Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 5 | 2023 ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 sa 890 May, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Barqaror holat ma‟lum vaqt davomida turg„unlikni saqlash – bir necha hafta,
xattoki bir oy. Barqarorlik ko„rsatkichlarining o„ziga xos jihati, u asosida bo„lajak
mashg„ulotlarni samarali rejalashtirsh imkoniyati yaratiladi.
Joriy holat – bu shunday holatki, sportchi bir yoki bir qancha mashg„ulot
jarayonida ishtirok etib, xosil qilgan jimoniy holat. Barchaga ma‟lumki, har bir
mashg„ulot sportchida qandaydir “iz” qoldiradi, u bir necha kun tanda saqlanib turadi.
SHuning natijasida xosil bo„lgan o„zgarish joriy bo„ladi, shu holatga qarab keyingi
mashg„ulot jarayoni rejalashtiriladi.
Operativ holat – bu shunday holatki, sportchi tomonidan bir yoki birqancha
jismoniy mashq bajargandan keyin organizm tushadigan holat. Operativ holat juda
qisqa davom etadi, uni boshqarish mashg„ulot jarayonidagi og„irlik va engillik
nazoratini belgilab beradi.
Futbolchilarni holatini aniqlashni test va nazorat mashqlari yordamida amalga
oshirish mumkin. Test deb – standart shakildagi vazifalarga aytiladi, u orqali aqliy
rivojlanish, qat‟iyatlik sifatlar, harakatdagi qobilyatlar va inson boshqa sifatlarini
rivojalanish darajasi aniqlanadi.
Ma‟lumki, insonning jismoniy holati tanasining darajasi, sog„ligining holati va
harakat funksiyalarining rivojlanishi orqali ifodalanadi. Tana darajasini turli
antropometrik asboblar yordamida baholash mumkin. Testlar, qaddi-qomat
darajasini baholab beradi, u faqat bosqichma-bosqich nazoratda amalga oshiriladi.
Rivojlanganlik daraja tashqi harakat funksiyalarda harakat sifatini oshish
bosqichida namoyon bo„ladi, uni ko„rsatkichlarini musobaqa mashqlarida natijasi
yaqqol ko„zga tashlanadi. Jismoniy tayyorgarlik darajasi nazorat mashqlarini
o„rganish orqali aniqlanadi, jumladan test yordamida. Eng asosiy talablardan biri
tayyorlangan testlar texnik jihatdan oddiy bo„lishi kerak. Shundagina nazorat
mashqlarida harakatlantiruvchi sifatlarni o„sish bosqichi sharoiti ifodalanadi.
Futbol amaliyotida, odatda quyidagi testlar qo„llaniladi:
1.
Startdan 15 metrga yugurish – start tezligi aniqlanadi.
2.
Yurish holatdan 15 metrga yugurish – “sof” tezlik aniqlanadi.
3.
O„rnida turib yuqoriga sakrash, ikki oyog„i yordamida itiriladi – sakrash
darajasi aniqlanadi.
4.
O„rnida turib uzunlikka sakrash – tezlik kuchi sifatlari baholanadi.
5.
Kuper testi, 12 minut yugurish, chidamlilk aniqlanadi. Ammo mazkur testni
amalga oshirishda tayyorgarlik bosqichini inobatga olish lozim. Agar sportchi
boshlang„ich bosqichda bo„lsa, unga bu test tavsiya qilinmaydi.
6.
500 metrga yugurish, tezlikdagi chidamlilikni baholash
imkonini beradi. Bunda futbolchini yoshi inobatga olinishi lozim.