Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 5 | 2023 ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 sa 891 May, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Agarda sportchi yosh bo„lsa 300 metr kifoya qiladi.
Futbolchilarni chaqqonlik, abjirligini maxsus testlar yordamida aniqlash qiyin
masala. Chunki unga mos keladigan testni tanlab olish qiyin, ya‟ni o„yindagi real
vaziyatni hosil qiladigan. Shu sababdan koordinatsion qobilyatlarni baholashda
shunday testlardan foydalaniladiki, ya‟ni futbolchi unda bir qancha harakat, kuch va
mahoratni ifoda etishi lozim.
Futbolchini texnik qobilyatlarini bir necha usullar yordamida aniqlash mumkin.
Eng oddiy yo„llardan biri – o„yinchining texnikasiga vizual baho berishdir (ma‟lum
metod turlaridan).
Mashg„ulot jarayoniga jismoniy tayyorgarlik nuqtai nazaridan qaralganda,
quyidagilarni qayd qilish lozim,
birinchi navbatda, rivojlanish darajasini baholash,
jismoniy tayyorgarlik davrida ko„rsatilgan bosqisda futbolchini jismoniy holatidagi
o„zgarishini mazkur bosqichga mos kelmasligi.
Ikkinchi navbatda, jismoniy
tayyorgarligidagi tebranish, futbolchining shug„ullanganlik darajasini muhokama
qilish imkonini beradi, jumladan organizimining ko„rsatkichlarini ob‟ektiv ifodalab
beradi. Shu sababdan aksari malakali murabbiylar futbolchilarni jorif holatlarini
baholashda aniq baho berishadi, ya‟ni bir necha nazorta mashq yordamida.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz tomondan talabalarni jismoniy
va texnik holatlarini aniqlash maqsadida pedagogik nazorat amaliyoti o„tkazildi va
olingan natijalar bo„yicha quyidagi xulosalar qilindi:
jismoniy rivojlanish jarayoni, talabalar yoshini inobatga olgan holda mos
keladi;
tezlik darajasiga baho berilganda, bir nechtasini inobatga olmaganda ijobiy
natijaga erishildi;
tezlanish kuchi umummiy olganda jamoada o„rtacha darajada yaxshi
shakillangan;
boshlang„ich bosqichdagi futbolchi talabalarda chidamlilikni aniqlash
maqsadida 300 metrga yugirtirganimizda qoniqarli natijaga ega bo„ldik.
Texnik mahoratini aniqlash yuzasidan o„takzgan testimizda quyidagi
natijalarga ega bo„ldik:
To„p bilan bir joyda va yurgan holatda ikki oyoqda ham jonglirovat qilish, to„p
bilan mohirona harakat qilish, ya‟ni ikki to„siq orasida, 2x2 devordagi nishoni to„p
bilan urish. Umuman olganda jamoadagi texnik va taktik mahorat o„rtacha me‟yorda
shakillangan. Shu asosda bo„lajak mashg„ulot jarayoni rejalashtiriladi.