G’. M. Sayfullayev


Zamburug’lar va ularning tuzilishi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə55/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Zamburug’lar va ularning tuzilishi


Zamburug’lar tuban o‘simliklar orasida eng katta bo‘lim hisoblanib, o‘z ichiga 100 mingdan ortiq turni oladi.
Zamburug’larda plastidalar bo‘lmaganligi sababli ular geterotrof oziqlanadi. Ular saprofit yoki tirik organizmlarda parazit hayot kechirib, quruq sharoitda yashaydi. Zamburug’larning vegetativ tanasi misteliy deb ataladi. Misteliy mayda ipchalar yig’indisi — gifalardan tashkil topgan. Gifalar qisqa yoki uzun, oddiy yoki shoxlangan bo‘ladi. Bir yoki ko‘p hujayrali misteliy bir, ikki hamda ko‘p yadroli bo‘ladi. Misteliylar substrat ichida rivojlansa, endogen misteliy, substrat yuzasidan o‘ssa, ekzogen misteliy deyiladi.Ko‘pchilik zamburug’larda endogen misteliy uchraydi. Bunday misteliy oziq moddalar bilan to‘la ta’minlanishiga imkon beradi hamda ularning vegetativ tanasini haroratning keskin o‘zgarishidan: sovuqdan muzlab, issikdan qurib qolishdan saqlaydi. Misteliy hujayralari po‘st, sitoplazma va yadrodan iborat.
Zamburug’larda zaxira oziq moddalar sifatida — glyukogen, valyutin va moy tomchilari hosil bo‘ladi. Ayrim zamburug’larning vegetativ tanasi murakkab tuzilgan bo‘lib, ularning spora hosil qiluvchi organi mevatana ham mistelii gifalarining o‘zaro zichlashib, birikib o‘sishidan hosil bo‘ladi.
Ko‘p zamburug’larning misteliysi noqulay sharoitda tinim davrini o‘taydi va bu davrni kechirishga o‘tish oldidan birmuncha quriydi. Shu bilan unda fermentastiya jarayonlari ham to‘xtaydi, lekin qulay sharoitga tushishi bilan unda misteliy yoki mevatana hosil bo‘ladi. Misteliylarning asosiy qismi substrat orasida joylashib, Osmos qonuni asosida oziq moddalarni so‘rib oladi. Zamburug’lar vegetativ, jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Vegetativ ko‘payish misteliyning alohida bo‘laklarga bo‘linishi hisobiga bo‘ladi. Jinssiz va jinsiy ko‘payish organlari turlicha ko‘rinishda bo‘lganligi uchun, ularning tuzilish xususiyatlari zamburug’larning sistematikasiga asos bo‘lgan. Jinssiz ko‘payishi zoospora, sporangiospora, va
kanidiosporalar ishtirokida boradi. Zoosporalar va sporangiosporalar ona hujayra sporangiyda, konidiya esa misteliyning uchida yoki yonida konidiyabandi deb ataluvchi gifalarda hosil bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi esa, ikkita jinsiy hujayra va ularning yadrolari qo‘shilishi bilan yuzaga keladi. Ba’zi bir turlarida jinsiy jarayon natijasida zigota, boshqalarida esa maxsus sporalar: xaltachali zamburug’larda endogen askosporalar, bazidiyalarda ekzogen bazidiosporalar hosil bo‘ladi. Bu sporolardan yangi zamburug’ tanasi rivojlanadi.

    1. Yüklə 0,61 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin