «knyazlar oqsoqolligi»gatayinlab, unga Vladimir knyazligini boshqarish yorlig‘ini beradi. Mo‘g‘ullar istilosi rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta’sir o‘tkazib, uning taraqqiyotini susaytirdi.