Geografiyani o‘qitish metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog'liqdir. Shu fanlar bilan bo'ladigan aloqa o‘qituvchining o‘sha fanlar asoslarini egallagan bo‘lishida, ularning eng muhimlarini ajratib, materiallami o'quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda tushuntira olish uquvlarida namoyon bo'ladi.
Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va xaraktemi o‘z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o'qish, mehnat, o‘yin, muloqotlaming dalillari alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bolishi kerak. Uni o'qituvchi hisobga olmasa, tabiat to‘g‘risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirib yuboradi.
Shunday qilib, tabiat bilan to‘g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida go‘zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o‘z harakati va ishini o‘zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy me’yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o'rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. Shuningdek, Geografiyani o‘qitish jarayoni faqat o'qituvchinigina emas, balki o'quvchilar faoliyatini ham o‘z
ichiga oladi. O‘qitishning natijasi dasturda mo'ljallangan materialning puxta o'zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o'qitish metodlari va o'quvchilarga o'quv jarayonini tashkil etish shakllarini o’rganish, ularning materialni o'zlashtirib olish jarayonini o‘rganishlari bilan birga boradi.
Respublikamiz xalq ta’limi o'ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o'ziga xoslik, eng avvalo, ta’lim-tarbiy, mazmunini milliylashtirish, ya’ni o'zimizning juda boy o'tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o'z mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo'lgan milliy urf - odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodni o'qitish baxtiga muyassar bo'lganimizda ko'rinadi. Bu narsa hammamizning qalbimizda g'urur hislarini to'lqinlantiradi. Mana shu sharoit barchamizdan juda katta ko'tarinkilik bilan jamiyatimizning yosh avlodini yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy g'urur ruhida tarbiyalashimizni taqozo etadi. Yuksak axloqi sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, o'zimizda bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta’lim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqozo etadi. Bugun eski uslub bilan yangi vazifalarni amalga oshirib bo’lmaydi. Har kuni talaygina yangilik, yangi texnologiyalar yurtimizga kirib kelmoqda. Yangi texnologiyalar o‘z tushunchalari, bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyoti, fan-texnika taraqqiyotining darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda. Vatanimizning pedagogik taraqqiyoti ham bundan mustasno emas. Hozirgi milliy pedagogikamizning daraxti ikki hayotbaxsh irmoqdan suv ichadi. Biri- ming yilliklar davomida shakllanib, gavhar zarralaridan hosil bo'lgan milliy tarbiya tajribasi bo‘lsa, ikkinchisi -jahonning ilg‘or, sinalgan pedagogik innovatsiya yutuqlaridir. Fan va amaliyot birligi ta’minlanishi uchun maktab pedagogik faoliyati ham bundan mustasno bo'lmasligi lozim. ≪Yangi pedagogik texnologiya≫,
≪pedagogik diagnostika≫, ≪kibernetik pedagogika≫, ≪test-reyting≫ kabi tushunchalarning tub mohiyatini ozlashtirmasdan, ulardan oquv-tarbiya jarayonida foydalanmasdan turib, biz jahon pedagogik integratsiyasida o‘zimizning munosib mavqeyimizga erishmog‘imiz mushkul bo‘ladi.