O’z komplektlangan maktablarda ekskursiyalar yuritishning xususiyatlari. Ekskursiya. Ma`lumki boshlang`ich sinflarda tabiatdan anchagina keng ma`lumotlar beradi. O`simliklarning insonlar hayotiga va tabiatdagi roli, o`simliklar dunyosining hilma-xilligi ulardan foydalanish va muhofaza qilish to`g`risidagi dastlabki ma`lumotlar beriladi. Sinfda olingan bilimlarni mustahkamlashda va umuman tabiatga nisbatan o`quvchilarning muhabbatini oshirishda ekskursiyaning o`rni nihoyatda kattadir. Uqituvchi ekskursiya tashkil qilishdan oldin bolalarga ular ekskursiyaga borishlarini, u yerda jonajon o`lkamizning boyliklari; bilan tanishishlarini, O`zbekiston nima bilan mashhur
ekanligini bilib olishlarini tushuntiradi. Ekskursiyalar bolalarda vatanparvarlik, faxrlanish, his-tuyg’larini tarbiyalaydi. Ekskursiyada olingan bilimlar keyingi mashg’ulotlarda mustahkamlanadi. Ekskursiyalarda amaliy ishlar.Ekskursiyalar o'tkazishda o'qituvchining topshirig'iga muvofiq mustaqil ish bajarilishi (barglar yig'ish, qurigan shoxlami qirqish, rasmlar chizish, o'lchashlar o'tkazish, foydali qazilmalar kolleksiyasini yasash va hokazolar) ga katta e’tibor beriladi. Ish bajarish oldidan o‘quvchilar o‘qituvchidan topshiriqlar oladilar, u o‘quvchilami ish uslubi bilan tanishtiradi. Ekskursiyalarda maktaboldi maydonidagi ishlardagidek o'qituvchi xilma-xil metodik uslublardan foydalanib, bolalarga yordam ko'rsatadi. Quyi sinflarda ko'rgazmali qurollar tayyorlash bo'yicha amaliy ishlar olib boriladi. Ular uchun kerak bo’ladigan narsalami tabiat qo‘ynida o‘tkaziladigan ekskursiyalarda ham, maktaboldi maydonidagi ishlarda ham yig‘ish mumkin. Geografiya bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda, mehnat darslarida kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari ushbu ko’rgazmali qurollarni: tuproqlar, foydali qazilmalar va hasharotlar kolleksiyalarini; hasharotlardan karam kapalagi, tut ipak qurti rivojlanishini aks ettiruvchi stendni; gerbariylar (barglaming har xil shakllari, ularning ranglarini o‘zgarishi, o‘lkaning har xil manzarali daraxt va butalari, o’t o'simliklaming shoxlari, o‘simliklaming urug'dan izchil rivojlanish bosqichlari) ni tayyorlashlari mumkin. O`quvchilar tayyorlagan ko’rgazmali qurollar bilan Geografiya xonasini jihozlash, ulardan darslarda tegishli mavzularni o'rganishda foydalanish mumkin. Shunday qilib, darsning maqsadi va mazmuniga qarab o‘qituvchi o'qitishning xilma- xil metodlari hamda uslublarini qo'llaydi. O`qituvchi qanaqa metod va uslublar tanlamasin, ulardan kompleks, bir-birini to‘ldirgan holda foydalanishi bu asosiy maqsadi - o‘rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalari ning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda Geografiya fanining tushunchalarini to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak.
Eksperimentlar ko’pincha fiziologik jarayonlarni o'rganishda o’tkaziladi. Eksperimentlar uzoq va qisqa muddatli bo’ladi geografiya hamda botanika darslarida o'tkaziladigan qisqa muddatli eksperiment yoki tajribaga urug’ning tarkibi, tuproq ning fizik xossalari, bargda kraxmal hosil bo’lishi va shunga
o'xshashlarni o’rganishga umum ta’lum ishlar misol bo‘la oladi Urug'larni unib chiqishi sharoitlari, barg orqali suvni bug'lan tirish kabi ancha sodda tajribalarni o‘quvchilar uyda bajaradilar Odatda, eksperimental ishlarni o'quvchilar darsdan tashqari mashg'ulot (indiviudal va guruh) sifatida maktabning tirik tabiat burchagi yoki o‘quv tajriba maydonida bajaradilar. Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to‘ldiradi, tabiiy materialni o'rganishda bolalarni birlashib ijodiy ravishda ishlashga o‘rgatadi.Amaliy ishlar dars jarayonida, ekskursiyalarda olingan bilimlarni har tomonlama mustahkamlashga imkon beradi.