G’. M. Sayfullayev


Oz komplektlangan maktablarda kuzatishlarni yuritishning xususiyatlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə129/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Oz komplektlangan maktablarda kuzatishlarni yuritishning xususiyatlari.


Kuzatish tabiat jismlari va hodisalarining tabiiy sharoitlarda maqsadga yo'nalgan holda bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olish yoki laboratoriya sharoitida ularni qayta tiklashdir.
Ko‘rgazmali metodlarda o'quvchilaming kuzatishi amaliy metod sifatidagi kuzatishdan tubdan farq qiladi. Birinchi holatda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan namoyish qilinayotgan jadval, tajriba va shunga o‘xshashlarni kuzatadilar. Ikkinchi holatda o‘quvchilar amaliy kuzatish ishlarini bajaradilar: o'simliklarni yoki ularning qismlarini o'lchaydilar, hisoblaydilar, yozadilar, rasmlarini chizadilar, quritadilar va hokazo. Bu kuzatish natijasida o'quvchilar kuzatgan jism yoki hodisani isbotlovchi materialni topshiradilar. Bunday kuzatish, aniqlash va eksperimentlar darsda, uyda, ekskursiyada va maktab maydonchasida o'tkazilishi mumkin.O'quvchilar bevosita rahbar o'qituvchining og'zaki va yozma topshiriqlarini mustaqil ravishda bajaradilar. I.P.Pavlov yozganidek, «Kuzatish tabiat taqdim qilganlarni to'playdi, tajriba esa tabiatdan o'z istaganini oladi». Kuzatishlar o'zining bajarilishi muddati bo'yicha ikki: qisqa muddatli va uzoq muddatli guruhlarga bo'linadi. Qisqa muddatli kuzatishlar to'laligicha dars tizimiga kiritiladi va tarqatma material bilan bajariladi. Ammo kuzatishning borishi va natijalari darsda ma’lum qilinib, namoyish etiladi. O`quvchilar qisqa muddatli kuzatishlarni o'qituvchining topshirig'i bilan ekskursiyalard o‘tkazadilar (tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni ta’riflash muayyan sharoitlarda o‘simliklami yig‘ish). Tabiatda olib boriladigai uzoq muddatli fenologik kuzatishlar va maktab yer maydonidagi kuzatishlar keng qo‘llaniladi. Kuzatish tabiatni o‘rganishning ko‘rgazmali metodidir Geografiyani kuzatish deganda atrof borliqning jism va hodisalarini rejali ravishda, maqsadga yo‘nalgan holda, ongli tashkillangan qabul qilish tushuniladi. Kuzatishlar ikki belgi muayyan maqsadning bo‘lishi va diqqatni kuzatish obyektini bilgan holda to‘plash bilan xarakterlanadi.o‘qitishning boshlang'ich bosqichlarida o‘qituvchi o‘quv chilarning kuzatishlarini tashkil qila turib, ularni oldin safarba qilishi yoki kuzatish mo'ljallangan jismni ongli qabul qilib olish uchun kerakli ma’lumotlarni aytishi, kuzatiladigan obyektning muhim xususiyatlarini ajratishi, kuzatishning izchilligini ko'rsatish zarur. Kuzatishsiz o'quvchilar tabiat jismlari va hodisalari, ularning
xususiyat hamda sifatlari, ular o‘rtasida mavjud bog‘lanishlar haqida to‘g‘ri tasavvurlar ololmaydilar. O`quvchilarda tegishli tasavvurlarning hosil bo‘lishi qabul qilishning boyligi va to'liqligiga bog'liqdir. Kuzatishda o‘quvchilar faqat kuzatilayotgan obyektlarning tomoshabini bo’lib qolmas dan, balki ularning xarakterli xususiyatlarini bilib olishga intila dilar. Masalan, chinor va zarangning barglari rangini O`zgarishi ni kuzatib, o‘quvchilar shu daraxtlar nihollarining barglarin bir-biri bilan taqqoslaydilar va ularning farqlanadigan hamda; umumiy belgilarini aniqlaydilar: yashik yoki maydonchaga O`simlik urug‘larini ekib, o‘simtaning urug‘ qobig'ini qanday yorib chiqayotganligini, birinchi barglar qanday vujudga kelayotganini va o‘simlikning rivojini kuzatadilar. Jism va hodisalami kuzatish, ularni taqqoslash, O`xshashlik va farqlarini aniqlash tafakkur, diqqat hamda irodaning rivojlanishiga; yordam beradi. Kuzatish jarayonida, amaliy xarakterdagi bilimlar masalan, O`simliklar dunyosining xarakteriga qarab, joyda; oriyentirlash; hayvon va o`simliklarning xulq-atvori, tabiatdagi o`zgarishlarga qarab, ob-havoning o'zgarishini oldindan aytib berish; mehnat darslarida Geografiya materialidan foydalana olish (tabiiy materiallar — mevalar, urug'lar, barglar, po‘stlog’ bilan ishlash) uquvlarini hosil qiladilar. 1—3- sinflardagi kuzatishlardan o'quv shaklining xilma-xil shakllarida: 1) sinfdagi dars va amaliy mashg'ulotlarda;
2) ekskur- siyalarda; 3) tirik tabiat burchagi va maktaboldi yer maydonidagi mustaqil mashg‘ulotlarda; 4) uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo'yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Qisqa muddatli kuzatishlar biror narsani qabul qilib olish uchun o‘tkaziladi. Hayvonlar (kirpi, toshbaqa, shoxilon, kapalak, ninachi) ning harakatlanishini kuzatish qisqa muddatli kuzatishga misol bo‘lishi mumkin.
Uzoq muddatli kuzatishlar vaqt oraliqlari bilan bo'lingan, lekin yagona uzluksiz jarayonni hosil qilgan qator hodisalarni qamrab oladi. Bunga o‘simlikning o'sishini, daraxtlardagi barglar rangining o'zgarishini, qushlaming uchib ketishini va hokazolami kuzatish misol bo‘lishi mumkin. Ular bir qator qisqa vaqtli kuzatishlardan tashkil topadi. Uzoq vaqtli kuzatishlar hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlami, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bular
kurtakdan bargning rivojlanishini, tut ipak qurtining rivojlanishini kuzatishlar bo'lishi mumkin. Kuzatishlar oqibatida o‘quvchilar taraqqiyot davrlarining izchilligini va ular o'rtasidagi aloqalarni belgilaydilar. Kuzatishlar jamoa yoki yakka holda bo'lishi mumkin. Kuzatish uchun oson obyektlarni tanlash zarur. Kuzatishlar o'lkashunoslik xarakterida bo'lsin. Juda murakkab va tushunarli bo'lmagan hodisa va narsalarni tanlash kerak emas. Bu o'quvchilar qiziqishini sovitishi va kuzatishni chalkashtirib yuborishi mumkin. Tanlangan shakllardan qat’iy nazar 1-4- sinf o'quvchilari uchun o'lkashunoslik kuzatishlari albatta izchil bo'lishi kerak. Bundan tashqari, o'lkashunoslik kuzatishlar kompleksi albatta tizimlashgan Geografiya bilimlarini tushunib olishga, idrok qilish faolligini, tabiatga qiziqish va muhabbatni rivojlantirishga, tabiat obyektlari to'g'risidagi bilimlarni kengaytirishga yo'naltirilmog'i lozim. 1-2- sinflarda tabiatni kuzatish uchun atrof olam bilan tanishtirishga oid darslardan foydalaniladi. 3 - 4- sinflarda kuzatishlar sistemasi
«Jonajon o'lka tabiati» mavzusi bilan bog'liq holda mavsumiylik tamoyili asosida tuziladi. Tabiatni kuzatishlar tizimiga ushbu tushunchalarni, ya’ni jonli va jonsiz tabiat, mevali va manzarali daraxtlar, erta gullovchi o‘simliklar, texnika ekinlari, suv o‘simliklari, sabzavot va poli ekinlari, g‘alla ekinlari, hasharotlar, baliqlar, suvda va quruqd yashovchilar, qushlarni kiritish mumkin. Alohida e’tibor Quyosh balandligining, kun va tun uzunligining yil fasllari bo‘yicha o‘zgarishini kuzatishlarga qaratiladi Bu kuzatishlar o‘quvchilarga tabiat va odamlar mehnat faoliyatidagi mavsumiy o'zgarishlar sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin