Viloyatlar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti har bir viloyatning ishlab chiqarishning u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvidir Mamlakatni birlashtirish uchun kurash. Shaharlar yuksalishi bilan yangi ijtimoiy tabaqa – shaharliklar soni ko‘paya boradi. Shaharliklar tabaqasi esa feodallar o‘zboshimchaligini cheklaydigan kuchli qirol hokimiyati tarafdori edi. Qirolni, shuningdek, mayda va o‘rta feodallar ham qo‘llagan. Ular kuchli qirol hokimiyati o‘zlarini graflar, gersoglar tazyiqidan xalos etishiga umid bog‘laganlar. Ushbu vaziyatda markazlashtirish jarayoniga faqat yirik diniy va dunyoviy feodallargina qarshi bo‘lishgan. Fransiya qiroli Filipp IIAngliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi. «Ingliz tojining marvaridi» hisoblangan Normandiya XIII asr boshlarida qaytarib olinadi. Tez orada qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi ham qaytailadi. Natijada qirol Fransiyadagi eng kuchli feodalga aylanadi. Qirol mulklarining kengayishi umumdavlat boshqaruv tashkilotlari: Qirol kengashi, Oliy sud va Moliya boshqarmasining tuzilishi bilan yakunlanadi. Lyudovik IXqirol yerlaridagi feodal urushlarini taqiqlaydi. Qirol zarb ettirgan oltin va kumush tangalar Fransiyaning barcha viloyatlarida o‘tishi huquqi belgilanadi. Natijada mamlakatda gersog va graflar zarb etadigan 40 xil pul asta-sekin surib qo‘yiladi. Bu tadbir savdo-sotiqni ham yuksaltiradi. Shu tariqa Fransiya markazlashgan davlatga aylandi. Qirol hokimiyati mamlakatning butun hududini o‘ziga bo‘ysundirdi. Markazlashgan qirol hokimiyati – mamlakat barcha hududining yagona qirol hokimiyatiga itoat etish 1-§. GENERAL SHTATLAR Filipp IV va Papa. Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285–1314) o‘z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion shahri va viloyatini qirol domeniga qo‘shib oladi. Uning keyingi harakatlari mamlakatning shimolidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi. Yevropa hukmdorlaridan Filipp IV birinchi bo‘lib katta yer-mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294–1303) ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to‘lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to‘xtatishini talab qiladi. Fransiya qirolining Papa xohish-irodasiga bo‘ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII Filipp IV ning cherkovdan xoliligini tantanali e’lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi