Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 5 | 2023 ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 sa 889 May, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal tarkibida to„p bilan muomalada bo„lish, egalik qilish, uni boshqarish jihatlaridagi
o„zgarishlarni baholaydigan mashqlar ham bo„lishi kerak, ya‟ni taktik usullarni va
kombinatsiyalarni to„g„ri amalga oshirish maqsadida. Murabbiy futbolchilar ustidan
tizimli kuzatishni iashkillashtirishi lozim, ya‟ni futbolchilarni musobaqada o„zini
ko„rsata olishini inobatga olib va mashg„ulotlar davomidagi harakatlarida.
Kuzatish doirasiga quyidagilar kirishi lozim:
Shug„ullanuvchilarni musobaqa jarayonida o„zini faol ko„rsatishi va o„yinga
bo„lgan layoqatini inobatga olish. Baholash, o„yin davomida futbolchi tomonidan
murabbiy-pedagog bergan ko„rsatmani to„liq bajarishini hisobga oligan holda amalga
oshirilishi lozim (yugurish, sakrash, yurish, yakkakurash, to„p bilan muomalada
bo„lish, usullarni qo„llash, to„pni raqibdan olib qo„yish, zarba, aldamchi harakatlar).
Musobaqalarda shug„ullanuvchilar harakati mahoratini baqarorligini nazorat
qilish. Mahoratini barqarorligini ta‟minlash maqsadida qilingan xatolarni o„rganish,
xatoning vaqti va uning oqibatini, vaziyatini, ilgari qilingan xatolar bilan solishtirish
shuning jumlasidan.
Shug„ullanuvchini tup bilan samarali harakatlarini qayd qilish (%). Ratsional
harakatlar sonini ham inobatga olish.
Shug„ullanuvchini belgilangan vazifani taktik jihatdan bajarganlik darajasi.
Shug„ullanuvchilarni musobaqalar jarayonida psixik qatiyatligini o„rganish.
Pedagog sifatida baholash jarayonida chaqqonlik, ko„rsatilgan vazifani taktik
jihatdan to„g„ri bajarish, vaziyatni tezlik bilan baholash va boshqa shunga o„xshash
sifatlar ahmiyatga molik tomonlardir. Tizimli pedagogik nazorat futbolchilarni
tayyorgarlik jarayonining ajratib bo„lmas qismi hisoblanib, unda o„yinchining
sog„ligi mustahkamlashda va mahoratini o„sishida o„ziga xos o„rinni egallaydi.
Rejlashtirish va nazorat – mashg„ulot tizimini barcha tomonlarini
shakillantirishning asosiy omilidir. Rejalashtirish yordamida bo„lajak mashg„ulot
jarayoni bir tizimga tushiriladi. Mashg„ulotlarni rejalashtirishda shug„ullanuvchilarni
jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi xususiyatlarini inobatga olgan holda
tayyorlanish lozim, ya‟ni u maydonda amalga oshiradigan harakatlarini barqarorligini
ta‟minlash maqsadida. Futbolchini jismoniy holati haqidagi ma‟lumotni majmuaviy
ko„rsatkichlardan o„rganish mumkin, ya‟ni tayyorgarlik jarayonida ifoda etilgan.
Pedagog-murabbiy shug„ullantirish jarayonida mazkur ko„rsatkichlarni bir maqsadga
yo„naltirgan holda ijobiy tomonga o„zgartirishi lozim, ya‟ni bu jihatlarni u
mashg„ulot davomida qilinadigan mashq, texnik va taktik harakatlar yordamida
amaola oshirishi kerak.
Amaliyot davomida pedagog-murabbiy tomonidan quyidagi
holatlarni inobatga olinishi zarur: barqarorlik, joriy va operativ.