Biotsenoz - hududda yashab va o‘zaro aloqada bo‘ladigan har xil turlar yig’indisi.
Bioetika - tirik mavjudodlarga tegishli axloqiy munosabatlarga doir hamma masalalaming biologik etika asosida sodir bo‘lishi.
«Vertikal» shahar- ko‘proq aholi istiqomat qiluvchi kichik maydondagi yuqori qavatli imoratlar.
Vakuum (lotincha, Vacnum - bo'shliq) - elektromagnit maydonining qo‘zg‘almagan sharoitidagi maxsus holati.
Virus (lotincha - virus - zahar) - kichik hujayrasiz zarracha; DNK yoki RNKdan tashkil topgan.
Gumanitarfanlar - ijtimoiy fanlar: tarix, iqtisodiy siyosat, falsafa va boshqalar.
Genetika - irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fan.
Genotip - har qaysi organizmdagi barcha genlar yig’indisi.
Gemoglobin- qonning qizil tanachalari, «eritrotsit» tarkibiga kiruvchi modda.
Geterotrof- (geterotrof organizm) tayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan organizmlar.
Galaktika - Yagona yulduzlar sistemasi. Hamma yulduzlar va ulaming to‘plari birlikda yulduzlaming g‘oyat katta-gigant sistemasini - galaktikani tashkil etadi.
Gipoteza - haqqoniyligi yoki qalbakiligi hali isbotlanmagan, ixtiyoriy ravishda ernas, balki, muayyan qonun, qoida, talablar asosida ilgari surilgan taxminiy bilim.
Giperdunyo – оrta katta megadunyo.
Gepodunyo - mikrodunyo ichidagi mikrodunyo.
Geliotsentrik - nazariya unga ko‘ra markazda Quyosh, hamma planetalar qo'yosh atrofida aylanadi.
Gen (yunoncha genes - tug‘uvchi) - irsiy axborot (informatsiya) majmuasi.
Genezis — yunoncha genesis-kelib chiqish yoki paydo bolishi. Tabiatda va jamiyatda biror tabiiy yoki ijtimoiy hodisalaming paydo bo‘lishi.
Geotsentrizm - yer markaziy o‘rinda ekanligi haqidagi nazariya (Aristotel, Ptolomey nazariyasi).
Deduksiya - masalalarni umumiy holatdan xususiy holatga o‘tkazish, yechimga asoslanib, qat’iy qonunlar, xulosalar chiqarish, induksiyaga nisbatan teskari yo‘nalishda fikr yuritish.