Geografiyani alohida o‘quv predmeti sifatida o'qitish 4- sinfda ham davom etadi. O‘quv materiali «Yer- Quyosh sistemasidagi sayyora», «Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi», «Vatanimiz bo’ylab sayohat», «O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish» kabi materiallarni birlashtiradi.
«Atrofimizdagi tabiat» mavzusini o'rgana boshlashda bolalar yozgi topshiriqlarga yakun yasaydilar, jonajon o‘lka tabiati to'g'risidagi materialni takrorlaydilar va jonli tabiat, uning asosiy belgilari, jonajon o'lkamizning iqlimi haqida ma’lumotlar olishadi. Keyin «Geografik xarita» mavzusi bilan tanishadilar. Amaliy ish va mashg'ulotlar jarayonida ayrim narsalarni, sinfni, maktab maydonchasini rejada qanday tasvirlash kerakligi bilan tanishadilar. Bu mavzu o‘quvchiIarni geografiya xaritasini tushunishlarida asos bo’lib xizmat qiladi. O‘z joyini o'rganishga asoslanib, o‘qituvchi o‘quvchilarda O‘zbekistonning tabiiy xaritasi to‘g‘risida, keyin esa xarita bilan ishlash butun o'quv yili davomida davom etadi. Xaritalarda foydalanilgan shartli belgilar bilan o‘quvchilarni tanishtira borib, ularni o‘z o'lkasi tabiatining tegishli rasmlar bilan taqqoslashi kerak. Shunga intilish kerakki, xarita ham bolalar uchun kitob kabi bilim manbai bo’lib qolsin.
«Yer - Quyosh sistemasidagi sayyora» mavzusi orqali o‘quvchilar globus - yerning kichraytirilgan shakli ekanligi, Oy Yerning yo'ldoshi, Yerning harakati, kun bilan tun, issiqlik va yorug‘likning Yerda taqsimlanishi, Yerning sun’iy yo'ldoshlari va raketalar haqidagi dastlabki bilimlarga ega bo'lishadi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida yarim sharlar xaritasi, globus bilan ishlash nechta okean, qit’a mavjudligi, bizning davlatimiz - O‘zbekistor Yer sharining qayerida joylashgan, nima uchun Oy Yerning yo‘ldoshi deb atalishi, qaysi xususiyatlari bilan Yerdan farq qilishi quyosh va uning Yerdagi hayot uchun ahamiyati, kun va tunning hamda yil
fasllarining hosil bo‘lishi kabi savollarga javob topishlar va bajarishlari lozim.
«O'zbekiston - globus, dunyo va xarita» mavzusini o‘quvchilar Vatanimiz chegaralari, O‘zbekistonning tabiiy va ma’muriy bo'linishi, uning viloyatlari haqidagi bilimlami o‘zlashtirishdan boshlashadi. «O‘lkamizning Yer yuzasi» mavzusi orqali insonlar ta'siri tufayli Yer yuzasining o‘zgarishi, o‘z o‘lkasining tuzilishi tekisliklar, tepalik, jarlar, tog‘lar, ularning o‘simlik va hayvonot dunyosidan namunalar bilan tanishishadi. O‘z o‘lkasining maydoni bilan tanishish maqsadida ekskursiya uyushtirish, amaliy ishlar ya’ni qum va plastilindan tog‘lar va jarlar shakllarini yasash, Yer yuzasining tuzilishini chizish kabi ishlarni bajarish maqsadgi muvofiqdir. «O‘lkamiz suv havzalari» mavzusi orqali esa o‘quvchilar Yerda suv, buloq, daryo va uning qismlari, suv havzalari sohilining tabiati, ularning o‘simliklari va hayvonot dunyosi, suv havzalarini muhofaza qilish haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. Amaliy darslarda esa xarita va globuslarda daryolar tasvirlanishini taqqoslash, daryo tuzilishini chizish, o‘z viloyatlari xaritalaridan qanday daryolar, suv omborlari borligini aniqlash kabi ishlarni bajarish tavsiya etiladi.
«Tabiatning xilma-xilligi» kichik mavzusi bolalarni mamlakatimiz tabiatining xilma-xilligi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar bilan tanishtiradi. Bu ma’lumotlar o'quvchilarga tabiiy geografiya kursida tabiiy hududlari to‘g‘risidagi materialni o'zlashtirilishini osonlashtiradi.
«Tabiatning xilma-xilligi» mavzusini muvaffaqiyatli o‘rganish uchun xaritalaridan, gerbariy, devoriy surat, kinofilm, rasm, jurnal va gazetalardagi fotosuratlardan, radio va teleko‘rsatuvlardan, berilgan Gidrometeorologiya xizmati xabarlaridan keng foydalanish zarur. O‘quvchilarni daftarda yozilgan har bir hududning tabiiy sharoitlari xarakteristikasi: 1- xaritadagi holati; 2- yuzasi; 3- daryo va ko'llari;
yil fasllari; 5- o‘simliklari; 6- hayvonot dunyosi; 7- shahar va qishloqdagi odamlar mehnati kabilarni o‘z ichiga olgan rejadan foydalanishga o'rgatish kerak. Ular xaritadan har bir hududni, u qaysi qismida joylashganligini ko’rsatib bera olishlari kerak. Tabiiy zonalar relyefi umumiy doirada, masalan, «asosan tekisliklar va tog'lar va hokazolar bor» tarzida ta’riflanadi. Yil fasllarini xarakterlash qish va yozning
xarakterli harorati va yog‘inning ko‘p-ozligini tasvirlash bilan birga olib boriladi. Bunda yil fasllarining xususiyatlarini shu mintaqada Quyoshning yoz va qish vaqtlarida yoritish xarakteri bilan bog'lash lozim. Masalan, «Cho'lda Quyosh yozda ufqdan yuqoriga ko'tariladi va deyarli tik tushuvchi nurlari Yer yuzasini kuchli qizdiradi» yoki «Tundrada, hatto yozda ham Quyosh ufq ustida pastda turadi va uning nurlari Yer yuzasi bo'ylab qiya holda o‘tadi, uni kuchsiz qizdiradi» shaklida. Bolalarni u yoki bu zonaning xususiyatlarini jonajon o‘lkasi tabiati va odamlar mehnati bilan solishtirishga o'rgatish g‘oyat muhimdir. O‘quv materialini taqqoslash bilan o‘rganish tafakkurni rivojlantiradi, bilimni konkretlashtiradi, predmetga
qiziqishni oshiradi.
O‘lkamizning turli hududlarida yil fasllarining kechishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar to‘plash uchun Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, ular har kuni radio va teleko'rsatuvlarda berib boriladi, gazetalarda e’lon qilinadi. Bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantiris uchun xarita bo'ylab xayolan sayohat o‘tkazish foydalidir. Sayohat vaqtida bolalar yo‘lga nimalar kiyib olishlarini, yo‘lda nimalarni ko‘rishlarini, qanday o'simlik va hayvonlar uchrashini aytishlari kerak bo‘ladi. Bu mavzuni o‘zlashtirishda, ayniqsa, O‘zbekiston hududidagi tabiiy zonalarni tahlil etishga keng o‘rin berilgan Cho‘llar tabiati, cho’lning inson tomonidan o‘zlashtirilishi, cho'l o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqidagi bilimlarni o‘quvchilar cho‘l zonasini o'zlashtirish mavzusi orqali bilib olishadi. «Tog’ tabiati» O‘rmon zonalari tabiati» mavzulari orqali o‘quvchilar xaritalarda ularning joylashishi, ob-havo xususiyatlari, tabiiy boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, hamma zonalarda inson ta’siri tufayli bo'ladigan o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Amaliy darslarda xarita bilan ishlab, ularning tasvirlanishini tahlil etish, o‘z o‘lkasida mavjud bo’lgan zonalarga sayohat uyushtirish o‘simliklardan gerbariylar yasash, hayvonot dunyosini tasvirga tushirish, rasm chizish va hokazo ishlarni bajarish tavsiya etiladi. Shunday ekan, u yoki bu zonaning tabiiy sharoitlarini ta’riflashda bolalar ko’proq o‘simliklar dunyosiga e’tibor berishlari kerak. Bunda o‘simliklarga umumiy xarakteristika
berish, o'simliklaming tipik turlarini ta’riflash va ularning gerbariy namunalarini ko‘rsatish kerak. Shunga ko’ra o‘simliklarni o'rganishga bag‘ishlangan darslarni predmetli dars sifatida tuzish maqsadga muvofiqdir. Bunda tarqatma materiali sifatida gerbariylardan landshaft to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish uchun esa suratlardan foydalaniladi. Bolalarga o‘simliklar dunyosi bilan iqlim o‘rtasidagi bog‘lanishni (masalan, dashtlarda yozda o‘simliklarning oz bo’lishini, chunki bu vaqtda tuproq va havoda namlik yetarli bo‘lmasligini aytish) o‘rgatish g‘oyat muhimdir
Hayvonot dunyosining ta’rifi bolalarga tanish bo’lgan yovvoyi hamda uy hayvonlarining guruhlari bo’yicha sistematik tasvirlardan iborat bo'lishi kerak. Bunda hayvonning tashqi ko’rinishi, nima bilan oziqlanishi, ovqatni qanday topishi, ba’zi xulq-atvori, odam uchun foydali yoki zararli ekanligi ko’rsatiladi.
O‘lkamiz biror qismining tabiiy xususiyatlarini o'rgana turib, o‘quvchilar uning uchun xarakterli bo’lgan qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishning turlari to‘g‘risida tasavvur olishlari kerak. Mavzuni o'rganish O‘lkamiz hayoti bilan chambarchas bog‘lanishi lozim.
Geografiya bo’yicha O‘zbekiston maktablari uchun tuzilgan dasturda tabiiy hududlami o‘rganish shimoldan janubga qarab emas, balki janubdan shimolga tomon olib borishga asoslangan. Bu o‘qitishning muhim tamoyili — «Yaqindan uzoqqa borish» tamoyili bilan izohlanadi.
Daftarlarda har bir tabiiy zonani xarakterlovchi yozuvlar yozish, bezak tanlash yoki rasm chizish, O‘simlik va hayvonlaming nomlarini qayd etish kerak bo‘ladi.
«O'zbekiston tabiatini asraymiz», «Foydali qazilmalar» hamda «Tabiat muhofazasi» mavzulari orqali o‘quvchilar tuproq va undan foydalanish, o‘lkamiz o'simlikshunosligi, o‘lkamiz chorvachiligi, O‘zbekistonning foydali qazilmalari, tabiatga g‘amxo‘rlik, «Qizil kitob» - ogohlik belgisi, qo‘riqxonalar, toza havo, toza suv - salomatlik garovi, Vatanimizning tabiiy yodgorliklari, tabiatni e’zozlash kabi masalalar bilan tanishishadi.
«Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi» mavzusini o‘rgana turib, o‘qituvchi tabiat muhofazasi bo’yicha qonuniy hujjatlar, ularni har biri
jamiyatimiz fuqarosi tomonidan bajarilishi zarurligi to‘g‘risida gapirib berishi kerak. Mavzuda alohida e’tibor tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishlarga qaratiladi.
Tabiat muhofazasiga oid masalalar geografiyaning deyarli barcha bo’limlariga daxldordir. Mavzuning asosiy masalasi tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi ilgarigi darslarda bayon qilingan ayrim ma’lumotlarni bildirish, tabiat muhofazasi bo'yicha qanday tadbirlar amalga oshirilayotganligini o‘quvchilarga ko‘rsatishdir.
Tabiat muhofazasining ma’nosi va ahamiyatini o‘quvchilarga ocha borib, o‘qituvchi bu mavzuning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini e’tiborda tutishi kerak. Tabiat faqat jamiyatning moddiy hayoti uchun boylik olish manbaigina bo’lib qolmasdan, balki xalq ma’naviy boyligining asosi hamdir.
O‘qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorli bilan foydalanish to‘g‘risida qanday g‘amxo‘rlik qilinayotganini gapirib berishi, o'quvchilarni O‘zbekiston Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi modda bilan shuningdek, O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish jamiyatining nizomi bilan tanishtirib borishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Tabiat muhofazasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik bolalarda kompleks tarbiyaning muhim qismi sifatida, vatanparvarlik hissini shakllantirishda, inson va tabiat o'rtasida oqilona o'zaro munosabat o‘rnatishda g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiat muhofazasi masalalarini o'rganish ushbu mavzu bilan cheklanmaydi. Bu geografiya kursining bosh masalasidir. Tabiat muhofazasi bo’yicha amaliy faoliyat bolalarda tabiiy boyliklarni himoya qilish hamda ko'paytirishga intilishni rivojlantiradi. Shunga ko'ra ularni qushlar uchun oziqa tayyorlashda qatnashishga, kech kuz, qish va erta bahorda qushlarni boqishga, gul, manzarali o‘simliklar urug'larini yig‘ishga, ularni aholi o'rtasida tarqatishga, mahallalarda, ko‘kalamzorlarni parvarish qilishga, tuproqni, yemirilishdan saqlovchi o'simliklarni o‘stirishg jalb qilish kerak.