mavzu. 3-sinf «Tabiatshynoslik» darsligi bilan tanishish va tahlil.
Tayanchtushunchalar:Fenologik kuzatishlar, gigiyena, Tuproq, Nerv sistemasi, Sezgi organlari.
3- sinflarda «Geografiya»ni o’qitish metodikasi
«Geografiyani» alohida predmet sifatida o‘qitish 3- sinfdan boshlanadi. O’quv materiali - «Tabiatda suv va havo», «Foydali qazilmalar», «Tuproq»,
«O’simliklar dunyosi», «Hayvonot dunyosi», Tabiat va inson salomatligi, «Tabiat va inson» mavzulariga birlashtirilgan. Geografiya bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga faqat jonajon tabiat go'zalligi va boyliklarinigina emas, balki barcha xalqlar bilan qardoshlarcha hamkorlikda rivojlanayotgan respublikamizning tabiatini ko‘rsatishga ham imkon beradi.
O‘z Vatanining tabiati va odamlari mehnati to‘g‘risidagi bilimlaming keng doirasi o‘qituvchiga umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etgan eng muhim ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish mas’uliyatini zimmaga yuklaydi.
3- sinfda o‘quvchilar ob-havoni muntazam kuzatishni davom ettiradilar, bulutlanishni, shamol kuchini (kuchli, kuchsiz, mo'tadilligini) belgilaydilar. Fenologik kuzatishlar o'tkazishda davom ettiradilar: kunning uzunligini taqvim bo’yicha, barglarning sarg‘ayishini, xazonrezgilikni, yil fasllari bo'yicha O‘simlik va hayvonlar holatini belgilaydilar. Har oyning oxirida kuzatishlar umumlashtiriladi va yig‘ma jadvalga kiritiladi. Unda joriy oyning fenologik xususiyatlari belgilanadi. Kundaliklarga o‘simlik va hayvonlar ustida olib borilgan umumlashgan kuzatishlar
yoziladi. O‘quvchilar jonsiz tabiatdagi o'zgarishlaming o‘simlik va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar bilan uzviy bogliq ekanligi haqida xulosa chiqaradilar, qanday bog'liqligini o'rganadilar.
Наr kuni ob-havo, o'simlik va hayvonlar holatini belgilab, o‘quvchilar joriy kuzatishlarini o‘tgan yili shu kunda o'tkazgan kuzatishlari bilan solishtiradilar. Bunday ish kuzatishlarga qiziqishni, ishning sifatini oshiradi, geografiya tushunchalarini chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. «Tabiat va odam» mavzusini o'rganishda bolalar tabiat, jonli va jonsiz tabiat tabiatdagi o'zaro bog'liqliklar, tabiatni asrab-avaylash haqidagi ma’lumotlarga ega bo'lishadi.
«Tabiat jismlari» mavzusini o'rganishda bolalar kuzatish, tajriba, ekskursiya, amaliy ishlar o'tkazish yo'li bilan o'simlik va hayvonot dunyosining mahalliy vakillari, o‘z joyi yuzasining shakllari, suv havzalari va suvning xususiyatlari, tuproq hamda foydali qazilmalar bilan tanishadilar.
Bolalar uchun «Bizning o'lka» tushunchasi, avvalo, ularning uylari va maktabi joylashgan joydir, chunki ular, ayniqsa, atrof joyda bevosita kuzatishlari mumkin bo‘lgan tuproq, o'simliklar, hayvonlar, yer yuzasining shakllari, suv havzalari, foydali qazilmalari bilan ko‘proq tanishadilar. «Tabiat jismlari» mavzusini o‘tishda o'qituvchi o‘quvchilaming tabiat obyektlarini kuzatishlariga, ularni «Kundalik kuzatish daftari»da, sinfning tabiat va mehnat kalendarida qayd qilishlariga, kuzatishlami umumlashtirishlariga, shuningdek, darslik sahifalaridagi topshiriqlami bajarishlariga alohida e’tibor berish kerak.
Bolalar ekskursiyada tuproq bilan tanishadilar, tuproq kesmalarini ko’rib chiqadilar. O'qituvchi ular e’tiborini yer ostida joylashgan tuproq qatlamlari va tog’ jinslarining yotishiga qaratadi. Amaliy ish va tajribalar jarayonida o‘quvchilar tuproq tarkibini bilib oladilar, o‘z o'lkalari tuproqlarining xilma-xilligi to‘g‘risida tasawur hosil qiladilar. Bu bo'lim birinchi bo'lib o'rganiladi, chunki u o'quvchilami qishloq xo'jaligi mehnati bo'yicha mashg'ulotlarga (tuproqni kuzda haydashga, ко‘chat qalinligining ildizmevalar hosiliga va manzarali o'simliklaming gullash vaqtiga, o‘g‘itlashning ildizmevalaming hosiliga, gul manzarali o'simliklarining o'sishiga ta’sirini o'rganish bilan bog'liq bo'lgan tajribalar qo'yishga) nazariy
jihatdan tayyorlaydi. Tuproq tarkibi to‘g‘risida tasavvurga ega bo’lmay turib, o‘quvchilar madaniy o'simliklaming o'sish va rivojlanishi to‘g‘risidagi bilimlami ololmaydilar.
Mahalliy o'simlik va hayvonlaming bir necha turlari bilan o‘quvchilar tabiat va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga, shuningdek, o'quv-tajriba maydonchasiga o‘tkazilgan ekskursiyalarda tanishadilar. E’tibor jonli tabiat burchagi hamda tabiatning o'zida o‘simlik va hayvonlaming o‘sishi va rivojlanishini kuzatishga qaratilishi kerak. «Suv» mavzusi bilan tanishgan o‘quvchilar tabiatda suv, suvning uch holati, tabiatda suvning aylanishi, suvni asrab-avaylash, ehtiyot qilish, suvni ifloslanishdan muhofaza qilish haqidagi bilimlarga ega bo’lishadi. Bolalar O‘zbekistonning eng katta daryolari, ularning hosil boiishi, quyilishi, boshlanishi, o'zani to‘g‘risida dastlabki bilimlami oladilar. Ular tabiatdagi suv bilan mahalliy suv havzalariga ekskursiyaga borganlarida tanishadilar.
«Foydali qazilmalar» mavzuchasi quruqlik har xil tog' jinslaridan: granit, qum, loy, kalsit va boshqalardan iborat ekanligi to'g'risidagi dastlabki tasavvurni beradi, foydali qazilmalarning xususiyatlarini o‘rganish mavzuda markaziy o'rinni egallaydi. Ularni o'rganish predmetli darslarda kuzatishlar o'tkazish yo‘li bilan olib boriladi. Ekskursiyalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, bolalar foydali qazilmalami qazib olish, ishchilar mehnatini mexanizatsiyalash bilan tanishishlari, o'lkamizni turli foydali qazilmalarga boy ekanligini bilib olishlari mumkin.
«O‘simlik va hayvonot olami» mavzusida o‘quvchilar o'simliklaming xilma-xilligi, suv o‘tlari, moxlar, xushbo‘y hidli o‘simliklar, dorivor o‘simliklar va ularning ahamiyati haqida dastlabki tushunchalaiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, dalalar, bog‘lar, tomorqalarda o'sadigan madaniy o'simliklar, manzarali, texnik, g‘o‘za, donli o‘simliklar haqida ham ma’lumotga ega bo’lishadi. Ekinzorlaming foydali va zararli hasharotlari, bog‘laming doimiy hasharotlari, ipak qurti va uning ahamiyati haqida ma’lumotlar ham bu mavzuda atroflicha yoritilgan. Hayvonot olamining xilma-xilligi, ovqatlanishi, oziqlanish zanjiri va uning ayrim odamlar ta’sirida buzilishi, oiganizmlaming tabiiy sharoitda moslashuvi haqidagi dastlabki bilimlarni ham o'quvchilar bu mavzuni o'zlashtirish jarayonida bilib olishadi.
«Sog’ligimizni saqlaymiz» Ko'rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan birga bolalarni gigiyena qoidalarini amaliy jihatdan bajarishga ham o‘rgatish zarur.
Gigiyenik bilimlaming muvaffaqiyatli egallab olinishi o'qitish- ning barcha xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo'llash bilan ta’minlanadi. Shu maqsadda
«Sog’ligimizni saqlaymiz” mavzusini o‘rganishda o‘z-o‘zini kuzatishdan keng foydalaniladi, uning yordamida faqat organizmda kechayotgan jarayonlami aniqlabgina qolmasdan, balki salomatlik holatini belgilash ham mumkin. Masalan, yurak mushaklarining qisqarishiga binoan, yurak va o‘pka ishining me’yorda yoki me’yorda emasligi to‘g‘risida fikr yuritiladi Imkoniyat boricha gigiyena qoidalarini muntazam bajarishga intilishni uyg‘otuvchi xilma-xil hissiy ta’sir ko‘rsatish vositalaridai foydalanish kerak. Bunday vositalarga qo‘l, yuz va bo‘yin terisin toza yuvishdan, kiyimlarning bashangligidan, tishlarninj sog'lomligidan, xonaning tozaligidan, harakatning chaqqonligidai vujudga kelgan yoqimli taassurotlarni kiritish mumkin. Ayrin hollarda aksincha, salbiy hayajonlarni, masalan, ifloslik pashshalar va hokazolarga nisbatan vujudga keltirish kerak O‘quvchilami sanitariya tarbiyasida «Salomatlik burchagi»ni tashki etish katta ahamiyatga ega, uning materiallarini o‘qituvch o‘quvchilar bilan birga tayyorlab boradi. «Burchak»da bolalam sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilishga chorlab turuvch plakatlar, shiorlar osib qo‘yiladi, materiallar yangilanib turiladi
«Sog’ligimizni saqlaymiz» mavzusini o‘rganishga bag'ishlangai darslarda bir necha daqiqani sanitar — o‘quvchilaming shaxsi; gigiyena qoidalarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlariga ajratisl ma’qul bo'ladi. Bu bolalami intizomli qiladi, ularda mas’uliyatn his etishni tarbiyalaydi. Gigiyenik bilimlar hamda ko’nikmalarn egallab olishga bolalarni odam tanasining tuzilishi va a’zolarinin] vazifalari to‘g‘risidagi oddiy ma’lumotlar bilan tanishtirish yordan beradi. Bolalar odam organizmining bir butun ekanligini tushunib olishlari kerak.
sinf o‘quvchilariga muskullar bilan qon aylanish, muskullar bilan ovqatlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar tushunarli. «Nerv sistemasi» va «Sezgi organlari» mavzularini o‘rgana borib, ular fazalar o'rtasidagi, shuningdek, organizm bilan atrof- muhit o‘rtasidagi aloqalarning qanday amalga oshishi to‘g‘risida ma’lumotlar
oladilar. Bu bilan bir qatorda o'quvchilar ovqatlar va ovqatlanish qoidalari, pashshalardan ehtiyot bo'lish, chekish va uning oqibatlari, yuqumli kasalliklar va ulardan saqlanish tartib qoidalari, spirtli ichimliklarning zarari haqidagi dastlabki tushunchalarga bu mavzu orqali ega bo'lishadi.
Gigiyenik bilimlar va ko‘nikmalarni o‘qitishni shakllantirishri faqat o‘qish vaqti bilan cheklamaslik kerak. Salomatlikni muhofaz qilishga, kun tartibini, shaxsiy ijtimoiy gigiyena qoidalarin bajarishga, o'quvchilar turmushiga jismoniy mashqlar hamda sport o'yinlarini tatbiq qilishga bag‘ishlangan o‘qishdan tashqari vaqtlarda suhbatlar, kinofilmlar namoyish qilish, shu mavzuga bog‘liq ertaliklar o‘tkazish darslarda olingan bilimlar hamda ko'nikmalami chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.
Gigiyenik ko’nikmalarni yanada shakllantirish uchun maktab bilan oila aloqasini mustahkamlash kerak. Bunda ota-onalar o‘rtasida sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish g‘oyat muhimdir. O‘qituvchi ota-onalarni o'zining o'quvchilarning sanitariya- gigiyena jihatdan tarbiyalash sohasidagi ishlari bilan tanishtirishi va asosiy e’tiborni nimalarga qaratish zarurligini ko‘rsatish zarur.
O‘qituvchi, shuningdek, oilada gigiyenik ko'nikmalami mustahkamlash borasida ham g'amxo’lik qilishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchilarning uylariga borib, bolalar gigiyena talablariga qanday rioya qilayotganliklari, pardoz buyumlari, ko‘rpa- yostig‘ining alohida bo'lishini, dars tayyorlash joyining qanday ahvolda ekanligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar oladi. «Ekologiya» mavzusi orqali o'quvchilar ekologiya — tirik mavjudotning yashash muhiti bilan aloqasi haqidagi fan ekanligi, insonning o'simliklar, hayvonlar, jonsiz tabiat bilan o‘zaro aloqasi haqidagi bilimlarga ega bo’lishadi. Tirik organizmning havo, suv, tuproq bilan o‘zaro aloqasi, jonsiz tabiatning inson hayotidagi orni, issiqsevar va sovuqqa chidamli o'simliklar, hayvonlarning mavsumiy haroratga moslashuvi, havo va hayot, suv va hayot, quruqlikka chidamli suv o'simliklari, namlik yetarli bo'lmagan sharoitga hayvonlar moslashuvi, ko'rinmas piramida va ekologik halokat kabi masalalar bilan tanishishadi. Bu mavzularni o'rganish jarayonida 3- sinfdagi ekologiyaga oid
tushuncha va tafakkurlarni nazariy usuldan 4- sinfga kelib turli ko'rgazmali qurollar orqali amaliy usulda tatbiq etishadi.