G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə58/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Yopik urug’lilar (Angiospyermae) o‘simliklarning eng katta bo‘limi bo‘lib, Yer yuzida boshqa o‘simliklarga Qaraganda ko‘p tarqalgan. Bu bu’lim o‘z ichiga 390 ta oilani, 13000 avlodni va 240’000 dan ortiq turni oladi.
Yopiq urug’lilar murakkab tuzilishi va tashqi muhitga yaxshi moslashishi jihatidan Yer yuzida birinchi o‘rinni egallaydi.
Yopik urug’lilar mezozoy yerasining bo‘r davrida paydo bo‘lib atrofga tez tarqalgan. Usha davrning boshlarida qurg’oqchilikning kuchayishi, tuproqning isishi bilan yopiq urug’lilar bunday o‘zgarishlarga moslasha borganlar. Yuqori tabaqali arxegoniyali o‘simliklar guruhlari yangi muhitga moslasha olmaganligi sababli
yopiq urug’lilar ularning o‘rnini egallab oladi. Yopiq urug’lilarning xarakterli belgilaridan biri mevasidir. Meva maxsus organ bo‘lib gulning urug’chisidan etishadi.
Yopiq urug’lilarning urug’ko‘rtaklari urug’chi tugunchasining ichiga yashiringanligi uchun tashqi muhitga yaxshi moslashgan. Urug’chi bu yangi organ bo‘lib, gulli o‘simliklarda evolyustiya jarayonida kelib chiqqan, bir yoki bir nechta megasporafillarning chetlari bilan birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Urug’kurtak urug’chi tugunchasining ichida joylashadi. Changlanish va urug’lanish jarayonidan keyin urug’chining tugunchasidan meva hosil bo‘ladi. Buning uchun yopiq urug’lilarning megasporafillari meva bargchalari deyiladi.
Yopiq ururlilarning taraqqiy etish stiklida yuksak sporali o‘simliklarga o‘xshash ikkita sporofit va gametofit naellar olinadi. Faqat ularning ayrim belgilari farq qiladi. Birinchidan, yopiq urug’lilarda gametofit ochiq urug’lilarga qaraganda ko‘proq redukstiyalangan. Ikkinchidan, yopiq urug’lilarda qo‘sh urug’lanish jarayoni boradi, ya’ni urug’lanish vaqtida ikkita otalik gametalari ikkita onalik gametalari bilan qo‘shiladi. Uchinchidan, sifati jihatidan butunlay yangi, oziq moddalarga boy bo‘lgan to‘qima — ikkilamchi endospyerm hosil bo‘ladi.
Yopiq urug’li o‘simliklarning rivojlanish stiklini ko‘urib chiqamiz. Yopiq urug’li o‘simliklar (vegetativ organlari va gullari bilan) sporafit (spora etishtiruvchi) o‘simlik bo‘lib hisoblanadi. Tashqi muhitning o‘zgarib turishi natijasida o‘simliklarning vegetativ organlari va o‘tkazuvchi sistemasi yaxshi rivojlanadi, traxeidlardan tashqari suv naylariga ham ega. Traxeidlarga qaraganda suv naylari orqali suvning tezroq o‘tishi, umuman modda almashinishi ancha faol boradi.
Yopiq urug’lilar ochiq urug’li o‘simliklardan guli bo‘lishi bilan farqlanadi. Jinsli nael — redukstiyalangan gametofit gulning ichida rivojlanadi va ayrim jinsli bo‘ladi. Urg’ochi gametofit urug’ ko‘rtakda joylashgan sakkizta yadroli murtak xaltachasiga mikrosporalardan rivojlangan yerkak gametofit vegetativ va genyerativ hujayralarga ega. Genyerativ hujayra mitoz bo‘linishi sababli ikkita spyermiyni hosil qiladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin